O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
XIX asr birinchi yarimidagi rus kompozitorlarining
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
XIX asr birinchi yarimidagi rus kompozitorlarining
ahamiyati. XIX asr rus musiqa tarixi madaniyati va san'atning turli xil qatlamlarini, ulkan miqdordagi badiiy intellegentsiani, rassomlar, yozuvchilar, publisistlar, faylasuflar, musiqa tanqidchilari va kompozitorlar, ijrochilar va artistlarni o‘zida jamlagan. Shubhasiz, Rossiya va xalqining jamoaviy va ijtimoiy hayotidagi ushbu barcha jarayonlar hamda o‘zgarishlar ijod ahlini chetlab o‘tmadi, zero ular birinchilardan bo‘lib, jami etdagi o‘sha o‘zgarishlarni umumlashtirib, 10 XIX asrning birinchi yarmidagi tendentsiya va yo‘nalishlarga nom berdilar. Agar Garbiy Evropada realizm badiiy yo‘nalishi 40-yillarda paydo bo‘lib, faqatgina ayrim mashhur yozuvchi va kompozitorlar ijodida sanoqli miqdorda uchragan bo‘lsa, aksari t rus madaniyati namoyondalari asarlarida esa u o‘ zining ёrqin ifodasini topdi. Shunday qilib, biz Saltikov-Shedrin, N.Gogol` , N.Chernishevskiy, N.Nekrasov, I.Turgenev, A.Dargomijskiy, M.Musorgskiy, N.Rimskiy-Korsakov asarlarida Rossiyaning oddiy xalqi ogir hayotini, uning turmush tarzini, shuningdek, turli tabaqalar hayotidagi qarama-qarshiliklarni ko‘ramiz. Ushbu mualliflar tomonidan yaratilgan ko‘plab asarlarni mutolaa qilib, musiqa san'ati klassiklarining musiqiy durdonalari bilan tanishib, biz ko‘p asrlar o‘tgachgina muayyan xulosalar qilishimiz mumkin. Agar XVII-XVIII asrlarda, hali Evropa san'ati an'analari hukmronlik qilayotgan davrda Petr I va hukumatining islohotlari sabab, Rossiya madaniyati ularni kuzatgan va tan olgan bo‘lsa, XIX asr esa evrosentrizm kishanlaridan xalos bo‘lish, va haqiqiy rus san'atining, tasviriy san'ati, musiqasi va adabiyotining yaxshi ma'noda asl qiyofasini ko‘rsatish davri bo‘ldi. Shubhasiz, bu darrov kelmadi, biz hatto Mixail Glinka ijodini sof ruscha deb ayta olmaymiz, garchi u munosib tarzda birinchi rus kompozitori deb tan olingan bo‘lsa ham. Uning operalari rus materialiga (folklor, ijrochilik xususiyatlari, an'analar va b.) tayangan holda, rus tilida yaratilgan, biroq struktura, dramaturgi xususiyatlari, opera shakllari va ularning xususiyatlari – bularning 11 barchasi italiyancha opera janrining mezonlari bo‘lib qoladiki, kompozitor ular bilan qindan tanishish uchun opera vatanida bir necha yil yashadi. Ammo shuni tan olishimiz kerakki, xoh u Glinka operalari bo‘lsin, xoh u Musorgskiy operalari bo‘lsin, ularda “ruscha” an'analar butun borligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu davrga mansub rus musiqasining butun tarixi nafaqat Glinka, balki o‘sha davrda yashab ijod etgan har bir kompozitor an'analariga tayanadi. Biroq, Mixail Glinkani yagona asoschi kompozitor sifatida o‘rganish ham butkul to‘gri bo‘lmaydi, zero uning zamondoshlari bu k kompozitorlar bo‘lib, bular eng lirik vokal janrlar yaratuvchilari - romanschilardan A.Gurilev, A.Alyab` ev, A.Varlamov, opera kompozitorlaridan A.Verstovskiy va V.Serovlardi. Mixail Glinka shunday mashhur musiqachilar va kompozitorlar bilan bir davrda yashadiki, o‘z navbatida ular uning o‘ziga ta'sir o‘tkazdilar. Ularning har biri jahon musiqa madaniyatida o‘z izini qoldirdi. Shuningdek, A.Gurilev, A.Varlamov va A.Alyab`evlarni ham rus musiqasi asoschilari qatoriga qo‘shish mumkin. Ular romans janri durdonalaridan tashqari, operalar, baletlar va kamer- cholğu asarlari ham yozganlar. Biroq, ularning hammasi ham bir taqdirli emas, barchasi ham zamondoshi Glinka singari oliy tabaqaga mansub emas di. Bu kompozitorlarning barchasi bir davrda yashagan bo‘lsalar-da, ammo ularning ijodi har birining shaxsiy hayoti va qismati haqiqatlarini aks ettirgan. Ehtimol, XIX asr Rossiya musiqa san'atining xususiyati ham shundadir, u hayotiy haqiqatni ko‘rsatishdan iboratdir. Bu ko‘plab 12 rus kompozitorlari ijodida hal qiluvchi yo‘nalishga aylandi, tanqidiy realizm va uning asosiy ijtimoiy-fosh qiluvchi mavzusi M.Glinkaning yana bir zamondoshi – A.Dargomijskiy, keyinchalik M.Musorgskiy ijodida o‘z aksini topdiki, ular uchun hayot haqiqatlarini aks ttirish ishtiyoqi ijodlarining bosh goyasi edi (“Haqiqatni istayman, u qanchalik achchiq bo‘lmasin” deb M.Musorgskiy aytgan). M.Glinka hayoti va ijodining birinchi tadqiqotchisi, musiqiy tanqidchi V.Stasov sharofati bilan u rus kompozitorlik maktabining asoschisi, ruscha kuy va ritmlarga tayangan ilk rus operalari va simfonik asarlari yaratuvchisi sifatida tan olindi. Tanqidchi V.Stasov birinchi bo‘lib rus kompozitorlari va rus yozuvchilari o‘rtasida muqo salar olib boradi, Pushkin va Glinkani o‘zaro taqqoslaydi. U sabab, biz hozirgacha bu holatni shunday deb hisoblaymiz. Biroq, vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi, ya'ni kim birinchi, va nima uchun birinchi ekanligini aniqlash imkonini beradi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling