O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия


partituralaridan biri sanaladi. 
“O‘lmas Kashey” operasida (E.M.Petrovskiy syujeti, 
N.
А.Rimskiy-Korsakov librettosi) yovuz kuchlar ifodasi bilan 
bog‘liq monoton, “tund” kolorit hukmronlik qiladi. Unchalik 
mahobatli bo‘lmagan, qahrli Kashey va beshafqat, ammo rom 
etuvchi-go‘zal Kashey xonim obrazlari tashqi tomondan bir-biriga 
o‘xshamasa-da, ularning musiqiy tavsiflari ko‘p jihatdan o‘zaro 
umumiydir. 
Аsarning umumiy zulmatli-yovuz xarakterini yog‘och 
damli cholg‘ularning yo‘g‘on, sovuq tembrlari va surdinali mis 
damlilar hamda sul ponticello torlilarning “tikanli” jarangi, murakkab 
ladlar tizimiga asoslangan o‘ta keskin, dissonant mutanosibliklarga 
boy garmoniya belgilab beradi. 
133 


“Ko‘rinmas Kitej shahri haqida rivoyat” operasi har jabhada 
g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turuvchi asar bo‘lib, unda N.
А.Rimskiy-
Korsakov opera ijodidagi muhim dramaturgik va uslubiy 
tendentsiyalar murakkab, ko‘p rejali yaxlit kontseptsiyani ko‘p 
jihatdan umumlashtirib beradi. Kompozitor ijodidagi bosh 
muammolardan biri nazmiy afsona va diniy-nasroniylar tomoshalari 
orqali ifodalanuvchi ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash bo‘lib, u 
bunda ikki jabhada beriladi – xalqona-vatanparvarlik va ahloqiy. 
Kompozitor operaning ikki asosiy qahramoni Fevroniya qiz va 
Grisha Kuter`mani o‘zaro qarama-qarshi qo‘yadiki, ularning har biri 
muayyan falsafa va hayotiy qarashlar targ‘ibotchisidir.
Operaning dramaturgik ko‘p qatlamliligi epik, dramatik va lirik 
tamoyillarning o‘zaro mutanosiblashuvi hamda o‘
zaro taʼsiriga olib 
boradi, bunda asar o‘zining rivoyat janrida hikoyanavis-epik doirada 
ifodalanadi. U ommaviy sahnalar rang-barangligida namoyon bo‘ladi 
– bular maishiy janrli (Kichik Kitejda), ziddiyatli-dramatik, harakatli 
(tatarlar bosqini), statik-oratorial (Buyuk Kitejda, ko‘rinmas 
shaharda), obrazlarning turlicha yechimlarida – epik jihatdan 
umumlashgan (Knyaz Yuriy, Poyarok, Vsevolod), dramatik-
psixologik jihatdan chuqurlashtirilgan (Grisha Kuterma) va lirik 
(Fevroniya).
“Rivoyatning” musiqiy dramaturgiyasi operaning asosiy 
g‘oyalari bilan bog‘liq eng muhim intonatsion-mavzuiy 
majmualarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri izchil rivojiga tayanadi. Ushbu 
rivojlanishning asosiy tashkil etuvchilari simfonik yoki vokal-
134 


simfonik lavhalardir: “Sahroga olqishlar” muqaddimasi, Fevroniya 
monologi (1- va 4-aktlarda), “Kerjentsdagi jang” va “Ko‘rinmas 
shahardagi yurish”dir. 
N.
А.Rimskiy-Korsakovning opera ijodi nafaqat rus madaniyati 
rivojida, balki jahon opera sanʼatida ulkan ahamiyat kasb etib, uning 
anʼanalari keyingi avlod kompozitorlari tomonidan munosib davom 
ettirildi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling