O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Kompozitorlar ijodida rus xalqining hayoti.
“To‘dachilar” asarlari mavzuiyligining yetakchi chizig‘i rus xalqining hayoti va qiziqishlaridir. Bu borada ularni M.Glinka anʼanalarining davomchilari deb dadil aytish mumkin. “Qudratli to‘da” kompozitorlarining aksariyati xalq folklori namunalarini 78 tizimli ravishda yozib olar, o‘rganar va qayta ishlar edi. Kompozitorlar xalq qo‘shiqlarini o‘zlarining ham simfonik, ham opera asarlarida (“Shoh kelini”, “Qorqiz”, “Xovanshina”, “Boris Godunov”) dadil qo‘llar edilar. “Qudratli to‘da” kompozitorlari boshqa xalqlar musiqa madaniyatiga katta qiziqish bilan munosabat bildirganlar, buni ularning ko‘plab asarlarida ukrain, gruzin, tatar, ispan, chex va boshqa milliy syujet hamda kuylardan foydalaniganligi ham tasdiqlaydi. “To‘dachilar” ijodida sharqona unsurlar ayniqsa katta o‘rin tutadi (M.Balakirevning “Tamara”, “Islamey”; А.Borodinning “Knyaz Igor”; N.Rimskiy-Korsakovning “Shahrizoda”, “ Аntara”, “Oltin xo‘roz”; M.Musorgskiyning “Xovanshina”). Xalq uchun badiiy asarlar yaratib, unga tushunarli va yaqin tilda so‘zlashgan kompozitorlar o‘z musiqalarini tinglovchilarning keng ommasi uchun qulay qildilar. Bu oshkora intiluvchanlik orqali “yangi rus maktabi”ning dasturiylikka katta moyilligi izohlanadi. Maʼlumki, “dasturiy” deb shunday cholg‘u asarlariga aytiladiki, ularda g‘oyalar, obrazlar, syujetlar kompozitorning o‘zi tomonidan asarga ilova qilingan maxsus tushuntiruvchi-matnda yoki uning sarlavhasida izohlanadi. “Qudratli to‘da” kompozitorlarining yana ko‘plab asarlari dasturiy sanaladi: N.Rimskiy-Korsakovning “ Аntar” va “Ertak”, M.Balakirevning “Islamey” va “Qirol Lir”, M.Musorgskiyning “Taqir tog‘dagi tun” va “Ko‘rgazmadagi rasmlar” shular jumlasidandir. 79 “Qudratli to‘ da” aʼzolari o‘zlarining buyuk ajdodlari M.Glinka va А.Dargomijskiyning ijodiy tamoyillarini rivojlantirgan holda, ayni paytda dadil novator ham edilar. Ular o‘z erishgan yutuqlari bilan qanoatlanib qolmay, musiqiy ifodaviylikning yangi tamoyillarini qidirib topishga intildilar, yangi syujetlar, yangi janr turlarini izladilar. Bu yangi shaxsiy yo‘llarni “to‘dachilar” butun reaktsion va konservativ kuchlarga qarshi mashaqqat bilan kurashib, rus hukmdorlari va zodagonlari azaldan huzurlanib tinglab kelgan xorijiy musiqa bilan keskin to‘qnashuvlarni yengib qurdilar. Hukmron sinflarga adabiyot va sanʼatda yuz berayotgan novatorlik jarayonlari xush kelmas edi. O‘sha davrda qattiq senzura (nazorat) bor edi, boz ustiga barcha ilg‘ or kishilar taʼqib qilinar edi. Yozuvchi Nikolay Chernishevskiy surgun qilingan, uning asarlariga senzuraviy taʼqiq muhri bosilgan edi. Aleksandr Gertsen Rossiyadan tashqarida yashagan. Badiiy akademiyadan oshkora chiqib ketgan rassomlar “shubhali” hisoblangan va podshoh soqchilari tomonidan nazoratga olingan edi. G‘ arbiy Yevropa teatrlarining Rossiyaga taʼsiri davlat tomonidan barcha imtiyozlar bilan taʼminlanar edi: italyan truppalari opera sahnasining yakka hokimi, xorijiy antreprenyorlar mahalliy sanʼat uchun mumkin bo‘lmagan juda katta imtiyozlardan foydalanar edilar. M.Balakirev to‘ garagining aʼzolari yozuvchilardan А.V.Grigorovich, А.F.Pisemskiy, I.S.Turgenev, musavvir I.E.Repin va haykaltarosh M. А.Аntokolskiy bilan tez-tez uchrashib turar edilar. P.I. Chaykovskiy bilan esa mustahkam aloqa o‘rnatganlar. 80 Jamoaviy- maʼrifiy ishlar. “Qudratli to‘da” kompozitorlari katta jamoaviy- maʼrifiy ishlarni olib borar edilar. M.Balakirev to‘garagining birinchi jamoat ishi – bu 1862 yilda Bepul musiqa maktabining ochilishi bo‘ldi. Unda bosh tashabbuskorlar M.I.Balakirev va xormeyster G.Ya.Lomakinlar bo‘ldi. Bepul musiqa maktabining asosiy vazifasi – aholining keng ommasi orasida musiqiy bilimlarni yoyish edi. O‘zlarining g‘oyaviy- badiiy ko‘ rsatmalarini keng tarqalishiga, ijodiy taʼsirni jamoat muhitida kuchaytirishga intilib, “Qudratli to‘ da” aʼzolari nafaqat kontsert tribunasi, balki matbuot sahifalaridan ham foydalanar edilar. Matbuotdagi chiqishlar o‘tkir bahs-munozaralar xarakterida bo‘lib, mushohadalar keskin, qatʼiy shaklda edi, bu esa “Qudratli to‘da”ning reaktsion tanqidchilik duchor qilgan o‘sha tashlanish va salbiy baholari bilan izohlanadi. V.V.Stasov bilan bir qatorda, yangi rus maktabining qarashlari va baholarining ifodachisi sifatida S. А.Kyui oldinga chiqdi. U 1864 yildan boshlab “Sankt-Peterburg xabarlari” gazetasining doimiy musiqiy taqrizchisi bo‘ldi. S. А.Kyuidan tashqari, o‘zlarining tanqidiy maqolalari bilan matbuotda А.Borodin va N.Rimskiy-Korsakov ham chiqishlar qilar edilar. Tanqidchilik ularning asosiy faoliyati emasligiga qaramay, o‘zlarining musiqiy maqolalari va taqrizlarida sanʼat xususidagi aniq va to‘g‘ri baholarini berdilar va rus klassik musiqashunosligiga salmoqli hissa qo‘shdilar. “Qudratli to‘da” g‘ oyalarining taʼsiri Peterburg konservatoriyasi devorlaridan ham kirib bordi. 81 Shu vaqtdan boshlab N. А.Rimskiy-Korsakov faoliyati konservatoriya bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. U atrofiga yosh ijodiy kuchlarni jamlagan shaxsga aylandi. “Qudratli to‘da” ilg‘or anʼanalarining nufuzli va mustahkam akademik asos bilan o‘zaro birlashtirilishi “Rimskiy-Korsakov maktabi”ning o‘ziga xos xususiyatini tashkil etdiki, u XIX asrning 70-yillari oxiridan to XX asr boshiga qadar Peterburg konservatoriyasining hukmron yo‘nalishi bo‘ldi. 70-yillar oxiri va 80-yillar boshidayoq “Qudratli to‘da” kompozitorlarining ijodi nafaqat o‘z yurtida, balki chet ellarda ham tan olinib, katta mashhurlikka erishadi. “Yangi rus maktabi”ning haqiqiy muxlisi va do‘sti Ferents List edi. F.List G‘arbiy Yevropada Borodin, Balakirev, Rimskiy-Korsakov asarlarining keng tarqalishiga yordam berdi. M.Musorgskiy ixlosmandlari esa frantsuz kompozitorlari Moris Ravel` va Klod Debyussi, chex kompozitori Yanacheklar edi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling