O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
partiyasiga tegishlidir. Аgar muhit yoki qahramonlarning ruhiy holatini tavsiflovchi muqaddima, yakunlovchi va bog‘lovchi toifadagi bir nechta cholg‘u tuzilmalarini hisobga olmasak, orkestr lavha (epizod)lari juda kam. Operada bir qator raqsbop sahnalar bor. Jumladan, operaning II pardasiga “Slavyancha” va “Lo‘licha” raqslar syuitasi kiritilgan, ular vokal nomerlar almashinuviga rang-baranglik qo‘shib, maishiy sahnalarni to‘ldiradi. Аleksandr Dargomijskiy orkestr partiturasida leytmotiv tamoyilidan foydalanmagan, balki uni bir nechta takrorlanuvchi kichik mavzular va yirik mavzuiy reprizalarga almashtirgan. Shunday qilib, Knyazning “Ixtiyorsiz bu g‘amli sohillarga” nomli kuyining ohanglari “Ko‘rdingmi, knyazlar erkin bo‘lmaydilar” nomli ariozoda, suv parisi – Natasha qiyofasida takrorlanadi, “chorlov mavzusi” IV pardada ikki marta, Tegirmonchi partiyasida yangraydi. IV pardadagi cholning oxirgi so‘zlarida I pardadan olingan raqsbop ohanglar eshitiladi. Аleksandr Dargomijskiy o‘z oldiga qadimgi rus koloritini yetkazib berishni maqsad qilib qo‘ymagan, uning uchun asosiysi – hayotiy dramani ochib berish edi. Dnepr manzaralari bilan bog‘liq fantastik olam talqini real olam bilan kontrastlashmaydi. Milliy kolorit kompozitor tomonidan operaning bir nechta janr sahnalarida ifodalanadi, u yerda uchta asl xalq kuylaridan foydalanilgan. Ular orasida “Shoxli echki ketmoqda” (“Idet koza rogataya”-III pardaning fantastik lavhalarida); ikkinchi asl xalq kuyi I ko‘rinishdagi 55 dehqonlar xori (“Biz tog‘da qanday qilib pivo qaynatdik”-“Kak na gore mi pivo varili”) asosida yotadi; uchinchi kuy birinchi parda oxirida, Natasha partiyasida paydo bo‘ladi va operaning o‘ziga xos fojeaviy avji hisoblanadi. Bu suiqasddan oldingi sehrlash sahnasidir (“Dnepr malikasi, sening qudratli hukmingga havola etildim”). Birmuncha yorqinlari – bu “Oh, sen, dala” xor qo‘shig‘i, II pardaning to‘y xori “Yorug‘ boloxonadagidek”, qizlar xori “Sovchi” va b.). “Suv parisi”da vokal-cholg‘u maishiy janrlar, xususan romansning roli ulkandir. Ehtimol, bu kompozitor novatorligining bir ko‘rinishidir, sababi romans janri avvalo, shahar fol ьklorini o‘zida jamlagan. Mazkur operada u anʼanaviy opera shakllarini u (opera)ning turlari bilan muvofiqlashtirgan. Knyaginya obrazining yoritilishi elegik romans janrining qo‘llanilishiga asoslangan (uning ariyasi, ariozosi). Natasha partiyasidan ayrim lavhalar ham lo‘licha romans ohanglariga bog‘liq (“Oh o‘sha davr o‘tdi, oltin davr” ariozosi). Natasha partiyasida shahar romansining boshqa turi ham aks ettirilgan – “rus qo‘shig‘i” (I pardadagi yakunlovchi bo‘lim tertsetidan “Sen yoqimli so‘zlar bilan” qo‘shig‘i). O‘zining vokal ijodida portret chizmalari ustasi bo‘lgan А.S.Dargomijskiy uchun mazkur operada asosiy obrazlar tavsifi juda muhim edi. Opera obrazlarining eng muhim xususiyati yaxlit rivojlanish, psixologik tavsiflar teranligi, va ayni paytda – individual musiqiy “portretlar” butunligi va cho‘zimdorligidir. Operadagi bosh qahramon Natasha. Obrazning ko‘p tomonlama talqini kompozitorning leytmotivlar qo‘llashdan voz kechganini 56 bildiradi. Natasha-Suv parisining musiqiy obrazi ham solo, ham ansambl ko‘rinishidagi bir qator mustaqil melodik lavhalardan shakllantirilgan. Operada Natashaning uchta solo nomeri bor: “Toshchalardan, sariq qumlardan o‘tib” qo‘shig‘i, IV pardaning birinchi manzarasidagi katta ariya-sahna va Suv parisining chaqiriqlari. Bundan tashqari, uning Knyaz yoki Tegirmonchi bilan birgalikdagi bir nechta chiqish sahnalari bor. Opera boshida uning musiqiy tavsifi lirik tonlarga asoslanadi, va uning partiyasida romans tuzilmali ravon kuylar ustunlik qiladi. Bu Knyaz bilan chiqqan sahnalarda namoyon bo‘ladi (Natashaning tertsetdagi iborasi: “Va nihoyat, sen meni eslading”, “Meni azoblashga uyalmaysanmi”). Fa minorda yangrovchi “Oh, u vaqtlar o‘tdi” nomli tertset mavzuiyligida Natashani g‘amli hissiyotlar chulg‘ab olganda dramatik rang namoyon bo‘ladi, vokal partiyasiga kuyning rechitativ-deklamatsion toifasi qo‘shiladi (I pardadagi Knyaz bilan chiqilgan sahnada “Endi hammasini tushundim. Sen uylanayapsan?”; “Sen uchun har narsaga tayyorman... oh, yo‘q, unday emas!”). Keyinchalik Natasha obrazining dramatizatsiyasi Tegirmon bilan birga chiqqan sahnada, ariozoli xonish rechitativ bilan o‘zaro almashinib kelganda yuz beradi. Kompozitor vokal partiyasidagi ifodali lahzalarni kuchaytiradi, Natasha ariozosidagi “Ey Xudo, u ketdi, meni abadiy tashlab ketdi” so‘zlarida yig‘i ohanglari eshitiladi. Operaning fantastik chizig‘i IV pardada, kompozitor qahramon qiz obrazini suv parisiga aylantigan lavhalarda yuz beradi. Natasha 57 obrazi so‘nggi manzaradagi ariyada go‘yoki ikkiga ajraladi: u hanuz sevadi (“Sen unga nisbatan nazokatliroqsan”), ammo unda o‘ch olish istagi kuchli (“Kutilgan vaqt allaqachon yetib kelgan!”). Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling