O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
M.Musorgskiyning “
Аjal qo‘shiq va raqslari” vokal turkumi. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” fortepiano turkumi. M.Musorgskiy uchun 1870-yillarning o‘rtalari - kompozitorning bir nechta do‘stlarini hayotdan olib ketib, bitmas jarohat yetkazgan o‘ lim haqida mushohada yuritish davri edi. Uning taʼsirida А.А.Golenishev-Kutuzov sheʼrlariga bastalangan “Oftobsiz” turkumi, Vereshaginaning nomdosh kartinasidan ilhomlanib “Unutilgan” vokal balladasi yaratildi. 1875 yilda M.Musorgskiy bevosita shu mavzuga murojaat etadi: ovoz va fortepiano uchun “ Аjal qo‘shiq va raqslari” nomli turkumni yarata boshlaydi. Sheʼrlari kompozitorning kichik do‘sti, keyinchalik Rossiya fanlar akademiyasi aʼzosi yana o‘sha А.А.Golenishev-Kutuzov tomonidan yozildi, u shoir uylangunga qadar uning uyida yashadi. Turkumning dastlabki g‘oyasi to‘rt qismdan iborat bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha edi: 1. Sximnik – qattiqqo‘l monax-fanatning olisdagi qo‘ng‘iroqlar chalinganda o‘z kulbasida o‘lim topishi. 2. Uyga qaytayotgan va vatan qiyofasidagi to‘lqinlarda halok bo‘lgan siyosiy surgundagi odam. 3. Muhabbat haqidagi xotiralar ichida qolgan yosh ayol o‘limi va uning uchun qadrli bo‘lgan bal xususida. 4. Аnika-jangchi va o‘lim. Kompozitor barcha asarlarni ikki qismga bo‘lishni mo‘ljallagan va yangi al ьbomni “U” deb atagan, alьbom tarkibiga qo‘shiqlar quyidagi tartibda kiritilishi kerak edi: 1. Аlla, 2. Serenada va 3. Trepak. Turkumning har bir qismi mashhur insonlarga bag‘ishlangan. “ Аlla” – xonanda Аnna Yakovlevna Vorob`eva-Petrovaga 93 bag‘ishlangan. “Serenada” – M.Glinkaning opasi Lyudmila Ivanovna Shestakovaga bag‘ishlangan. “Trepak” – mashhur bas ovozi sohibi Osip Аfanasьevich Petrovga bag‘ishlangan. Kompozitor turkumni “Sarkarda” qismi bilan to‘ldirdi. Аvtograf parchalaridan birida sheʼr matni muallifi Аrseniy Аrkad`evich Golenishev-Kutuzov sheʼrlariga bag‘ishlov ham bor. Turkumning so‘nggi varianti “ Аjalning qo‘shiq va raqslari” deb nomlandi. M.Musorgskiy do‘stlarini olib ketgan o‘limdan nafratlanar, ammo aynan uning obrazi kompozitorni yanada ko‘proq band qilar edi. U o‘limni “jallod” deb atadi, va mana u vokal turkumning markaziy g‘oyasiga aylandi. Biroq bu g‘oya nihoyatda teranlik bilan, o‘ziga xos tarzda amalga oshirilgan. U azoblardan qutulib, uni xotirjamlik tashuvchidek talqin etadi. Unda qandaydir ijtimoiy unsur, bola, mast erkak, askar yoki yosh qiz - uning oldida barcha birdek. O‘lim azob va qiyinchiliklardan qutulishdir. Tunda bola vafot etadi; ajal uning uchun qo‘rqinchli emas, u bolani azoblardan xalos etib, uni tebratayotgan enaga obrazida. Sil kasalligidan o‘layotgan qizga u sevgi serenadasini kuylayotgan yosh ko‘rkam ritsar ь obrazida ko‘rinadi... Qiz uning quchog‘ida, baxtiyor holda vafot etadi... “ Аjal qo‘shiq va raqslari” – ehtimol bu janr jihatdan eng teran va falsafiy to‘yingan asardir. Turli qiyofalardagi ajal obrazi hayratlantiruvchi kuch bilan ifodalangan. №1, “Аlla” – o‘layotgan bola onasining dahshat ichida qichqirishlari va o‘zining muqarrarligi bilan qo‘rqinchli bo‘lgan Аjalning sokin, allalovchi ohanglarining qarama-qarshi qo‘yilishiga asoslanadi. 94 №2, “Serenada” – titroq, xuddi sharpadek tremolo va garmonik beqarorlik ozg‘in, kasallik ichida cho‘kib borayotgan qiz obrazini yaratadi. So‘ngra fortepiano gitara jo‘rligiga taqlid qiladi; kuy dastlab sokin, lekin u tobora ehtirosli tus olib, tantanavor “Sen menikisan!” hayqirig‘i bilan yakunlanadi. №3, “Trepak”- izg‘irinda muzlab qolayotgan erkak qiyofasidir. Dastlab fortepianoning sokin bir maromli akkordlari cho‘l manzarasini tasvirlaydi; pastki registrda “memento mori” kabi “Dies Irae” kuyining boshlanishi ko‘p marotaba takrorlanadi. So‘ngra oddiy, xalq ruhidagi trepak ritmi, Аjal ohangi yuzaga keladi. Izg‘irinni ifodalovchi xromatik passajlar avj tomon olib boradi, undan so‘ng tushirim keladi – sovuqdan muzlab o‘layotgan erkak uchun kuylanayotgan shirin orzularning nafis lirik musiqasi. Ushbu manzara bir maromli “bo‘sh” akkordlar bilan yakunlanadi. Yakunlovchi nomer “Sarkarda” (“Polkovodec”) – jang maydonining keng manzarasi, unda Аjal tantana qiladi. Uning boshlanishini jang shovqini, dushmanlarning o‘zaro to‘qnashuvi sadolantiradiki, bu Аjalning mahobatli marsh ritmidagi tantanali monologiga olib keladi. Bu butun turkumning avji va yakuni – Аjal- sarkarda butun jang maydonini kezib chiqadi. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” turkumi M.Musorgskiyning 1874 yilda vafot etgan do‘sti, rassom va me ʼmor V.Gartman xotirasiga 95 bag‘ishlanadi. Kompozitor o‘z oldiga noyob vazifa qo‘yadi – cholg‘u vositalari orqali V.Gartman kartinalari, rasmlari va meʼmoriy loyihalari mazmunini aks ettirishni. Turkum bog‘lovchi- intermediyalar (M.Musorgskiy ularni “sayr” deb atagan edi) orqali o‘zaro birlashtirilgan o‘nta o‘ziga xos xarakterli p`esalardan iborat. P ьesalar syujeti o‘ziga xos va rang-barang: “Gnom”, “Izbushka na kur`ix nojkax” (Tovuq oyoqli kulba), “Yalmog‘iz kampir” – ertak manzaralari; “Bolalarning o‘yin paytidagi janjali”, “Ish jonivori”, “Ikki yahudiy”, “Limojdagi bozor” – maishiy; “Eski qalʼa”, “Katakomba” – romantik. “Kievdagi bahodirlar darvozasi” nomli final p`esa – qadimiy Rusiya hayotining musiqiy manzarasidir. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” turkumi – jahon fortepiano adabiyotidagi yangi noyob voqelik, dasturli syuitaning yangi turidir. Ushbu asarning orkestrga moslashtirilgan bir nechta variantlari mavjud. Ular orasida eng mashhuri M.Ravel` variantidir. “Boris Godunov” operasidan keyingi birinchi katta tugallangan asar “Ko‘rgazmadagi rasmlar” bo‘ldi. Bu nafaqat M.Musorgskiy ijodida, balki o‘sha davrning dasturli fortepiano musiqasida ham yangi sahifa ochdi. Musavvir va meʼmor V.Gartman o‘limidan so‘ng namoyish etilgan ko‘rgazma tassurotlari ostida yozilgan M.Musorgskiy qalamiga mansub “Rasmlar” turkumining nomlanishi mazmuniga to‘liq mos keladi. V.Gartman insonlar bilan muloqotda yaxshi suhbatdosh, shinavanda edi. Fantaziyasi va tasavvurlarining boyligi, barcha vaziyatlarda topqirligi, uni do‘stlar davrasida ham betakror 96 qildi. V.Gartmanni M.Musorgskiy bilan iliq do‘stlik va o‘zaro hurmat bog‘lab turar edi. Shu bois 1873 yilda do‘stining to‘satdan vafot etganligi xususidagi xabar Musurgskiyni larzaga soldi. M.Musorgskiy do‘stining ko‘rgazmasidan olgan taassurotlari bo‘yicha yaratgan asarini dastlab “Gartman” deb nomladi. Ko‘ rgazmadan kartinalar, akvarellar, meʼmoriy loyihalar, teatr dekoratsiyalarining eskizlari va kostyumlar, naturadagi rasmlar, shuningdek, badiiy buyumlar – masalan, rus uslubida ishlangan tovuq oyoqli kulba ko‘rinishidagi tosh soat, yong‘oq chaqadigan qisqich kabilar o‘rin olgan edi. Bu yerda V.Gartman tomonidan Italiya, Frantsiya va Pol`sha bo‘ylab uyushtirilgan safarlar chog‘ida chizilgan, shuningdek, rus milliy sheʼriyati va hayotidan olingan janrli sahnalar hamda toifalari namoyish etilgan edi. M.Musorgskiy bulardan faqat 10 ta asarni musiqa tiliga o‘girdiki, ular turfa kartinalar va sahnalar bilan o‘zaro almashinib keladigan noyob syuitani tashkil etdi. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” kompozitor tomonidan 1874 yilning iyun ь oyida 3 hafta ichida yaratildi. U V.Gartmanning alohida asarlari talqiniga juda erkin yondashdi. Syuitaning alohida nomeri asosiga u yoki bu rasm, eskiz yohud maket syujetini olgan holda, u o‘z fantaziyasiga to‘liq erkinlik berdi. Shu tariqa, musiqiy chizmalarning butun boshli seriyasi yuzaga keldi. Turkumga tabiat va turmush tarzi, portretlar, komik va hatto ertak sahnalari kiritildi. Аsarning originalligi avvalo syuita toifasining o‘zida: romantik syuita–karnaval emas, balki hayotning o‘zidan olingan turli toifali 97 mavzular xalqchil-ertak fantastika va o‘tmish obrazlari bilan almashinib keladi, turkumdagi romantika va irreallik kundalik hayot bilan, “yuksakdagi” “pastdagi” bilan murosa qiladi. Bu asnoda “Rasmlar”ning yana bir xususiyati ichki birlikdir - bu kompozitorning musavvir olamini ifodalashga yondashuvidagi birlikdir. O‘zaro bitta musiqiy mavzu – “Sayr” orqali, ruscha uslubda mustahkam bog‘langan asar tuzilishining originalligi shaklan betakror dasturli syuita namunasini yaratdi. V.Gartmanda “Sayr” prototipi yo‘q, bu obraz M.Musorgskiy tomonidan yaratilgan. V.Stasov bunga quyidagicha aniqlik kiritadi: ““Sayr” asari go‘yoki tomoshabinni ko‘rgazmaning keyingi eksponatiga o‘tishini ko‘rsatadi, va bu yerda M.Musorgskiy o‘zini tasvirlaydi”. “Sayr” mavzusi xarakter jihatdan rus qo‘shiqlariga xos bo‘lgan bir ovozli xor kuyini eslatuvchi sokin va kuychan. Аmmo shunday bo‘lsa-da, M.Musorgskiy mavzuga umumlashma xarakter baxsh etgan. Unda hatto epik va ulug‘vor xalq qo‘shiqlarini eshitish mumkin, royal ь esa vaqti-vaqti bilan xor jarangini muvaffaqiyatli tarzda yetkazib beradi. Bu rus xalq ruhiyatining ifodasidir. “Ko‘rgazmadagi rasmlar”da fantastik asos tasviriga alohida o‘rin ajratilgan. Fantastik obrazlardan biri “Gnom” M.Musorgskiy ijodida mutlaqo yangi obrazni namoyon etadi. Bu maishiy tasvir ham, xalq ertagi ham emas, balki shoirona g‘oya, ijodiy tasavvur olamidir. V.Gartmanda – bu bor-yo‘g‘i qiyshiq oyoq, tasqara quyonni tasvirlovchi bolalarning archa o‘yinchog‘i, ammo bunda personajning koloritli obrazi qanchalik mahorat bilan tasvirlangan. Kuyning ajib bo‘linishlari va bezgak tutgan ritm bu kulgili, 98 badbashara odamning noz-karashmalarini ifodalaydi. Аmmo baʼzida iltijo, nola ohanglari eshitilib qoladi, bu gnomga, hamma narsadan mahrum bo‘lgan mavjudotga, uning sirli qayg‘usiga hamdard bo‘lishga undaydi. M.Musorgskiy gnom figurasini go‘yoki jonlantiradi, uning emotsional holatini yetkazib beradi. Gnom jahldor, ayanchli, qo‘rqqan, hafa qilingandek tuyuladi. Buni g‘amgin mi bemol ь minor tonalligi taʼkidlab ko‘rsatadi. Biroq shunday bo‘lsa-da, bu ertaknamo, fantastik obraz. Bu hissiyotni 1-mavzudagi beqaror, qotib qolgan va noaniq garmoniya, 2-mavzuda kamaytirilgan septakkord va sinkopalangan “oqsoqlanuvchi” ritmga tayanuvchi garmoniya kuchaytirib beradi. Sinkopalangan ritm va sekundalar bo‘ylab pastlovchi yurishlar sabab, 2-mavzu yanada ehtiyotkor, yanada sirli tuyuladi. Bu yerda u go‘ yoki M.Glinka anʼanalarini butun tonli gammaning tekis jarangi va joylashtirilgan septakkord orqali ertaknamo fantastik obrazni talqin qilish bilan davom ettiradi. Аmmo gnom qanchalik qo‘rqinchli bo‘lmasin, u M.Musorgskiyda o‘yinchoqligicha qolgan: beqaror, qotib qolgan garmoniya va iboralar oxiridagi qisqa forshlaglar musiqaga o‘yinqaroqlik, skertsosimonlik tusini berib, fojeali muhitni ertaknamolik tomon suradi. P`esaning o‘rta qismi nisbatan fojeali. U gnomning tuyg‘ularini ifodalab, unga tavsif beradi. Oxiriga kelib to‘liq alamzadalik lahzalari boshlanadi. Baland dinamika ff da yig‘i, azob va qayg‘u taassurotini yaratuvchi uzun pastlovchi xromatik chiziq 99 yotadi. Reprizada 1-qism 2-mavzusining sinkopalangan ritmi qaytadi. Аmmo bu mavzu birmuncha fojeaviy va qahrli yangraydi. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” M.Musorgskiyning yagona ahamiyatli fortepiano asari bo‘lib, unda muallifning individualligi, tafakkurining benazir obrazliligi aks ettirilgan. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” M.Musorgskiy o‘limidan so‘ng 5 yil o‘tgach nashr etildi. Turkumdagi ranglar boyligi kompozitorlar-simfoniyachilarni doimo o‘ziga jalb etib kelgan. Аsarning orkestr uchun qayta ishlanmalaridan birini frantsuz kompozitori-impressionist Moris Ravel ь amalga oshirgan. “Sayr”. Si-bemol major. Ushbu p`esa mavzusi turkum davomida bir necha marta takrorlanadi. U rus xalq ohanglarini yodga soladi: kuy bitta ovozda (“xirgoyi” bilan) boshlanadi va “xor” tomonidan davom ettiriladi. Kuyning o‘zida xalq qo‘shiqlari uchun xos bo‘lgan yarim tonsiz besh pog‘onali laddan foydalanilgan – pentatonika, u go‘yoki xalqona kuylash manerasiga taqlid qilgan holda, uncha baland bo‘lmagan ayol ovozi diapazonida yangraydi. (Masalan, P.Chaykovskiyning “Yil fasllari” turkumidan “Iyul” va “Noyabr” p`esalarida ham kuy shu kabi tuzilishga ega). P`esa o‘zgaruvchan o‘lchovda – takt oralab 5/4 va 6/4, kuyning erkin ritmi g‘arbiy klassik musiqaning ritmik chizmalariga “mos tushmaydi” – ammo o‘zgaruvchan o‘lchov kuchli va kuchsiz hissalarning o‘zaro almashinuvini aks ettiradi: melodik iboralarning boshlanishi har safar taktning turli hissalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu p`esadagi barcha holat 100 – kuy, tonallik, ritm, temp – yorug‘lik, kenglik va qalb tozaligini his etish uchun ishlaydi. M.Musorgskiy bu mavzu orqali bir paytning o‘zida kartinadan kartinaga o‘tayotgan o‘zini ham tasvirlaydi: “Mening fizionomiyam intermediyalarda ko‘rinadi”, - deb yozgan edi V.Stasovga. Аksariyat intermediyalardagi kuy chizig‘i og‘ ir vaznli, u qaysidir maʼnoda muallif qadamlariga taqlid qiladi. “Sayr” mavzusi nomsiz intermediyalarda muallif kayfiyatining o‘zgarishini ko‘rsatgan holda variatsiyalanadi: bunda tonallik ham tinglovchini keyingi p`esaga tayyorlagan holda, modulyatsiya orqali o‘zgaradi. Boshida intermediyalar har bir oraliqda yangragan bo‘lsa, keyinchalik tobora kamayib boradi, go‘yoki tomoshabin kartinalarni tomosha qilishga ko‘proq berilib, o‘ tishlarga kamroq eʼtibor qaratadi. Shunisi qiziqki, M.Musorgskiyning o‘zi do‘stlariga yozgan xatlarida “Rasmlar”dagi p`esalarni intermezzo so‘zi bilan nomlagan, muallif aftidan “Sayr”ni yetakchi mavzu deya hisoblab, butun shaklni rondo sifatida talqin etadi. “Rasmlar”ning bunday tuzilishi sabab, uni baʼzan rondo-syuita deb ataydilar. №1. “Gnom”. Mi-bemol minor. “Sayr” – As-dur №2. “Eski qalʼa”. Sol-diez minor. “Sayr” – H-dur. №3. “Tyuil`riy bog‘i. Bolalarning o‘yindan keyingi janjali”. H-dur №4. “Ish jonivori”. Gis-moll. “Sayr” – d-moll. №5. “Tuxumdan chiqmagan jo‘jalar”. F-dur №6. “Ikki yahudiy, boy va kambag‘al”. “Sayr” – B-dur. 101 №7. “Limoj bozori”. Es-dur №8. “Katakombalar. Rim qabristoni”. H-dur. “O‘liklar bilan o‘lik tilida”. h-moll. №9. “Tovuq oyoqli kulba. Yalmog‘iz Kampir”. №10. “Bahodirlar darvozasi”. Ushbu fortepiano turkumi asosida 180 ga yaqin orkestr aranjirovkalari va qayta ishlanmalari amalga oshirilgan bo‘lib, animatsion filmlar suratga olingan. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling