O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Savol va topshiriqlar: 
1. 
А.Borodin ijodining asosiy yo‘nalishlari va janrlarini ayting 
2. “Knyaz Igor” operasi bo‘yicha loyiha-taqdimot tayyorlang. 
3. 
А.Borodinning Sharq mavzulariga murojaat etilgan asarlarini 
sanab bering.
4.
2 -chi Simfoniya boyicha jadvalni to‘ldiring: 
Simfoniya 
xaqida 
ma`lumot 
I qism 
II qism 
III qism 
IV qism 
 
 
 
 
 
117 


Nikolay Rimskiy-Korsakov ijodi. 
Nikolay 
Аndreevich Rimskiy-Korsakov (1844-1908) – atoqli rus 
kompozitorlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati serqirradir: u pedagog, 
musiqiy-jamoat arbobi, dirijyor va ko‘p sonli kompozitorlarning 
ustozidir. Bundan tashqari, u Peterburg dengiz korpusini tamomlagan 
dengiz ofitseri bo‘lib, dunyo bo‘ylab suzishlarda ishtirok etgan. 
1860-yillar boshida N.Rimskiy-Korsakov “Qudratli to‘da” 
to‘
garagining aʼzosi aylandi, va o‘z navbatida, bu guruh kompozitor 
shaxsi hamda estetik qarashlarining shakllanishiga muhim t
aʼsir 
ko‘rsatdi. M.
А.Balakirev rahbarligida uning №1-simfoniyasi, “Serb 
fantaziyasi”, bir qator romanslari va boshqa asarlari yaratildi. Shu 
yillarda N.
А.Rimskiy-Korsakovning ijodiy individualligi avvalo 
dasturli cholg‘u asarlarida namoyon bo‘ldi, ular orasida: “Sadko” 
simfonik musiqiy manzarasi, №2-simfoniya “Аntar” kabilar bor. Bu 
yillarda u opera janriga murojaat etadiki, mazkur janr keyinchalik 
kompozitor ijodining yetakchisiga aylanadi (1872 yilda uning 
L.
А.Mey dramasi asosidagi “Pskovityanka” operasi yaratildi).
1870-yillardan boshlab N.
А.Rimskiy-Korsakov musiqiy 
faoliyatining sarhadlari kengaydi va u darhaqiqat serqirra bo‘ldi: 
kompozitor Peterburg konservatoriyasi professori (1871 yildan u 
kompozitsiya va cholg‘ulashtirish fanlarini o‘qita boshladi), Dengiz 
muassasasining damli cholg‘ular inspektori, Bepul musiqa maktabi 
direktori, simfonik kontsertlar dirijyori, keyinchalik esa opera 
spektakllari dirijyori, Saroy kuylovchi kapellasi boshlig‘ining 
yordamchisi, Belyaev to‘garagining rahbari bo‘ldi. 1870-yillarning 
118 


o‘rtalarida o‘z kompozitorlik texnikasini takomillashtirish ustida 
ishlaydi. 1880-
yillarda simfonik janrlarga katta eʼtibor qaratadi. 
1890-yillar boshida kompozitor ijodiy faoliyatida biroz pasayish 
kuzatiladi (bu davrda u falsafani o‘rganib, maqolalar yozadi, o‘zi 
avval yaratgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqib, tahrir qiladi). 
1890-yillarning 2-yarmida N.
А.Rimskiy-Korsakov ijodi 
nihoyatda shiddatli tus oldi: “Sadko” (1896) va “Shoh kelini” (Mey 
asari asosida, 1898) operalari yaratildi. 1905-1907 yillar Inqilob 
davrida N.Rimskiy-Korsakov bosh ko‘targan talabalar talablarini faol 
qo‘llab-quvvatlab, Peterburg konservatoriyasining reaktsion 
maʼmuriyati harakatini ochiq muhokama qiladi (shundan so‘ng u 
konservatoriyadan bo‘shatiladi, konservatoriyaga qisman avtonom 
huquqlarini taqdim etib, rahbariyat o‘zgargandan keyingina qaytadi). 
N.
А.Rimskiy-Korsakov ijodi nihoyatda o‘ziga xos bo‘lib, ayni 
paytda klassik anʼanalarga tayanadi. Xalq ohanglariga tayanish, 
musiqiy tafakkurning aniqligi, nafis artistizm uni M.I.Glinkaga 
yaqinlashtiradi. 1860-yillarning progressiv g‘oyaviy-badiiy oqimlari 
bilan bog‘liq N.Rimskiy-Korsakov xalq ijodiyotiga katta qiziqish 
bildirdi (u “Yuzta rus xalq qo‘shig‘i” nomli to‘plamning to‘plovchisi; 
“40ta xalq qo‘shig‘i” nomli to‘plamni garmoniyalashda qatnashgan. 
Fol
ьklor, qadimgi slavyan mifologiyasi va xalq marosimlariga 
qiziqish kompozitorning “May tuni”, “Qorqiz”, “Mlada”, 
“Rojdestvodan oldingi tun”). 
N.
А.Rimskiy-Korsakovning 15 ta operasi janrlar rang-barangligi 
(bilina, ertak, afsona, tarixiy-maishiy drama, lirik-maishiy 
119 


komediya), shuningdek, uslub, dramaturgiya va qatnashuvchi 
personajlar tavsifidagi strukturaviy yangilikni namoyon etadi. Uning 
operalarida nomerli struktura va muttasil rivojlanish, shuningdek, 
ommaviy va kamer sahnalar (rivojlantirilgan ansambllar bilan, va 
ularsiz) mutanosibligi mavjud. Uning ijodida rus xalq ijodiyoti 
obrazlari mavjud bo‘lgan ertaklar olamiga murojaat kuzatiladi. Bu 
yerda uning tasviriy-musavvirlik iqtidori, hayoliy lirikasi va 
emotsional ko‘tarinkiligi ochib beriladi. Insonning ichki olami va 
obrazlarning psixologik yoritilishiga bo‘
lgan eʼtibor “Motsart va 
Sal`eri” kamer operasi, “Boyarinya Vera Sheloga” nomli bir aktli 
opera va “Shoh kelini” nomli tarixiy dramada namoyon bo‘ladi. 
XX asr boshlaridagi rus sanʼatiga xos yangi tendentsiyalar
teatrsimonlik va xalq lubogi uslubi unsurlari taʼkidlangan “Shoh 
Saltan haqida ertak” operasi va “kuz ertagi” bo‘lmish “O‘lmas 
Kashey”da o‘z aksini topdi, bu asarda ertak mavzusi allegoriya va 
ramziylik bilan hukmrondir. Yuksak maʼnaviy-falsafiy muammolar 
“Ko‘rinmas Kitej shahri va Fevroniya qiz xususida rivoyat” nomli 
opera-afsonada ko‘tarilgan. Kompozitorning so‘nggi operasi – 
“chehralardagi soxtalik” “Oltin xo‘roz” – bu shohlar rejimi ustidan 
o‘ziga xos tarzda ayovsiz kulishdir. 
N.
А.Rimskiy-Korsakov xonish, operaning asosiy ifodaviyligi 
deb hisoblagan. Uning operalarida orkestr ham muhim dramaturgik 
rolni bajaradi, va unga ko‘pincha mustaqil simfonik manzaralar, 
antraktlar topshiriladi, masalan, “Uch mo‘
ʼjiza” (“Shoh Saltan haqida 
ertak”), “Kerjentsdagi jang” (“Ko‘rinmas Kitej shahri va Fevroniya 
120 


qiz haqida rivoyat”) shu jumlaga kiradi. N.Rimskiy-Korsakov 
operani avvalo musiqiy asar sifatida ko‘rib chiqib, librettoga katta 
eʼtibor beradi. U syujetlarni sinchiklab tanlaydi, libretto ustida 
ishlashda har bir tafsilotga eʼtibor beradi. Kompozitor librettochi 
V.I.Belskiy bilan muvaffaqiyatli ishladi.
N.
А.Rimskiy-Korsakovning simfonik ijodi operadek ko‘p rejali 
emas. Kompozitor musiqiy tafakkurining obrazli konkretliligi uning 
dasturli va janrli simfonizmga nisbatan moyilligini belgilab berdi. 
Uvertyura (fantaziya), simfonik manzara va syuita kabi shakl va 
toifalar ustunligi shundan kelib chiqqan. Uning orkestr uchun yozgan 
eng sara asarlari – “Ispan kaprichchiosi” va “Shahrizoda”dir. 
N.
А.Rimskiy-Korsakov ijodiy merosida kamer-vokal lirikasi 
muhim o‘rin tutadi. Uning tomonidan 80 ta romans, jumladan, 
“Bahorda”, “Shoirga”, “Dengizda” kabi vokal turkumlari yozilgan. 
N.
А.Rimskiy-Korsakov o‘z ijodida turli xalqlar folkloriga tayanadi, u 
musiqiy fol
ьklorning asl namunalaridan tez-tez foydalanadi va 
qo‘shiq ohanglarini o‘z kuylarida noyob tarzda qayta ijod qiladi. 
Shuningdek, kompozitor garmoniya va cholg‘ulashtirish sohasiga 
katta hissa qo‘shib, ularning koloristik imkoniyatlarini kengaytirdi va 
boyitdi, o‘zining lad-garmonik vositalar tizimini yaratdiki, uning 
asosida – murakkab ladlar (jumladan, xarakterli tovushqator – 
Rimskiy-Korsakov gammasi) yotadi; orkestrlash serjilolikni, yaniqlik 
va shaffoflikni o‘zaro mutanosiblashtiradi. 
U muhim maʼrifiy ishni amalga oshiradi, u dirijyor sifatida rus 
kompozitorlari ijodini targ‘ib qildi. Bundan tashqari, uning 
121 


muharrirlik ishlari ham bebaho, ular sabab, rus musiqasining ko‘plab 
asarlari ijro etildi va nashr qilindi (
А.S.Dargomijskiyning “Tosh 
mehmon”, 
А.P.Borodinning “Knyaz Igor”, M.P.Musorgskiyning 
“Boris Godunov”, “Xovanshina”). N.
А.Rimskiy-Korsakov 
shuningdek, M.
А.Balakirev va А.K.Lyadov bilan hamkorlikda 
M.I.Glinkaning opera partituralarini tayyorlab, chop ettirdi. Uning 
pedagogik faoliyati mutlaq ahamiyatga egadir.
Kompozitorlik maktabi yaratuvchisi N.
А.Rimskiy-Korsakov 200 
ta kompozitor, dirijyor va musiqashunoslarni tarbiyaladi. Pedagogik 
tajribaning qisman umumlashmasi - uning garmoniya va orkestrlash 
bo‘yicha darsliklari bo‘lsa, qimmatli tarixiy hujjat – “Musiqiy 
hayotim yilnomasi” (1906).
N.
А.Rimskiy-Korsakov 28 yoshida Sankt-Peterburg 
konservatoriyasining professori bo‘ldi. Bu vaqtda u orkestr uchun 
yozilgan noyob asarlar muallifi sifatida ham mashhurlikka erishgan 
edi: bu rus mavzulariga Uvertyura, serb xalq qo‘shiqlari mavzulariga 
Fantaziyalar, “Sadko” nomli rus ertagi bo‘yicha simfonik manzara va 

Аntar” nomli sharqona ertak syujetiga syuitalardir. Bundan tashqari, 
ko‘plab romanslar yaratildi, “Pskovityanka” operasi ustida ham ish 
qizg‘in borardi. Uning deyarli musiqiy tayyorgarliksiz kompozitor 
bo‘lganligi hech kimning hayoliga kelmagan edi (bu ayniqsa 
N.
А.Rimskiy-Korsakovni konservatoriyaga taklif etgan direktorning 
hayoliga kelmagan).
Nikolay Rimskiy-
Korsakov sanʼat va badiiy qiziqishlardan 
yiroq bo‘lgan oilada dunyoga keldi. Uning ota-onasi oilaviy 
122 


anʼanalarga ko‘ra, bolani dengiz floti xizmatiga tayyorlaydilar 
(kompozitorning amakisi va katta akasi dengizchi edi). Garchi yosh 
Rimskiy-Korsakovning musiqiy qobiliyati erta namoyon bo‘lsa-da, 
kichik provintsial shaharchada musiqa bilan jiddiy shug‘ullanadigan 
odam yo‘q edi.
Unga fortepiano chalish sabog‘ini qo‘shnisi, so‘ngra tanish 
tarbiyachi va shu tarbiyachining o‘quvchisi o‘rgatdi. Musiqiy 
taassurotlarni onasi va amakisining xavaskorlik ijrosidagi xalq 
qo‘shiqlari va Tixvindagi erkaklar monast
ыrining diniy qo‘shiqlari 
to‘ldirar edi. Peterburgdagi Dengiz korpusiga o‘qishga kelgan 
N.Rimskiy-Korsakov opera teatri va kontsertlarga borar
M.I.Glinkaning “Ivan Susanin” va “Ruslan va Lyudmila” operalarini 
tomosha qilib, L.Betxoven simfoniyalarini tinglar edi. 
Va nihoyat, Peterburgda uning haqiqiy ustozi paydo bo‘ladi – bu 
ajoyib pianinochi va savodli musiqachi F.Kanilledir. U isteʼdodli 
shogirdiga o‘zi musiqa bastalashini maslahat beradi, uni M.Balakirev 
bilan tanishtiradi, bu inson atrofida esa yosh kompozitorlar uyushgan 
edi – M.Musorgskiy, S.Kyui, keyinchalik ularga 
А.Borodin 
qo‘shiladi. “To‘da”chilarning hech biri maxsus musiqiy 
tayyorgarlikni o‘tamagan edi. M.Balakirev ularni mustaqil ijodiy 
faoliyatga tayyorlagan tizim quyidagicha edi: u darhol masʼul 
mavzuni taklif etar, so‘ngra uning rahbarligida, hamkorlikdagi 
muhokamalarda, parallel ravishda mashhur kompozitorlar asarlarini 
o‘rganish bilan asar yaratish jarayonida yuzaga keladigan 
murakkabliklar hal etilar edi. 
123 


Dengiz xizmati bo‘yicha dunyo bo‘ylab sayohat sabab, uch yillik 
tanaffusdan so‘ng N.Rimskiy-Korsakov yana musiqa bilan 
shug‘
ullana boshladi. Noyob isteʼdod unga maktab asoslarisiz
musiqiy shaklni o‘zlashtirishda, yorqin rangli orkestrlash va asar 
bastalash usullarini o‘rganishda katta yordam berdi. Murakkab 
simfonik partituralar yaratgan, opera ustida ishlagan kompozitor 
musiqa ilm-fanining asl alifbosini bilmas, zarur atamashunoslikdan 
bexabar edi. Dastlab unga bildirilgan konservatoriyada o‘qitish taklifi 
kompozitor uchun butunlay kutilmagan hol edi, ammo u hayratomuz 
mehnatkashlik va yuksak masʼuliyat ko‘rsatib, o‘qitishi lozim 
bo‘lgan o‘sha asoslarni o‘rgana boshlaydi.
N.
А.Rimskiy-Korsakovning dunyoqarashi va estetik qarashlari 
1860-yillarda “Qudratli to‘
da” aʼzolarining taʼsiri ostida shakllandi. 
O‘sha vaqtda kompozitor ijodining milliy asosi, demokratik 
yo‘nalishi, asosiy mavzu va obrazlari aniqlangan edi. N.
А.Rimskiy-
Korsakov faoliyatining keyingi o‘n yilligi serqirradir: u 
konservatoriyada ishlab, shaxsiy kompozitorlik texnikasini 
takomillashtirish bilan shug‘ullanadi (kanon va fugalar yozadi); 
Dengiz muassasasi damli orkestrining inspektori lavozimini egallab, 
simfonik kontsertlarga dirijyorlik qiladi; Bepul musiqa maktabida 
M.Balakirev o‘rniga direktor bo‘lib, M.Glinkaning har ikki operasi 
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling