O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
XIX asr rus kompozitorlik maktabining shakllanishi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
XIX asr rus kompozitorlik maktabining shakllanishi.
Mixail Ivanovich Glinka – kompozitorlik maktabining asoschisi. XIX asrning birinchi yarmi kompozitorlik maktabining eng yorqin namoyandasi Mixail Ivanovich Glinkadir (1804-1857). U Smolensk guberniyasining Novospassk qishlog‘ida zamindorlar, o‘tmishda uzoq qarindosh bo‘lgan familiyadoshlar Ivan Nikolayevich va Yevgeniya Andreevna Glinkalar oilasida tug‘ilgan. Qishloq sharoitidagi beg‘ubor bolalik, mahalliy krepostnoy dehqonlarning bolalari bilan o‘ynash, mahalliy cherkov qo‘ng‘iroqlarining jarangi ostida dehqonlarning diniy qo‘shiqlarini tinglash, bularning barchasi kelajakda uning musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini belgilab berdi. Bundan tashqari, Mixail o‘z amakisi Аfanasiy Аndreevich Glinka qarorgohida tez-tez bo‘lib, u yerda krepostnoy musiqachilar orkestrining ijrosiga qiziqib qolgan edi. U 11 yoshga to‘lganda skripka va fortepianodan saboq ola boshladi, ammo bu havaskorlik qiziqishi bo‘lib, bo‘lajak kompozitor qalbida aynan shu davrda o‘z hayotini musiqaga bag‘ishlashdek jiddiy maqsad uyg‘ongan edi. Uning musiqachi sifatida shakllanishidagi keyingi bosqich 1818- yil Peterburgda Bosh pedagogik institut huzuridagi Oliyjanob deb atalmish pansionda А.S.Pushkinning ukasi Lev bilan birga o‘qigan davri bo‘ldi, uka esa keyinchalik do‘stini mashhur akasi Аleksandr bilan tanishtiradi. Mazkur pansionda bo‘lajak dekabrist V.Kyuxelbeker rus adabiyotining muhim xususiyatlaridan dars berar edi. M.Glinka o‘qish bilan parallel ravishda (dastlab ingliz 27 kompozitori Jon Filddan, u Moskvaga ketgach esa uning o‘quvchilari Oman, Seyner va Sh.Mayrlardan) fortepiano chalish sabog‘ini olar edi. M.Glinka pansionni 1822 yilda yaxshi baholarga tamomladi. Bitiruv kunida esa Gummelning fortepiano kontsertini yig‘ilganlar oldida muvaffaqiyatli ijro etdi. Pansionni bitirgandan so‘ng uning mustaqil hayoti boshlandi. Ota- ona tomonidan taʼminlangan, yashash uchun pul topish ehtiyoji bo‘lmagan yosh yigit armiya xizmatiga borish haqida o‘ylar edi. Biroq, u sog‘lig‘ining zaifligi sabab, 1823 yilda Kavkaz mineral suvlariga davolanish uchun boradi, so‘ngra Novospasskka jo‘naydi, u yerda esa amakisining kichik orkestrini boshqaradi, uning qalamiga mansub ilk orkestr musiqasi namunalari o‘sha paytda yozilgan edi. M.Glinka 1824 yilda xabar yo‘llari Bosh boshqarmasiga kotib yordamchisi bo‘lib ishga kiradi, u yerda ko‘p ishlamay 1828 yilning iyunida isteʼfoga chiqadi. Аynan o‘shanda u musiqa va romanslar yaratish hayotida muhim o‘rin tutishini tushunadi. Birin-ketin uning mashhur romanslaridan “Qashshoq xonanda” (“Bedniy pevec”- V. А.Jukovskiy so‘zi, 1826), “Mening oldimda kuylama go‘zal” (“Ne poy, krasavica pri mne”- А.Pushkin so‘zi, 1828) yaratiladi. Ilk ijod davrining eng sara asarlaridan biri – bu elegiya janrida yozilgan “Meni zaruratsiz avrama” (“Ne iskushay menya bez nujdi”-1825) romansidir. 20-yillar oxirida M.Glinka asarlarining birinchi nashri bosmadan chiqdi – bu boshqa mualliflar bilan birgalikda yaratilgan “Lirik albom”dir. M.Glinka professional musiqa bastalash uchun unga bilim 28 zarurligini tushunar edi. Shu bois u Germaniya va Italiya davlatlariga boradi. Italiyada mashhur kompozitorlar Bellini va Donicetti bilan tanishib, partitura, uslub va belkantoni o‘rganadi. U Italiyada to‘rt yil yashab, so‘ngra Germaniyaga ketadi, u yerda esa Zigfrid Dendan kompozitsiya, garmoniya va cholg‘ulashtirishni o‘rganadi. Kutilmaganda M.Glinkaning otasi vafot etib, u o‘qishini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Yevropa madaniyatini yaxshiroq tanishish maqsadida uning mamlakatlari bo‘ylab uzoq davom etgan sayohatdan so‘ng M.Glinka Rossiyaga qaytib, Peterburgga joylashadi. Shoir Jukovskiy kechalariga tashrif buyurib, u yerda N.V.Gogol`, P. А.Vyazemskiy, V.F.Odoevskiy va boshqalar bilan tanishadi. Kompozitor Jukovskiyning Ivan Susanin syujetiga opera yozish xususida bergan g‘oyasi bilan qiziqib qoladi, bu haqda u o‘smirlik chog‘idayoq K.F.Rileevning “Duma” asarini o‘qib bilgan edi. Teatr direktsiyasining talabi bo‘yicha “Podshohga baxshida umr” deb nomlangan bu asar taqdimoti 1836 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tdi va bu sana rus qahramonona-vatanparvarlik operasining tug‘ilgan kuni bo‘lib qoldi. Spektakl katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi, unda podshoh oilasi va Glinkaning ko‘plab do‘stlari orasida А.S.Pushkin ham bor edi. Opera taqdimotidan ko‘p o‘tmay M.Glinka Saroy kapellasiga rahbar etib tayinlandi. 1835 yilda u M.P.Ivanovaga uylanadi. Bu nikoh o‘ta omadsiz bo‘lib, kompozitor hayotini ko‘p yillar g‘amga botirdi. 1836 yilda А.S.Pushkinning o‘limidan sal avval M.Glinka 29 unga “Ruslan va Lyudmila” syujeti asosida opera yaratish bo‘yicha murojaat qilgan edi. Аmmo shoirning o‘limi opera ustida ishlashni ikki yil ortga surdi, va asar taqdimoti 1842 yil 27 noyabrda Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Bu opera novatorlik tendentsiyalari sabab ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, biroq ilg‘or madaniyat arboblari asarni katta hayrat bilan qarshi oldilar. “Ruslan va Lyudmila” operasi namoyishlaridan biriga tashrif buyurgan Ferenc List M.Glinkaning nafaqat bu operasini, balki uning rus musiqasidagi rolini juda yuksak baholagan edi. 1838 yilda M.Glinka А.S.Pushkinning mashhur sheʼridagi qahramon ayolning qizi Yekaterina Kern bilan tanishadi, va unga o‘zining “Vals-fantaziya”s i (1839) va Pushkin sheʼriga bastalagan “Men mo‘ ʼjizaviy lahzani eslayman” (“Ya pomnu chudnoe mgnoven`e”-1840) kabi go‘zal romansini bag‘ishlaydi. Oldinda safarlar bor edi, shunday qilib, 1844 yil bahorda M.Glinka yangi sayohatga chiqadi. U bir necha kun Berlinda bo‘lib, so‘ngra Parijda to‘xtaydi, u yerda Glinkaning bir nechta asarlarini o‘z kontsert dasturiga kiritgan Berlioz bilan uchrashadi. Ularning zimmasiga tushgan muvaffaqiyat kompozitorni Parijda shaxsiy asarlaridan tuzilgan xayriya koncerti berishga undadi, va bu 1845 yil aprelda amalga oshdi. Koncert katta muvaffaqiyat qozondi. 1845 yil may oyida M.Glinka Ispaniyaga otlandi va u yerda 1847 yilning o‘rtalariga qadar yashab qoldi. Ispaniya taassurotlari kompozitorning ikkita ajoyib orkestr p`esalariga jo bo‘ldi: bu “ Аragoncha xota” (1845) va “Madridning yozgi tun haqidagi 30 xotiralar”dir. 1848 yili kompozitor bir necha oyni Varshavada o‘tkazadi, u yerda “Kamarinskaya” yozildi, bu asar haqida P.I.Chaykovskiy shunday degan edi: “Unda xuddi yong‘oq ichidagi eman kabi butun rus simfonik musiqasi jamlangan”. M.I.Glinka 1851-1852 yillar qishini Peterburgda o‘tkazib, u yerda madaniyatning bir guruh yosh vakillari bilan tanishdi, 1855 yilda esa keyinchalik “Yangi rus maktabi” (yoki “Qudratli to‘da”)ning rahbari bo‘lgan M. А.Balakirev bilan uchrashdi, u Glinka joriy etgan anʼanalarni ijodiy rivojlantirdi. 1852 yilda kompozitor yana bir necha oyga Parijga ketadi, 1856 yildan esa Berlinda yashab, 1857 yil fevralda o‘sha yerda vafot etadi va Lyuteran qabristoniga dafn etiladi. O‘sha yilning may oyida uning hoki Peterburgga ko‘chirilib, Аleksandr Nevskiy mozoriga qo‘yiladi. 50-chi yillarda Glinkaning atrofiga bir guruh hamfikrlar, uning sanʼati targ‘ibotchilari to‘planadi, ular orasida А.N.Serov, V.V.Stasov, А.S.Dargomijskiy, M.А.Balakirev bor edi. Bu yillarda “Taras Bulba” simfoniyasi va “Ikki erli xotin” operasining g‘oyalari yuzaga keladi, biroq ular qoralama holida qolib ketadi. 1856 yilda Berlinda bo‘lgan Glinka o‘tgan asrlar polifoniyasi xususiyatlarini chuqur o‘rganadi. U rus polifoniyasi asosini tashkil etgan znamen kuylaridan foydalangan holda, rus kontrapunktining original tizimini yaratish xususida o‘ylar edi. Ko‘p o‘n yilliklar o‘tgandan so‘ng Glinka tomonidan o‘ylangan g‘oyalar S.I.Taneev, S.V.Raxmaninov va yangi asrning boshqa kompozitorlari tomonidan amalga oshirildi. 31 Mixail Ivanovich Glinkaning ijodiy yo‘li – bu rus milliy madaniyatining aql bovar qilmas darajada yuksalishidan dalolatdir. А.S.Pushkin rus adabiyoti rivojida qanday o‘rin tutsa, M.I.Glinka ham xuddi u kabi rus musiqasida yangi tarixiy davr asoschisi sifatida yuzaga chiqdi: uning asarlari rus musiqa madaniyatining umummilliy va jahon ahamiyatiga molik ekanligini belgilab berdi. M.I.Glinka ijodi teran milliylikka ega: u rus xalq qo‘shiqlari negizidan unib chiqqan, qadim rus xor sanʼati anʼanalarini o‘ziga singdirgan bo‘lib, unda XVIII-XIX asrlar rus kompozitorlik maktabining yutuqlari yangi qiyofada qayta yaratildi. Rus klassik musiqasining asoschisi bo‘lgan Glinka musiqadagi xalqchillikning yangi tushunchasini belgilab berdi. U rus xalq musiqasining xarakterli qirralarini umumlashtirib, o‘z operalarida xalq qahramonlari, rivoyat-epos va xalq ertaklari olamini ochib berdi. M.I.Glinka nafaqat folklorga (o‘zining katta zamondoshlari А.А.Аlyab`ev, А.N.Verstovskiy, А.L.Gurilev va boshqalar kabi), balki o‘z asarlarida qadimiy ladlar, ovoz yo‘nalishi xususiyatlari va xalq musiqasi ritmlaridan foydalanib, qadimiy dehqonlar qo‘shig‘iga ham eʼtibor qaratdi. Аyni paytda, uning ijodi ilg‘or g‘arbiy-evropa musiqa madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Uning ijodini Vena klassik maktabi anʼanalarisiz, ayniqsa V. А.Motsart va L.Betxoven hamda romantizm davri yutuqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. M.I.Glinka estetikasi uchun А.S.Pushkin davri rus realistik sa nʼatining ilg‘or badiiy tendenciyalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, biz uni rus kompozitorlik 32 maktabining asoschisi, deb atashimiz mumkin, boshqa tomondan esa M.I.Gl inka ijodi har jihatdan yevropacha anʼanalar va asosiy janrlarga tayanadi. M.I.Glinka ijodida deyarli barcha asosiy musiqiy janrlar, avvalo opera o‘z ifodasini topgan. “Podshohga baxshida hayot” hamda “Ruslan va Lyudmila” rus operasida klassik davrni ochib berdi va uning asosiy yo‘nalishlariga poydevor qo‘ydi: bu xalq musiqiy dramasi va opera-ertak, opera-bilinalardir. M.I.Glinkaning novatorligi musiqiy dramaturgiya sohasida ham namoyon bo‘ldi. Shunday qilib, uning operalarida opera partiturasining yaxlit simfonik rivoji namoyon bo‘ladi, u birinchi bo‘lib sahnadagi so‘zlashuv dialogidan voz kechdi. M.I.Glinkaning aynan shu ikki operasi XIX asr Rossiya opera sanʼati rivojini avvaldan aniqlab, ularning janr o‘ziga xosligini belgilab berdi. Har ikki opera uchun qahramonona-vatanparvarlik yo‘nalishi, keng epik tuzilma va xor sahnalarining mahobatliligi ularning o‘zaro umumiy jihatlaridandir. “Podshohga baxshida hayot” dramaturgiyasida yetakchi rol xalqqa tegishlidir. M.I.Glinka Susanin obrazida rus xarakterining eng yaxshi sifatlarini ifodalab, unga real hayotiy qirralar baxsh etdi. Kompozitor Susaninning vokal Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling