O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Jadvalni to‘ldiring : 
Libretto 
va 
asarni 
farqi 
Dramaturgiyaning 
xususiyatlari 
Dramaning 
asosiy 
bosqichlari 
Asosiy 
qaxramonlarni 
talqini 
Xor va 
ansambl 
saxnalar 
axamiyati 
Orkestr 
 
Аleksandr Dargomjskiyning vokal ijodi. 
XIX asrning birinchi yarmida Rossiya kompozitorlari ijodida 
romans janri birinchi o‘
rinda turar edi. Musiqa sanʼatining harakati 
va tarqalish shakllari, uy musiqiy ijrochiligining ustunlik qilishi, 
kontsert maydonchalari va zallarning mavjud emasligi aynan vokal 
janrlarining rivojlanishini avvaldan belgilab berdi. Shubhasiz, bunga 
А.S.Pushkin, Yu.M.Lermontov, F.I.Tyutchev, А.А.Fet, N.A. 
Nekrasov va boshqalar sheʼriyati ham taʼsir ko‘rsatdi. Ularning ijodi 
ona vatanga muhabbat, tabiatni madh etish, hajviy mavzuiylik va 
tanqidiy realizmni o‘zaro birlashtirgan edi.
Shunday qilib, 
Аleksandr Sergeevich Dargomjskiyning vokal ijodi 
avvaldan tayyorlangan zaminga, o‘tgan avlod va zamondosh 
kompozitorlar anʼanalariga tayandi. Uning romanslari va qo‘shiqlari 
61 


kompozitor ijodining asosiy janrlari bo‘lib, muallif ularga o‘ttiz yil 
davomida murojaat qildi (30-yillar boshidan 60-yillar o‘rtasiga 
qadar). Uning tomonidan turli shoirlar – zamondosh va katta avlod 
shoirlari sheʼrlari bilan kuylanadigan yuzga yaqin romans va 
qo‘shiqlar yozildi. Shuningdek, xuddi opera ijodi kabi uning vokal 
asarlari ham zamondoshlari M.Glinka, A.
Аlyab`ev, A.Varlamov va 
A.
Gurilev anʼanalarini nafaqat davom ettirdi, balki XIX asrning 50-
70 yillaridagi rus romans va qo‘shiqlari rivojining yangi chizig‘ini 
belgilab berdi. 
А.Dargomijskiyning vokal ijodini davrlarga bo‘lish odatga 
aylangan. U ijodi janrlar talqinining murakkablashuvi va sifat 
o‘zgarishlari asosida o‘sib boruvchi dinamika bo‘yicha 
o‘rganilmaydigan kam sonli kompozitorlardan biridir. Ijodining ilk 
davridayoq kompozitor barcha janrlarda asarlar yozdi, va ularga 
ijodining keyingi bosqichlarida yana qaytdi. Shu bois 
А.S.Dargomijskiy vokal ijodining asosiy janrlariga eʼtibor qaratish 
bilan cheklanish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, 
А.Dargomijskiy vokal musiqasining asosiy 
janrlariga quyidagilar kiradi: lirik romans, romans-monolog, ballada, 
rus qo‘shig‘i, lo‘lilar qo‘shig‘i, rechitativ-sahna, sharqona romanslar, 
hajviy qo‘shiq-portret, dramatik monolog. 
Lirik romans. Ushbu janr nisbatan keng tarqalgan, bunga sabab, 
А.S.Dargomijskiyning ajdodlari va zamondoshlari bu janrda ko‘proq 
yozgan edilar. Bunga Yevropada romantizm tendentsiyasining 
tarqalishi ham taʼsir ko‘rsatdi, unda birinchi planga aynan lirik 
62 


mavzuiylik chiqadi. Kompozitor bu janrga butun ijodiy yo‘li 
davomida murojaat etadi. Zero, uning ilk romanslaridayoq uslubidagi 
yorqin individuallik namoyon bo‘ladi.
А.S.Dargomijskiy birinchilardan bo‘lib, jo‘rnavozlikka eʼtibor 
qaratdi va jo‘rlikning ifodaviy hamda tasviriy funktsiyalarini 
kuchaytirdi, va bu asnoda melodik asos hukmronligini saqlab qoldi. 
Kichik romanslar, ammo ularda qancha hissiyot va ruhiy bosim 
jamlangan. Kompozitor tomonidan 
А.S.Pushkin sheʼrlariga ko‘plab 
romanslar yozilgan. Matnda u kuychanlikni topdi, yana shunga urg‘u 
berdiki, muayyan satr va iboralar takrori tez-tez uchraydi, ammo bu 
asnoda musiqa o‘zgaradi, bu ko‘proq yangi shakllantiruvchi omil, 
aynan band-variatsion shaklli romantik qo‘
shiq janri anʼanalarining 
taʼsiridir (“O‘smir va qiz” romansida “Sokin ko‘z yoshlari to‘ka”).
40-yillarda 
А.S.Dargomijskiy o‘zining eng ommalashgan Del`vig 
so‘zlariga yozilgan “Men sevib qoldim, go‘zal qiz”, “O‘n olti yil” 
kabi romanslarini yaratdi. Ularning barchasi M.Glinkaning aksariyat 
romanslari kabi lirik bo‘lsa-da, ammo ular o‘rtasida katta farq bor. 
А.S.Dargomijskiy mazmunga katta ahamiyat beradi, va o‘zining 
bosh shiori “Haqiqatni istayman”ga rioya qilib, musiqiy vositalar 
orqali maksimal darajada real asarlar yaratadi. 
Shunday ekan, kompozitor romanslarining ko‘plab tadqiqotchilari 
А.S.Pushkinning “Tungi shabada” (“Nochnoy zefir”) sheʼriga 
bastalangan asar – bu ikki sevishgan ishtirokidagi kichik sahna 
bo‘lib, unda individualizatsiya metodi qo‘llaniladi (bolero-qiz va 
menuet-yigit). Bundan tashqari, kompozitor teatrlashtirilgan asar 
63 


yaratishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa mazkur janrdagi keyingi 
namunalar uchun anʼanaga aylandi. Uning hajman kichik (bor-yo‘g‘i 
50 takt) durdonasi “Men sizni sevar edim” (“Ya vas lubil”) ni 
mohiyatan yirik shaklli asarlar bilan taqqoslash mumkin, masalan 
kompozitorning “Suv parisi” operasi bilan.
Ushbu romans haqli ravishda rus romansining xazinasiga 
mansubdir. U band shaklida yozilgan bo‘lib, ohang-iboralar oxirida, 
“ilohim siz boshqalarga suyukli bo‘ling” so‘zlarida go‘yoki noaniqlik 
tuguniga tugiladi. Ijrochilar har bir bandga o‘z his-tuyg‘ularini 
qo‘
shib kuylaydilar. Kuyning deklamatsion toifasi, vazmin surʼat, 
“bezor qilmaydigan”, deyarli gitara jo‘rligi foni muhabbatning 
romantik tuyg‘ulari va bir tomonlama sevgining yashirin alamlarini 
yetkazib beradi. 
А.Dargomijskiy o‘zining ishqiy lirikasida 
umumlashtirish metodidan uzoqlashib, kuy va jo‘rlikning ifoda 
vositalarini kuchaytiradi. Ushbu romans o‘z xususiyatlari bilan 
Shubert va Shumanning romantik qo‘shiqlarini yodga soladi.
Аleksandr Dargomijskiy vokal musiqasining yangi janrlarini 
hosil qilishda asl novatorga aylandi. Romansdagi monolog janri 
aynan unga tegishlidir. Uning bu janrda yaratgan, Yu.M.Lermontov 
sheʼrlari bilan kuylanuvchi ikkita mashhur romansi bor: “Ham 
zerikarli, ham mahzun”(“I skuchno, I grustno”) va “Men 
mahzunman” (“Mne grustno”). Shuningdek, ushbu ikki romansni bir 
64 


tomonlama muhabbat, orzu va reallik hamda ijtimoiy notenglikning 
o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilishini aks ettiruvchi romantik mavzuli 
asarlar sirasiga kiritish mumkin. Kuyda – bu qo‘shiq toifasining 
deklamatsionlik unsurlari bilan o‘zaro mutanosibligi, jo‘rlikning 
yengil to‘lqinsimon fakturasi, matn pauzalari ajratib ko‘rsatilgan 
ritmizatsiya tamoyillaridir.
А.S.Dargomijskiy lo‘licha romanslarning birinchi asos solgan 
kompozitorlaridan bo‘lib, bunday asarlar orasida eng mashhurlari – 
bu “Van`ka-Tan`ka” (ikki ovozlik uchun aranjirovka) va 
“Do‘ndiqcha-qizcha” (“Dushechka devitsa”) qo‘shiq-sahnasi bo‘lib, 
unda naqarotiga xor qo‘shiladi. Kompozitor bu aranjirovkalarida 
lo‘licha ijrochilik manerasi va xususiyatlarini maksimal darajada 
yetkazib beradi, ular orasida “gitaraning spetsifik jo‘rligi” va avj 
zonalarda ovozni “zo‘riqtirib” kuylashni tinglash mumkin. Bundan 
tashqari, kompozitor o‘
zining baʼzi romanslarida, yaʼni tuyg‘ularni 
hissiyotga berilib ifodalash zarur bo‘lgan joylarda lo‘licha xonish 
unsurlaridan foydalanadi, masalan, “Men ahmoq, hanuz uni 
sevaman”, “Hech kimga aytmayman”. 
А.Dargomijskiyning vokal asarlar yaratgan ko‘plab 
zamondoshlari rus qo‘shiq janriga murojaat etgan. Shu tariqa, uning 
o‘zi ham o‘z so‘zlari bilan kuylanadigan talaygina qo‘shiqlar 
yaratgan. 
Аynan shu qo‘shiqlarda, ijtimoiy-fosh qiluvchi mavzuga 
murojaat etish, oddiy xalq hayoti va turmushini tasvirlashda 
kompozitor va shoirlik iqtidori namoyon bo‘ladi. Kompozitor 
yaratgan qo‘shiqlar orasida mashhur shoir 
А.Kol`tsov sheʼrlariga 
65 


yozilgan asarlar ham bor. Ulardan “Men sham yoqaman”, “
Аqlsiz, 
xursandchiliksiz”, “Oh, sekin, sekin, sekin” kabi qo‘shiqlar ayniqsa 
mashhur bo‘ldi. 
А.S.Dargomijskiy ham shahar, ham qishloq 
folkloridan birdek foydalanadi, bundan tashqari ayrim qo‘shiqlarda 
dehqoncha xonish unsurlari o‘ziga xos cho‘zilgan “ingrovchi” 
ohanglar va minor ladi orqali ifodalangan (“Bezgak”, “Erim tog‘ 
tagidan qanday keldi”). 
U vokal musiqasida yangi xalq-maishiy sahna janrining 
asoschisiga aylandi. XIX asrning 50-yillarida tanqidiy realizm 
yo‘nalishining tarqalishi, adabiyotda ijtimoiy-fosh qiluvchi 
mavzuiylikning kuchayishi sabab, aynan 
Аleksandr Dargomijskiy 
vokal musiqasida o‘zining kichik durdonalarini yaratdi. Shunday 
yorqin asarlardan biri 
Аleksandr Pushkin sheʼriga bastalangan 
“Tegirmonchi” (“Mel`nik”) qo‘shig‘idir. Ko‘z oldimizda kundalik 
hayotdan odatiy manzara gavdalanadi. 
Tegirmonchi tun qorong‘usida mast holda keladi, uni xotini 
kutib oladi, bu paytda uning mehmoni bor edi, bu esa eri uchun 
mutlaqo kutilmagan vaziyat bo‘ladi, u xotinini boshqa erkak bilan 
tutib oladi (“Tegirmonchi tunda qaytdi... Jenya, bu kimning 
etiklari?”). Har qanday aqlli xotinlar kabi u vaziyatdan chiqish 
yo‘lini izlaydi (“Bu chelakku...”). Bu kichik qo‘shiq bir ovozda 
kuylansa-da, unda bir nechta ishtirokchi qatnashadi: kompozitor er-
66 


xotinning dahanaki jangini ifodalaydi, va bularning barchasi muallif 
so‘zlarini “izohlaydi”. Mazkur qo‘shiqda akkompanementning 
tasviriy roli kuchaytirilgan, u mast holdagi erning muntazam 
qoqilishi, xotinining tez aytish unsurlari qo‘shilgan ming‘irlashlari, 
baqiriqlarini ifodalaydi (jo‘
rlikning surʼati va fakturasi, fermata, 
pauzalar 
o‘zgaradi). Kompozitor qo‘shiqni kichik iborali 
sahnachalarga bo‘ladi, bu bilan go‘yoki inson suhbatining ayni 
vaziyatdagi barcha nyuanslarini yetkazib beradi.
А.S.Dargomijskiy vokal ijodining novatorligi yana bir janrda 
namoyon bo‘ladi, u kompozitor ijodining so‘nggi davrida ayniqsa 
yorqin namoyon bo‘ladi. Bu hajviy qo‘shiq, unda ijtimoiy-fosh 
qiluvchi matnosti birinchi planda turadi. Shubhasiz, bunda 
mamlakatdagi siyosiy voqealar, g‘arbiy yevropa romantizmining 
taʼsiri, va kompozitorning shaxsiy qarashlari aks ettirilganki, u o‘z 
ijodida atrofini qurshab turgan o‘sha hayot haqiqatlarini aks 
ettirishga intildi. Bundan tashqari, “Uchqun” guruhi shoirlari bilan 
muloqot, ularning konkret qarashlari bilan tanishuv natijasida uning 
mashhur qo‘shiqlari “Qari kapral” va “Chuvalchang” (“Chervyak”-
Beranje sheʼrlari, V.Kurochkin tarjimalari), “Nufuzli maslahatchi” 
(“Titulyarniy sovetnik”-P.Vaynberg so‘zi) ijtimoiy nohaqlikni fosh 
qiladi. 
67 


Bu qo‘shiqlarda kompozitor quyi qatlam – askar va kambag‘al 
ishchilar hayotining manzaralarini chizadi. Mazkur asarlarda ijtimoiy 
notenglik mavzusi juda ham bo‘rttirilib, oshkora yangraydi. Ular 
shaklan band-variatsion shaklda yaxlit rivojlanish tamoyillaridan 
foydalanib yozilgan. Biroq matn ham, musiqa ham mazmunni 
shunchalik haqqoniy tarzda yetkazib beradiki, tinglovchi oldida 
hayotdan olingan to‘laqonli sahnalar namoyon bo‘ladi. 
“Qari kapral”(“Stariy kapral”) – qo‘shiq-ballada, unda kapralning 
o‘z hayoti haqidagi monologi teatr sahnasi tamoyillari bo‘yicha 
tuzilgan. U rondo unsurlari bilan band-variatsion shaklda yozilgan, 
unda “Bolalar, oyoqlarga qarang, bir-ikki...” so‘zlariga aniq refren 
bor. Sheʼr matniga qarab kuy toifasi ham o‘zgaradi – 
qo‘shiqsimonlikdan rechitativ va deklamatsiyagacha, marsh ritmi 
birlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Bunda tasviriy asos roli 
ahamiyatlidir. Qo‘shiq oxirida kompozitor qatl qilish manzarasini 
miltiqlar ovozi orqali ifodalaydi. Qo‘shiq tahrirlarining birida 
kompozitor oxirida xorni ham kiritadi, bu bilan u go‘yoki opera 
sahnasining butun emotsional bosimini yetkazib berishni istaydi. 
Shuningdek, 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling