O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

sharqona 
romans 
janri ham 
Аleksandr 
Dargomijskiy qalami ostida boshqacha yangradi. Uning 
o‘tmishdoshlari va zamondoshlari ijodida, xususan M.Glinkada 
sharqona mavzu ko‘pincha umumlashma ko‘rinishda ifodalanar edi. 
Biroq, 
А.Dargomijskiyning ko‘plab asarlarida, masalan, А.S.Pushkin 
so‘zlariga yozilgan “Sharqona romansda” u sharq musiqasining 
o‘ziga xos xususiyatlaridan maqsadli ravishda foydalanadi: bu 
68 


orttirilgan sekunda intervallari, pastlovchi cho‘kayotgan ohanglar, 
kuyning kantilena toifasi, ko‘ngilga tegmas jo‘rlik. 
Ko‘proq effekt uchun u hatto konkret janrlarga murojaat etadi. 
Jumladan, “Ispancha romansda” (“Grenada tumanga burkandi”) 
kompozitor aragoncha xota kabi ispancha janr mavzusini kiritadi
“Oh go‘zal qiz – atirgul, men zanjirbandman” romansida arxivdan 
topilgan asl turk ohanglaridan foydalanilgan. Taʼkidlash zarurki, 
kompozitor ijodida janrlarning o‘
zaro taʼsiri yuz beradi, zero u opera 
ustida ishlash bilan bir vaqtda o‘zining romans va qo‘shiqlari ustida 
ham ishlagan. 
Аleksandr Dargomijskiy haqli ravishda rus vokal musiqasining 
novatori hisoblanadi. Buning dalillaridan biri kompozitorning sheʼriy 
matnga murojaatidir. U ko‘pincha matnga o‘zgarishlar, qisqartirishlar 
kiritar, shuningdek, bo
shqa shoirlar sheʼrlariga o‘z so‘zini qo‘shar, 
uni Pushkin va Lermontovdek mashhur shoirlar nomi ham 
to‘xtatolmas edi.
Hayot haqiqatlarining barcha qirralarini aks ettirishi orqali yangi 
janrlarning yaratilishi, kompozitorni vokal musiqasida yangi 
yo‘nalish yaratuvchisiga aylantirdi. Bu yo‘nalishni sahnaviy-vokal 
deb atash mumkin, sababi u portretchi edi. U o‘zining hajman kichik 
vokal asarlarida real hayot manzaralari, oddiy insonlarning his-
tuyg‘u va kayfiyatlarini, xarakterlar detalizatsiyasini ifodalagan. 
Аleksandr Dargomijskiy yutuqlarining birortasi izsiz yo‘qolmadi, 
ular XIX asrda atoqli rus kompozitori Modest Musorgskiy, XX asrda 
esa Dmitriy Shostakovich ijodi orqali munosib davom ettirildi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling