O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq: A. Borodin ijodiga asoslanib Klaster va Insert jadvallarni toldiring. А.P.Borodin simfonizmi.
Asosoy asarlari
: Operalar – opera-fars “Bahodirlar” (1867), “Knyaz Igor” (1890). Orkestr uchun – 3 ta simfoniya (№1-, 1867; №2-“Bahodirlik”, 1876; №3-tugallanmagan, simfoniyaning 1-qismini А.K,Glazunov o‘z xotirasiga tayanib yozgan va orkestrlashtirgan), “O‘rta Osiyoda” musiqiy manzarasi (1880); 112 Kamer-cholg‘u ansambllari – 2 ta torli trio (1855-1862), fortepiano triosi (1862), 2 ta torli kvartet (1879-1881), torli va fortepiano kvintetlari (har ikkisi - 1862), torli sekstet (1861) va b.; fortepiano uchun kichik syuita. Topshiriq: A. Borodin ijodiga asoslanib Klaster va Insert jadvallarni toldiring. А.P.Borodin simfonizmi. Аleksandr Porfir`evich Borodin hayratlanarli darajada serqirra shaxs edi. U ko‘ plab isteʼdodlar bilan siylangan. U tarixda ham buyuk kompozitor, ham atoqli kimyogar olim va pedagog, ham faol jamoat arbobi sifatida qoldi. Uning musiqa ijodi ham serqirra bo‘lib, ayni paytda ichki birlikka egadir. Kompozitor ijodi hajman katta emas, biroq u turli janr namunalarini o‘zida jamlagan: opera, simfoniyalar, simfonik manzaralar, kvartetlar, fortepiano p ьesalari, romanslardir. А.P.Borodin ijodining g‘ayrioddiy yaxlitligi shu bilan bog‘liqki, uning barcha asosiy asarlari orqali bahodirlar obrazlari va ularning jasorati bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri mavzu o‘tadi. Shu tariqa, ko‘p yillar o‘tib, А.Borodin xalq vatanparvarlik g‘oyalarini ifodalaydi, bu haqda ilk bor M.Glinka yozgan edi... 113 А.Borodin ifodalagan obʼektlar – bu mif personajlari emas. Bu real tarixiy arboblar yoki V.Vasnetsovning “Bahodirlar” va “Botir aro yo‘lda” kabi kartinalaridan olingan afsonaviy rus bahodirlaridir. А.Borodinning “Knyaz Igor” operasidagi Igor va Yaroslavna obrazlari yoki Ikkinchi simfoniyaning ertak bahodirlari orqali ona tarixning ko‘p asrlari davomida o‘z vatanini himoya qilgan eng sara rus insonlari xarakterlarida namoyon bo‘lgan o‘sha sifatlar umumlashtirilgan. Bu mardlik, xotirjam ulug‘vorlik va qalb saxiyligining jonli ifodasidir. Kompozitor tomonidan ko‘rsatilgan xalq hayotidan olingan sahnalar ham shunday umumlashma ahamiyatga molik. Unda turmush tarzi emas, balki butun mamlakat taqdiriga taʼsir qiluvchi tarixiy voqealarning ulug‘vor manzaralari ustunlik qiladi. А.P.Borodin Sharq ruhiyati va xarakterini, tabiatining ranglari- yu, musiqasining noyobligini his etgan holda, taʼsirchan va nafis ifodalagan. U sharqona xalq qo‘shiqlari va cholg‘usi musiqasini nafaqat sevgan, balki olim sifatida uni yozuvlari (nota, audio) va tadqiqotchilarning ishlari bo‘yicha o‘rgangan. Uning Rossiyadan olisdagi hududlarda bo‘ lganligi xususida hujjatli maʼlumotlari bor, u yerda kompozitor Osiyo mintaqasi xalqlarining asl fol ьklorini yozib olgan ekan. U sharqona degan tushunchadan uzoqlashdi, А.P.Borodin tomonidan ifoda etilgan obrazlar orqali Sharq musiqasi xususidagi tasavvurlar kengaydi. U ilk bor O‘rta Osiyo xalqlari musiqiy boyligini ochib berdi (“O‘rta Osiyoda” simfonik manzarasi, “Knyaz Igor” operasi). Bu 114 siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Markaziy Osiyo xalqlari Rossiyaga qo‘shilgan davrda bu xalqlarning madaniyati va musiqiy merosiga bo‘ lgan alohida eʼtibor, rus kompozitori tomonidan bildirilgan hurmat va ehtirom belgisi edi. Mazmun va ijodiy metodning o‘ziga xosligi, rus va sharq xalqlari qo‘shiqlariga bo‘lgan munosabat, musiqiy til sohasidagi dadil izlanishlar – bularning barchasi А.P.Borodin musiqasining nihoyatda o‘ziga xosligi, uning yangiligini taʼminladi. Bu asnoda novatorlik kompozitorning serqirra klassik anʼanalarga nisbatan hurmati va muhabbati bilan o‘zaro mutanosiblashadi. А.P.Borodinning “Qudratli to‘da”dagi do‘stlari uning klassitsizmga xos musiqiy janrlar va shakllarga (to‘rt qismli simfoniya, kvartet va fugaga, shuningdek, musiqiy tuzilmalarning to‘g‘riligi va tugalligiga) bo‘lgan qiziqishini nazarda tutib, hazil tarzida uni “klassik” deb atar edilar. Аyni paytda А.P.Borodinning musiqiy tilida, va avvalo garmoniyasida (al`teratsiyalangan akkordlar, rang-barang ketma-ketliklar) uni g‘arbiy-evropalik kompozitor-romantiklar bilan, jumladan G.Berlioz, F.List, R.Shuman bilan yaqinlashtiruvchi qirralar mavjud. А.P.Borodin bor-yo‘g‘i ikkita simfoniya yaratdi (uchinchisi yakunlanmagan). №2-simfoniya “Knyaz Igor” operasi bilan bir qatorda, kompozitorning eng ahamiyatli asarlaridandir. Mazkur simfoniya ilk bor 1877 yilda Rus musiqa jamiyati kontsertlaridan birida ijro etilgan va munosib baholanmagan edi. Аsarning 1880 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan taqdimoti katta shuhrat qozondi. 115 Simfoniyaga “Bahodirlik” degan nomni V.Stasov bergan edi, qolaversa u har bir qism dasturini ham tuzib beradi:I – Bahodirlar yig‘ilishi;II – Bahodirlar o‘yinlari; III – Bayan qo‘shig‘i;IV – Bahodirlar ziyofati. Simfoniya o‘z dramaturgiyasi bilan rus epik simfonizmining ilk namunasi sanaladi. Simfoniyaning obrazli doiralari ikkita doirani o‘z ichiga olgan mavzuiylikda namoyon bo‘ladi – bu rus va sharq, ular nafaqat o‘zaro kontrastlashadi, balki bir-birini to‘ldiradi. Rus kuy chizig‘i quyidagi janrlarni namoyon etadi: raqssimon – I qism bosh mavzusining I unsuri, II qism mavzuiyligi, finalning asosiy mavzusi; I qismning qo‘shiqsimon, cho‘zimdor-lirik yondosh mavzusi, finalning yondosh mavzusi (3/2 o‘lchovi); ertak ohanglari – III qismning asosiy mavzusi; cholg‘u kuyi – II qism (asosiy mavzu), IV qism bosh mavzusining alohida davralari. Sharq kuy chizig‘i avvalo, Osiyo o‘lkasi bilan bog‘liq, bu esa А.Borodin ijodi uchun xosdir. Sharqona mavzular ostinatoli bas, sinkopalangan melodika, al`teratsiyalangan garmoniya va melizmlar bilan tavsiflanadi (II qism Alegretto). Bu asosiy kuy chiziqlari o‘zaro to‘qnashmaydi, balki ko‘proq qarama-qarshi qo‘yiladi, va bu bilan kompozitor bir qator go‘zal kontrast manzaralarni yaratadi. O‘zaro qarama-qarshi qo‘yilish tamoyili shaklning barcha darajalarida amalga oshiriladi: mavzuiylik darajasida (barcha qismlardagi rivojlantirilgan ekspozitsiya mavzulari o‘zaro qarama-qarshi qo‘yiladi, bunda I qismning bosh va yondosh partiyalari nisbatan yorqinroq); bir qismning bo‘limlari darajasida (I qism); turkum 116 qismlarining o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilishi darajasida. А.Borodin xalq lad asosi va yetti pog‘onali ladlardan foydalanadi. Metroritm borasida o‘zgaruvchan va murakkab o‘lchovlar qo‘llanilgan, sinkopalash ham tez-tez uchraydi. Simfoniya shaklan g‘ayrioddiy. Kompozitor rivojlovsiz sonata shaklini maʼqul ko‘radi. I qismda rivojlov hali rivojlanishning motivli-mavzuiy tamoyiliga asoslanadi, garchi u bilan variantlilik tamoyili bilan raqobatlashadi. Keyinchalik А.Borodin rivojlovdan qochadi, bu esa dramaturgiyaning ziddiyatsiz turiga javob beradi. IV qism - rondo-sonata shaklida. To‘daning boshqa kompozitorlaridan farqli o‘laroq, А.Borodinda xalq cholg‘ulari jarangining stilizatsiyasi tamoyilidan foydalaniladi, jumladan, sharq cholg‘ularining ham. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling