O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Savol va topshiriqlar:
1. “Qudratli to‘da”ning har bir namoyandasiga bag‘ishlangan taqdimot tayyorlash. 2. “Qudratli to‘da” kompozitorlarining estetik tamoyillarini sanab bering. 3. “Qudratli to‘ da” namoyandalari opera sanʼatidagi asosiy janrlarni sanab bering. 4. “Qudratli to‘ da” aʼzolari ijodida rus xalqining obrazi. 5. “Qudratli to‘da” kompozitorlari ijodida fol ьklorga munosabat. Modest Musorgskiy ijodi. Modest Petrovich Musorgskiy – dastlab ijodi kam o‘rganilgan va munosib baholanmagan atoqli kompozitor (1839-1881). Musiqada yangi yo‘llar izlovchi, novator, u o‘z zamondoshlari uchun yetarlicha musiqiy tayyorgarlikka ega emasdek tuyulardi. Hatto eng yaqin do‘sti N. А.Rimskiy-Korsakov ham M.Musorgskiy asarlarining garmoniyasi, shakli va orkestrlanishini to‘g‘irlabgina ijro etish mumkin, deb hisoblardi, va u Musorgskiy vafotidan so‘ng bu ulkan ishni amalga oshirdi. Kompozitorning ko‘plab asarlari bizga Rimskiy-Korsakov versiyasi orqali tanish, jumladan “Boris Godunov” va “Xovanshina” operalari ham. Faqat ancha vaqt o‘tgachgina M.Musorgskiy ijodining asl mohiyati ochildiki, unga V.Stasov haqqoniy baho berdi, u shunday degan edi: “Musorgskiy 85 shunday insonlar sirasiga kiradiki, unga kelajak avlod yodgorlik qo‘yadi”. Uning musiqasi XX asr kompozitorlariga juda kuchli ta ʼsir ko‘rsatdi, jumladan, mashhur Prokof`ev va Shostakovchich kabi rus ijodkorlaridan tashqari, frantsuzlarga ham. “Jonli insonni jonli musiqada yaratish”, “Shu vaqtga qadar hech bir ijodkorda bo‘lmagan hayotiy voqelikni yoki unga xos shakldagi turini yaratish” – kompozitor o‘z maqsadini shunday belgilar edi. Uning hayotiy aqidasi – hayotni va hayot haqiqatini ko‘rsatish edi, “u qanchalik achchiq bo‘lmasin”, ayni paytda u Аleksandr Dargomыjskiy anʼanalarining davomchisidir. Kompozitor ijodi xarakterini M.Musorgskiyning asosan vokal va sahnaviy janrlarga murojaati belgilab berdi. Uning yuksak yutuqlari – “Boris Godunov” va “Xovanshina” operalari, “Bolalar”, “Oftobsiz” va “ Аjal qo‘shiq va raqslari” kabi vokal turkumlaridir. Modest Petrovich Musorgskiy 1839 yil 9 martda Pskov guberniyasining Karevo degan joyida, o‘z shajarasini Ryurikovichlardan boshlab davom ettirayotgan dvoryanlar oilasida tug‘ildi. U bolalik chog‘idanoq barcha dvoryan bolalari kabi frantsuz va nemis tillari, shuningdek, musiqa bilan shug‘ullandi, bolakay musiqada, ayniqsa improvizatsiyada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. M.Musorgskiy 9 yoshidayoq Jon Fil`d kontsertini chalgan bo‘lsa-da, tabiiyki, musiqa bilan professional mashg‘ulotlar o‘tash haqida gap- so‘z yo‘q edi. 86 1849 yilda oilasi uni Peterburgga yuboradi, u yerda uch yillik tayyorgarlikdan so‘ng M.Musorgskiy Gvardiya podpraporshiklari maktabiga o‘qishga kiradi. Bu uch yil musiqa uchun zoe ketmadi – bolakay poytaxtning eng yaxshi pedagoglaridan biri, mashhur J.Fil`dning shogirdi А.Gerkedan fortepiano saboqlarini oldi. 1856 yilda M.Musorgskiy maktabni tamomlab, Preobrajenskiy polki leyb- gvardiyasiga xizmatga tayinlanadi. U quruqlikdagi harbiy gospitalda navbatchilik vaqtida shu gospital shifokori А.Borodin bilan tanishadi. Аmmo bu tanishuv hali do‘stlikkacha bormaydi: sababi yoshdagi farq katta, qiziqishlar, ularning har birini qurshab turgan muhit turlicha edi. Musiqaga qattiq qiziquvchi va rus kompozitorlarining asarlari bilan yaqindan tanishishga intilgan M.Musorgskiy 18 yoshida А.Dargomijskiy uyida bo‘ladi. Аynan o‘sha yerda u o‘ziga ruhan yaqin bo‘lgan muhit hukmron ekanligini sezadi, shunda uning ilk asari – “Qaerdasan, yulduzcham” romansi paydo bo‘ladi. U А.Dargomijskiyning uyida S.Kyui va M.Balakirev bilan tanishadi. Аynan shu uning keyingi hayotini belgilab berdi. M.Musorgskiy kompozitsiyadan atrofida musiqachilar to‘garagi jamlangan, va bu guruh keyinchalik “Qudratli to‘da” nomi ostida mashhur bo‘lgan M.Balakirev bilan shug‘ullana boshlaydi. Ushbu mashg‘ulotlar natijasi – bir nechta romanslar va fortepiano uchun sonata bo‘ldi. U isteʼfosini tan olmagan oilasi bilan rishtani butkul uzib, merosdan voz kechadi. Shuningdek, u o‘z ustida ishlay boshlaydi – 87 psixologiya, falsafa, adabiyot bilan mustaqil shug‘ullanib, musiqaning turli janrlarida o‘zini sinab ko‘radi. Biroq, avval boshdanoq kompozitorni opera janri qiziqtirar, u to‘g‘ri keladigan syujet izlar edi. Аmmo unga simfoniya yozishdan boshlashni tavsiya etadilar, u bu asarni yozadi, faqat uni tugallamaydi. Keyinroq uni Flober romani asosidagi “Salambo” syujeti (ruscha tarjimada) qiziqtirib qo‘yadi. 1860-yillarning o‘rtalarida M.Musorgskiy asarlari paydo bo‘la boshladi va ular kompozitorning ustun jihatiga aniqlik kiritdi. M.Musorgskiy hayot qiyinchiliklari va azob-uqubatlarini o‘zida his qilgach, shu mavzuni yorituvchi sheʼriyat bilan qiziqa boshlaydi. Shu tariqa, uning N. Nekrasov sheʼriga bastalagan, dehqonning og‘ir qismati xususidagi “Kalistrat” qo‘shig‘i, А.Ostrovskiyning “Voevoda” dramasidan olingan xalq qo‘shig‘i ruhidagi “Uxla, orom ol, dehqon o‘g‘li”, kompozitorning o‘z so‘zlari asosidagi “Svetik Savvishna” nomli maishiy manzarasi yaratildi. Аncha vaqt o‘tib muallif so‘zlari bilan kuylanuvchi “Seminarchi” asari yozildi. Keyinchalik u pul yetishmovchiligi sabab, xizmatga qaytishga majbur bo‘ladi, ammo musiqa va asar yaratishni hech qachon tashlab qo‘ymaydi. Va nihoyat, 1867 yilda birinchi yirik orkestr asari yaratiladi – bu “Taqir tog‘dagi Ivanova tuni”dir. M.Musorgskiy Gogol ь asari asosidagi “Uylanish” nomli opera ustida ishlashni boshlaydi. Biroq, tez orada bu fikrdan voz kechadi, sababi u deyarli ariyasiz, xorsiz, ansamblsiz faqat rechitativga asoslangan opera yaratishning iloji yo‘q, deb hisoblaydi. 88 1860-yillar oxirida M.Musorgskiy diqqat- eʼtiborini “Boris Godunov” operasi ustida ishlashga qaratadi, mazkur asar 1870 yilda Mariinskiy teatrga topshiriladi. Biroq, opera beso‘naqay kattaligi va noodatiy vokal shakllari sabab, qabul qilinmaydi. Operada ayol rolining yo‘qligi asar qabul qilinmaganligining asosiy sabablaridan biri edi. Kompozitor asta-sekin o‘z asarida yetishmagan holatlarni bartaraf etadi: u polyakcha sahnalar va Marina Mnishek partiyasini hamda Kromalar ostidagi sahnalarni kiritadi. Operaning ikkinchi tahriri ustida ishlayotganda M.Musorskiyga N.Rimskiy-Korsakov yordam beradi. U royal ь oldidagi vaqtlarini do‘stona o‘tkazib, har ikkisi rus tarixidan olingan syujetga opera yozadilar (Rimskiy- Korsakov “Pskovityanka”ni yaratadi), xarakteri va ijodiy tamoyillari mutlaqo har xil bo‘lgan bu ikki ijodkor bir-birini ajoyib tarzda to‘ldirar edi. 1873 yilda “Bolalar” turkumi Repin rasmlari bilan bezatilgan holda bosmadan chiqadi, va ham omma, ham musiqachilarning birdek eʼtirofiga sazovor bo‘ladi, jumladan F.List asarning yangiligi va noodatiyligini yuksak baholaydi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, kutilmaganda kompozitorning do‘sti, musavvir Viktor Gartman vafot etadi. 1874 yilda M.Musorgskiyning “Ko‘rgazmadagi rasmlar” nomli mashhur fortepiano turkumi paydo bo‘ladi, u bevosita V.Gartmanning vafotidan keyingi ko‘rgazmasidan olingan taassurotlar asosida yaratiladi. Bu vaqtda Golenishev- Kutuzov sheʼrlariga “Oftobsiz” nomli g‘amgin va fojeviy turkum yaratiladi. Bundan tashqari kompozitor 89 “Xovanshina” nomli yangi opera ustida ishlashga kirishib ketadi, uni yana rus tarixidan olingan syujet o‘ziga jalb etadi. Shuningdek, u Gogol asari asosidagi “Sorochinskaya ko‘rgazmasi” syujetiga ham qiziqib qoladi. Biroq, uning hayotidagi yaxshi kunlar tobora kamayib boradi, shu bois bu opera ustidagi ish ham chetga surib qo‘yiladi. M.Musorgskiy o‘sha 1874 yili ko‘rgazmada tomosha qilgan Vere щagin kartinasi asosida “Unutilgan” nomli vokal ballada yozadi. Kompozitor hayoti yanada og‘ir va zulmatli bo‘lib qoladi. Doimo qalin do‘stona muloqotga intilgan M.Musorgskiyga “Qudratli to‘ da”ning deyarli tarqalib ketgani qattiq taʼsir qiladi, bu xususda u o‘zining V.Stasovga yozgan xatlaridan ham bir necha marta taʼkidlaydi. Ijodiy inqiroz o‘z o‘rnini moddiy qiyinchiliklar va alkogolizmga bo‘shatib beradi. 1875 yilda u ijara haqini to‘lamagani uchun ko‘chaga haydaladi. Shundan keyin bir muddat А.Golenishev- Kutuzovnikida, so‘ngra eski tanishi, sobiq dengiz ofitseri, kompozitor ijodining ashaddiy muxlisi Naumovnikida yashaydi. А.Golenishev-Kutuzov sheʼrlariga u o‘zining eng fojeali vokal turkumi “ Аjal qo‘shiq va raqslari”ni bastalaydi. M.Musorgskiy keyinchalik xonanda D.Leonova bilan birga Rossiyaning yirik shaharlari bo‘ylab katta gastrol safariga chiqadi. Bu ijodiy safar davomida rus kompozitorlari operalaridan ariyalar, rus va chet el kompozitorlarining romanslari ijro etiladi. Bundan tashqari kompozitor solo nomerlari, “Ruslan va Lyudmila” hamda shaxsiy operalarining transkriptsiyalari bilan chiqishlar qiladi. Bu unda ruhiy ko‘tarinkilik, yangi ijodiy faollik uyg‘otadi. Mashhur 90 “Burga” qo‘shig‘i, fortepiano p`esalari, orkestr uchun katta p`esa g‘oyasi paydo bo‘ladi. “Sorochinskaya yarmarkasi” va “Xovanshina” ustidagi ish davom ettiriladi. Keyingi yilning yanvar ь oyida M.Musorgskiy davlat xizmatini butkul tashlaydi. Uning do‘stlari “Xovanshina” operasini tugallashi uchun ozgina pul topib berishadi. Biroq kompozitorning sog‘lig‘i butunlay yomonlashadi, u uy kontsertlarining birida xushini yo‘qotadi. M.Musorgskiy 16 martda vafot etadi, u bor-yo‘g‘i 42 yoshda edi. “Qudratli to‘da”ning barcha kompozitorlari singari u ham Sankt-Peterburgdagi Аleksandr-Nevskiy qabristoniga dafn etiladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling