O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Tegirmonchi - bu obraz ham rivojlanishga ega bo‘lib,
А.S.Dargomijskiy uning talqinida realistik qirralarni kuchaytiradi. Dastlab uning obrazi o‘z farzandini yaxshi ko‘ruvchi ota rolida talqin etilsa, operaning oxirida esa g‘am-alam sabab, aqldan ozgan insondir. Beixtiyor bunda J.Verdi operasining Rigoletto obrazi bilan o‘zaro qiyoslash yuzaga keladi. Sababi, uning obrazi dehqonlar tabaqasiga yaqin bo‘lib, uning partiyasi rus xalq kuylari, jumladan raqslarining uslubiy alomatlari bilan yo‘g‘rilgan. Kompozitor rus xalq cholg‘ ulari, masalan, balalayki imitatsiyasining baʼzi alomatlarini kiritadi. Ular orasida - ikki hissali o‘lchov, jonlangan surʼat, kuyning pog‘onama-pog‘onaligi, stakkatoli jo‘rlik, tonika- dominantali ketma-ketliklarning ustunligi, jo‘rnavozning o‘ziga xos stakkatoli fakturasi bor. Uning chiqishlari orasida “Eh, siz, yosh qizlar!” ariyasi ayniqsa ajralib turadi, u xalqona-raqs xarakteridagi ko‘plab musiqiy-dramatik belgili dramatizatsiyalashgan qo‘shiqni namoyon etadi. Bu ariya shaklan naqarotli band tuzilishiga ega. А.S.Dargomijskiy bu yerda portret chizmalarining ustasi sifatida yuzaga chiqadi, zero opera bilan parallel ravishda u romans janrida durdonalar yaratdi. Uning novatorligi shunda namoyon bo‘ladiki, bu yerda inson nutqi, kayfiyatlar o‘zgarishi va replikalar xususiyatlari yetkazib berilgan. 58 Kompozitor obrazlar transformatsiyasi yuz beradigan, kayfiyatlar o‘zgaradigan butun boshli sahnalar yaratgan. Jumladan, Natasha va Knyaz sahnasida u jo‘nab ketgach, o‘zini qizning ezilgan holatini sezmaslikka oladi, va sovg‘alar uchun xursand bo‘ladi (“Xay, xay, xay, xay! Nimani ko‘rayapman!”). Shundan so‘ng musiqa o‘zgaradi va keyingi ariozo – bu endi azob chekuvchi, tahqirlangan ota. Kompozitor vokal partiyasida kuychanlikni deklamatsiya bilan, diatonikani xromatika bilan o‘zaro almashtirib qo‘llaydi. Tegirmonchi obrazi III pardada, u Dnepr qirg‘og‘ida Knyaz bilan uchrashgach butkul o‘zgaradi. Kompozitor aqldan ozgan inson obrazini nihoyatda nozik tarzda yetkazib beradi: bu yerda faktura o‘zgarishi, tonalliklarning o‘zaro kontrast munosabatlari, kayfiyatlar o‘zgarishi, tasviriy asosning kuchayishi yuz beradi. Bu ayniqsa “Ha, men qarib, aljirab qoldim” ariozosida yorqin ifodalangan. Telbalik orasida uning aqli ham bir muddat tiniqlashadi: kompozitor uning cheksiz g‘amini yetkazib beradi. Bu sahnada musiqa I parda tertsetidan reministsentsiya sifatida yangraydi. Knyaz va Knyaginya obrazlari birmuncha statik ko‘rinishda, Knyaz ь obrazi А.S.Pushkin poemasidan farqli o‘laroq, yaxshiroq fazilatga ega. А.S.Dargomijskiy ilk bor rus musiqasida “Suv parisi” operasi orqali obrazlar psixologizatsiyasi tamoyillaridan foydalanishga erishdi, va bu asnoda insoniy holatlar detalizatsiyasi hamda uning turli nyuanslaridan foydalandi. Bu avvalo, musiqa sanʼati rivojidagi realistik tamoyillar namoyishidir. 59 Operada ansambllar va xorlar katta rol o‘ynaydi. “Suv parisi” operasida asosiy hal qiluvchi voqealar aynan ular orqali rivojlanadi, shu bois I va III pardalar asosini duet va tertsetlar tashkil etadi. Operada yuz berayotgan voqealar ularning u yoki bu sahnadagi roli va farqini avvaldan belgilab bergan. Kompozitor bo‘layotgan voqealarni katta sahnalarda ham real aks ettirishga intiladi. Va ularda kompozitorning novatorligi namoyon bo‘ladi. U vokal partiyalarida duetlar o‘rniga rechitativlar ustunlik qilgan holatlarda dialoglardan foydalanadi, va ko‘pincha nomerlar hamda sahnalar o‘rtasidagi aniq chegaralardan qochadi. Xor sahnalari, ular kam emas, bu nafaqat fon va pardalar chizmasi, ular shuningdek, opera rivojidagi ehtiroslarning emotsional bosimini aks ettiradi. Shunday qilib, “Oh, mening yuragim, o‘ynoqi yuragim” kabi cho‘zimdor qo‘shiqqa asoslangan re-minor xori o‘zidan avvalgi “Sen muloyim so‘zlar bilan” ansambli bilan o‘zaro kontrastlashadi. А.S.Dargomijskiy operaning ruscha koloritini yetkazib berish uchun xalq qo‘shiqlaridan foydalanadi. Natasha va Knyaz, Natasha va Tegirmonchi sahnalari oldidan xuddi ularni taʼkidlagandek, “Chetan devor to‘qilgin” kabi sho‘x xorovod qo‘shig‘i va raqsbop “Biz tog‘da qanday qilib pivo qaynatdik” yangraydi. А.S.Dargomijskiy qalamiga mansub “Suv parisi” operasining ahamiyati rus musiqa madaniyati uchun ulkandir. Operaning bo‘rttirilgan yorqin realistik qirralari o‘sha davrda rus madaniyatida yuz bergan barcha o‘zgarishlarni aks ettiradi. Kompozitor nafaqat 60 operaning yangi liriko-psixologik janrida, balki uning dramaturgiyasi, strukturasi va opera shakllarida ham novator ekanligini ko‘rsatdi. Operaning barcha novatorlik qirralari M.Musorgskiy, P.I.Chaykovskiylar ijodi hamda XX asr kompozitorlari ijodida davom ettirildi va o‘zgarishlarga uchradi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling