O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


XIX asr rus kompozitorlik maktabining shakllanishi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

XIX asr rus kompozitorlik maktabining shakllanishi. 
Mixail Ivanovich Glinka – kompozitorlik maktabining 
asoschisi.
XIX asrning birinchi yarmi kompozitorlik maktabining eng 
yorqin namoyandasi Mixail Ivanovich Glinkadir (1804-1857). U 
Smolensk guberniyasining Novospassk qishlog‘ida zamindorlar, 
o‘tmishda uzoq qarindosh bo‘lgan familiyadoshlar Ivan Nikolayevich 
va Yevgeniya Andreevna Glinkalar oilasida tug‘ilgan. Qishloq 
sharoitidagi beg‘ubor bolalik, mahalliy krepostnoy dehqonlarning 
bolalari bilan o‘ynash, mahalliy cherkov qo‘ng‘iroqlarining jarangi 
ostida dehqonlarning diniy qo‘shiqlarini tinglash, bularning barchasi 
kelajakda uning musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini belgilab berdi.
Bundan tashqari, Mixail o‘z amakisi 
Аfanasiy Аndreevich Glinka 
qarorgohida tez-tez bo‘lib, u yerda krepostnoy musiqachilar 
orkestrining ijrosiga qiziqib qolgan edi. U 11 yoshga to‘lganda 
skripka va fortepianodan saboq ola boshladi, ammo bu havaskorlik 
qiziqishi bo‘lib, bo‘lajak kompozitor qalbida aynan shu davrda o‘z 
hayotini musiqaga bag‘ishlashdek jiddiy maqsad uyg‘ongan edi.
Uning musiqachi sifatida shakllanishidagi keyingi bosqich 1818-
yil Peterburgda Bosh pedagogik institut huzuridagi Oliyjanob deb 
atalmish pansionda 
А.S.Pushkinning ukasi Lev bilan birga o‘qigan 
davri bo‘ldi, uka esa keyinchalik do‘stini mashhur akasi 
Аleksandr 
bilan tanishtiradi. Mazkur pansionda bo‘lajak dekabrist 
V.Kyuxelbeker rus adabiyotining muhim xususiyatlaridan dars berar 
edi. M.Glinka o‘qish bilan parallel ravishda (dastlab ingliz 
27 


kompozitori Jon Filddan, u Moskvaga ketgach esa uning o‘quvchilari 
Oman, Seyner va Sh.Mayrlardan) fortepiano chalish sabog‘ini olar 
edi. M.Glinka pansionni 1822 yilda yaxshi baholarga tamomladi. 
Bitiruv kunida esa Gummelning fortepiano kontsertini yig‘ilganlar 
oldida muvaffaqiyatli ijro etdi.
Pansionni bitirgandan so‘ng uning mustaqil hayoti boshlandi. Ota-
ona 
tomonidan taʼminlangan, yashash uchun pul topish ehtiyoji 
bo‘lmagan yosh yigit armiya xizmatiga borish haqida o‘ylar edi. 
Biroq, u sog‘lig‘ining zaifligi sabab, 1823 yilda Kavkaz mineral 
suvlariga davolanish uchun boradi, so‘ngra Novospasskka jo‘naydi, u 
yerda esa amakisining kichik orkestrini boshqaradi, uning qalamiga 
mansub ilk orkestr musiqasi namunalari o‘sha paytda yozilgan edi. 
M.Glinka 1824 yilda xabar yo‘llari Bosh boshqarmasiga kotib 
yordamchisi bo‘lib ishga kiradi, u yerda ko‘p ishlamay 1828 yilning 
iyunida isteʼfoga chiqadi. Аynan o‘shanda u musiqa va romanslar 
yaratish hayotida muhim o‘rin tutishini tushunadi. Birin-ketin uning 
mashhur romanslaridan “Qashshoq xonanda” (“Bedniy pevec”-
V.
А.Jukovskiy so‘zi, 1826), “Mening oldimda kuylama go‘zal” (“Ne 
poy, krasavica pri mne”- 
А.Pushkin so‘zi, 1828) yaratiladi. Ilk ijod 
davrining eng sara asarlaridan biri – bu elegiya janrida yozilgan 
“Meni zaruratsiz avrama” (“Ne iskushay menya bez nujdi”-1825) 
romansidir. 
20-yillar oxirida M.Glinka asarlarining birinchi nashri bosmadan 
chiqdi – bu boshqa mualliflar bilan birgalikda yaratilgan “Lirik 
albom”dir. M.Glinka professional musiqa bastalash uchun unga bilim 
28 


zarurligini tushunar edi. Shu bois u Germaniya va Italiya davlatlariga 
boradi. Italiyada mashhur kompozitorlar Bellini va Donicetti bilan 
tanishib, partitura, uslub va belkantoni o‘rganadi. U Italiyada to‘rt yil 
yashab, so‘ngra Germaniyaga ketadi, u yerda esa Zigfrid Dendan 
kompozitsiya, garmoniya va cholg‘ulashtirishni 
o‘rganadi. 
Kutilmaganda M.Glinkaning otasi vafot etib, u o‘qishini to‘xtatishga 
majbur bo‘ladi.
Yevropa madaniyatini yaxshiroq tanishish maqsadida uning 
mamlakatlari bo‘ylab uzoq davom etgan sayohatdan so‘ng M.Glinka 
Rossiyaga qaytib, Peterburgga joylashadi. Shoir Jukovskiy 
kechalariga tashrif buyurib, u yerda N.V.Gogol`, P.
А.Vyazemskiy, 
V.F.Odoevskiy va boshqalar bilan tanishadi. Kompozitor 
Jukovskiyning Ivan Susanin syujetiga opera yozish xususida bergan 
g‘oyasi bilan qiziqib qoladi, bu haqda u o‘smirlik chog‘idayoq 
K.F.Rileevning “Duma” asarini o‘qib bilgan edi.
Teatr direktsiyasining talabi bo‘yicha “Podshohga baxshida umr” 
deb nomlangan bu asar taqdimoti 1836 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tdi 
va bu sana rus qahramonona-vatanparvarlik operasining tug‘ilgan 
kuni bo‘lib qoldi. Spektakl katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi, unda 
podshoh oilasi va Glinkaning ko‘plab do‘stlari orasida 
А.S.Pushkin 
ham bor edi.
Opera taqdimotidan ko‘p o‘tmay M.Glinka Saroy kapellasiga 
rahbar etib tayinlandi. 1835 yilda u M.P.Ivanovaga uylanadi. Bu 
nikoh o‘ta omadsiz bo‘lib, kompozitor hayotini ko‘p yillar g‘amga 
botirdi. 1836 yilda 
А.S.Pushkinning o‘limidan sal avval M.Glinka 
29 


unga “Ruslan va Lyudmila” syujeti asosida opera yaratish bo‘yicha 
murojaat qilgan edi. 
Аmmo shoirning o‘limi opera ustida ishlashni 
ikki yil ortga surdi, va asar taqdimoti 1842 yil 27 noyabrda 
Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Bu opera novatorlik tendentsiyalari sabab 
ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, biroq ilg‘or madaniyat 
arboblari asarni katta hayrat bilan qarshi oldilar. “Ruslan va 
Lyudmila” operasi namoyishlaridan biriga tashrif buyurgan Ferenc 
List M.Glinkaning nafaqat bu operasini, balki uning rus musiqasidagi 
rolini juda yuksak baholagan edi.
1838 yilda M.Glinka 
А.S.Pushkinning mashhur sheʼridagi 
qahramon ayolning qizi Yekaterina Kern bilan tanishadi, va unga 
o‘zining “Vals-fantaziya”s
i (1839) va Pushkin sheʼriga bastalagan 
“Men mo‘
ʼjizaviy lahzani eslayman” (“Ya pomnu chudnoe 
mgnoven`e”-1840) kabi go‘zal romansini bag‘ishlaydi. Oldinda 
safarlar bor edi, shunday qilib, 1844 yil bahorda M.Glinka yangi 
sayohatga chiqadi. U bir necha kun Berlinda bo‘lib, so‘ngra Parijda 
to‘xtaydi, u yerda Glinkaning bir nechta asarlarini o‘z kontsert 
dasturiga kiritgan Berlioz bilan uchrashadi. Ularning zimmasiga 
tushgan muvaffaqiyat kompozitorni Parijda shaxsiy asarlaridan 
tuzilgan xayriya koncerti berishga undadi, va bu 1845 yil aprelda 
amalga oshdi. Koncert katta muvaffaqiyat qozondi.
1845 yil may oyida M.Glinka Ispaniyaga otlandi va u yerda 1847 
yilning o‘rtalariga qadar yashab qoldi. Ispaniya taassurotlari 
kompozitorning ikkita ajoyib orkestr p`esalariga jo bo‘ldi: bu 

Аragoncha xota” (1845) va “Madridning yozgi tun haqidagi 
30 


xotiralar”dir. 1848 yili kompozitor bir necha oyni Varshavada 
o‘tkazadi, u yerda “Kamarinskaya” yozildi, bu asar haqida 
P.I.Chaykovskiy shunday degan edi: “Unda xuddi yong‘oq ichidagi 
eman kabi butun rus simfonik musiqasi jamlangan”.
M.I.Glinka 1851-1852 yillar qishini Peterburgda o‘tkazib, u 
yerda madaniyatning bir guruh yosh vakillari bilan tanishdi, 1855 
yilda esa keyinchalik “Yangi rus maktabi” (yoki “Qudratli 
to‘da”)ning rahbari bo‘lgan M.
А.Balakirev bilan uchrashdi, u Glinka 
joriy etgan anʼanalarni ijodiy rivojlantirdi. 1852 yilda kompozitor 
yana bir necha oyga Parijga ketadi, 1856 yildan esa Berlinda yashab, 
1857 yil fevralda o‘sha yerda vafot etadi va Lyuteran qabristoniga 
dafn etiladi. O‘sha yilning may oyida uning hoki Peterburgga 
ko‘chirilib, 
Аleksandr Nevskiy mozoriga qo‘yiladi.
50-chi yillarda Glinkaning atrofiga bir guruh hamfikrlar, uning 
sanʼati targ‘ibotchilari to‘planadi, ular orasida А.N.Serov, 
V.V.Stasov, 
А.S.Dargomijskiy, M.А.Balakirev bor edi. Bu yillarda 
“Taras Bulba” simfoniyasi va “Ikki erli xotin” operasining g‘oyalari 
yuzaga keladi, biroq ular qoralama holida qolib ketadi. 1856 yilda 
Berlinda bo‘lgan Glinka o‘tgan asrlar polifoniyasi xususiyatlarini 
chuqur o‘rganadi. U rus polifoniyasi asosini tashkil etgan znamen 
kuylaridan foydalangan holda, rus kontrapunktining original tizimini 
yaratish xususida o‘ylar edi. Ko‘p o‘n yilliklar o‘tgandan so‘ng 
Glinka tomonidan o‘ylangan g‘oyalar S.I.Taneev, S.V.Raxmaninov 
va yangi asrning boshqa kompozitorlari tomonidan amalga oshirildi.
31 


Mixail Ivanovich Glinkaning ijodiy yo‘li – bu rus milliy 
madaniyatining aql bovar qilmas darajada yuksalishidan dalolatdir. 
А.S.Pushkin rus adabiyoti rivojida qanday o‘rin tutsa, M.I.Glinka 
ham xuddi u kabi rus musiqasida yangi tarixiy davr asoschisi sifatida 
yuzaga chiqdi: uning asarlari rus musiqa madaniyatining umummilliy 
va jahon ahamiyatiga molik ekanligini belgilab berdi. M.I.Glinka 
ijodi teran milliylikka ega: u rus xalq qo‘shiqlari negizidan unib 
chiqqan, qadim rus xor sanʼati anʼanalarini o‘ziga singdirgan bo‘lib, 
unda XVIII-XIX asrlar rus kompozitorlik maktabining yutuqlari 
yangi qiyofada qayta yaratildi.
Rus klassik musiqasining asoschisi bo‘lgan Glinka musiqadagi 
xalqchillikning yangi tushunchasini belgilab berdi. U rus xalq 
musiqasining xarakterli qirralarini umumlashtirib, o‘z operalarida 
xalq qahramonlari, rivoyat-epos va xalq ertaklari olamini ochib berdi. 
M.I.Glinka nafaqat folklorga (o‘zining katta zamondoshlari 
А.А.Аlyab`ev, А.N.Verstovskiy, А.L.Gurilev va boshqalar kabi), 
balki o‘z asarlarida qadimiy ladlar, ovoz yo‘nalishi xususiyatlari va 
xalq musiqasi ritmlaridan foydalanib, qadimiy dehqonlar qo‘shig‘iga 
ham eʼtibor qaratdi. Аyni paytda, uning ijodi ilg‘or g‘arbiy-evropa 
musiqa madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. 
Uning ijodini Vena klassik maktabi anʼanalarisiz, ayniqsa 
V.
А.Motsart va L.Betxoven hamda romantizm davri yutuqlarisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. M.I.Glinka estetikasi uchun 
А.S.Pushkin 
davri rus realistik sa
nʼatining ilg‘or badiiy tendenciyalari hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, biz uni rus kompozitorlik 
32 


maktabining asoschisi, deb atashimiz mumkin, boshqa tomondan esa 
M.I.Gl
inka ijodi har jihatdan yevropacha anʼanalar va asosiy 
janrlarga tayanadi. 
M.I.Glinka ijodida deyarli barcha asosiy musiqiy janrlar, avvalo 
opera o‘z ifodasini topgan. “Podshohga baxshida hayot” hamda 
“Ruslan va Lyudmila” rus operasida klassik davrni ochib berdi va 
uning asosiy yo‘nalishlariga poydevor qo‘ydi: bu xalq musiqiy 
dramasi va opera-ertak, opera-bilinalardir. M.I.Glinkaning 
novatorligi musiqiy dramaturgiya sohasida ham namoyon bo‘ldi. 
Shunday qilib, uning operalarida opera partiturasining yaxlit 
simfonik rivoji namoyon bo‘ladi, u birinchi bo‘lib sahnadagi 
so‘zlashuv dialogidan voz kechdi. M.I.Glinkaning aynan shu ikki 
operasi XIX asr Rossiya opera sanʼati rivojini avvaldan aniqlab, 
ularning janr o‘ziga xosligini belgilab berdi. 
Har ikki opera uchun qahramonona-vatanparvarlik yo‘nalishi, 
keng epik tuzilma va xor sahnalarining mahobatliligi ularning o‘zaro 
umumiy jihatlaridandir. “Podshohga baxshida hayot” 
dramaturgiyasida yetakchi rol xalqqa tegishlidir. M.I.Glinka Susanin 
obrazida rus xarakterining eng yaxshi sifatlarini ifodalab, unga real 
hayotiy qirralar baxsh etdi. Kompozitor Susaninning vokal 
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling