O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


partiturasini (M.Balakirev va A.Lyadov bilan hamkorlikda) nashrga


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия


partiturasini (M.Balakirev va A.Lyadov bilan hamkorlikda) nashrga 
tayyorlaydi, xalq qo‘shiqlarini yozib oladi va garmoniyalashtiradi 
(birinchi to‘plam 1876 yilda bosmadan chiqsa, ikkinchisi, 1882 yilda 
chop etiladi). Rus musiqa folkloriga murojaat, shuningdek 
M.Glinkaning opera partituralarini puxta o‘rganish, ularni nashrga 
124 


tayyorlash jarayonida kompozitorga o‘z asarlari va kompozitsiyaning 
ayrim holatlari yo‘nalishini belgilashda yordam berdi. Shunday qilib, 
“May tuni” va “Qorqiz” operalarida N.
А.Rimskiy-Korsakovning 
xalq koloriti, urf-odatlari va xalq qo‘shiqlariga nisbatan qiziqishi 
namoyon bo‘ladi. 
Аyni paytda N.А.Rimskiy-Korsakov Saroyning kuylovchi 
kapellasida ishlaydi. Lekin asosiy vaqti va kuchini marhum 
do‘stlarining operalarini ijro etish va nashr qilishga tayyorlashga 
sarflaydi – bu M.Musorgskiyning “Xovanshina” va 
А.Borodinning 
“Knyaz Igor” asarlaridir. 
Аftidan, bu operalar partituralari ustida 
tinmay ishlash, kompozitorning shaxsiy ijodida aynan simfonik 
musiqaga diqqat-
eʼtibor qaratilgani bilan izohlanadi. N.А.Rimskiy-
Korsakov operaga faqat 1880-yillar oxirida, “Mlada” operasini 
yaratish bilan qaytadi. 1890 yillarning o‘rtalaridan boshlab birin-
ketin “Rojdestvodan oldingi tun”, “Sadko”, “Pskovityanka”ga prolog 
– bir aktli “Boyarinya Vera Sheloga” va “Shoh kelini” kabi operalar 
bastalanadi. Keyinchalik kompozitor tomonidan “Shoh Saltan haqida 
ertak”, “Serviliya”, “Janob askarboshi”, “Ko‘rinmas Kitej shahri 
haqida rivoyat” va “Oltin xo‘roz” operalari ham yaratiladi. 
N.
А.Rimskiy-Korsakov butun ijodiy hayoti davomida vokal 
lirikaga ham murojaat etadi. Uning 80 ga yaqin romanslari orqali 
А.Pushkin, M.Lermontov, А.Tolstoy, L.Mey, А.Fet, chet el 
mualliflaridan J.Bayron va G.Geynelar sheʼriyati namoyish etiladi. 
Kompozitor ijodining mazmuni rang-barang: u xalqchil-tarixiy 
mavzu (“Pskovityanka”, “Ko‘rinmas Kitej shahri haqida rivoyat”), 
lirika sohasi (“Shoh kelini”, “Serviliya”) va maishiy dramani (“Janob 
125 


askarboshi”) ham yoritib, Sharq obrazlarini (“
Аntar”, “Shahrizoda”) 
aks ettiradi va boshqa musiqa madaniyatlar (“Serb fantaziyasi”, 
“Ispan kaprichchiosi” va b.) xususiyatlarini ifodalab beradi. Biroq, 
N.
А.Rimskiy-Korsakov uchun fantastika, ertaknamolik va xalq ijodi 
bilan rang-barang aloqalar xosdir. Kompozitor benazir sof, 
maftunkor va nafis-lirik ayol obrazlarining butun galereyasini yaratdi 
ham real, ham fantastik (“May tuni”dagi Pannochka, “Shoh 
kelini”dagi Marfa, “Ko‘rinmas Kitej shahri haqida rivoyat”dagi 
Fevroniya), xalq xonandalarining obrazlari (“Qorqiz”dagi Lel`, 
“Sadko”dagi Nejata). 
Kompozitorning ijodiy yo‘li 40 yildan ziyod davom etdi. Bu 
yo‘
lga M.Glinka anʼanalarining davomchisi sifatida chiqar ekan, u 
XX asrda ham rus sanʼatini jahon musiqa madaniyatida munosib 
namoyon etdi. N.
А.Rimskiy-Korsakovning ijodiy va musiqiy-
jamoaviy faoliyati serqirra: kompozitor, dirijyor, nazariy ishlar va 
taqrizlar muallifi, 
А.Dargomijskiy, M.Musorgskiy va А.Borodin 
asarlarining muharriri, u rus musiqasi rivojiga ulkan taʼsir ko‘rsatdi.
N.
А.Rimskiy-Korsakov tomonidan ishlov berilgan sharqona 
mavzu (“
Аntar”, “Shahrizoda”, “Oltin xo‘roz”) Kavkazorti va O‘rta 
Osiyo milliy musiqa madaniyati rivojida bebaho ahamiyat kasb etdi, 
rang-barang dengiz peyzajlari (“Sadko”, “Shahrizoda”, “Shoh Saltan 
haqida ertak”, “Dengizda” nomli romanslar turkumi va b.) frantsuz 
K.Debyussi va italyan O.Respigi asarlarida ko‘p narsani belgilab 
berdi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling