O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
(1799-1862) muhim o‘rin tutadi.
Aleksey Verstovskiy turli janrlarda katta miqdordagi musiqiy-sahnaviy asarlar yaratgan taniqli rus kompozitori bo‘lib, u A.Pushkin bilan bir yilda tugilgan. U o‘ziga to‘q oiladan bo‘lib, uning buvasi va otasi xarbiy edilar. Bo‘lajak kompozitor oilasi krepostnoy musiqachilardan tarkib topgan o‘z orkestriga ega bo‘lib, bu yosh Alekseyning musiqiy qiziqishlari shakllanishiga ta'sir ko‘rsatdi, albatta. Uning ota-onasi musiqaga nihoyatda ixlosmand insonlar bo‘lib, shunga ko‘ra, ularning farzandlari ham bolalik choglaridanoq fortepiano chalib, konsertlarda chiqishlar qilar edilar. Ammo, o‘ sha davrning aksari t ёrqin kompozitorlari maqsadli ravishda oliy musiqa o‘quv yurtlarini 24 tamomlmagan, sababi u vaqtlarda Rossiyada maxsus oliy o‘quv muassasalari yo‘q edi. A.Verstovskiy 17 yoshga to‘lganda ota-onasining xohishiga ko‘ra, Peterburgdagi temir yo‘l muhandislari Institutiga o‘qishga kiradi, biroq, u erga faqat bir yil chidaydi. Shundan so‘ng uni teatrga bo‘lgan qiziqish o‘ziga jalb etadi, va u mashhur dramaturglar, yozuvchilar, musiqachilar bilan tanishib, dastlab kichik asarlar – ya'ni vodevillar, kichik dramatik asarlar yaratadi. V.Odoevskiy, A.Pushkin, A.Griboedov bilan tanishuv va muloqotlar, unga sahnaviy janrlarga musiqa yozishga qiziqishni uyğotdi. U 20- yillarning o‘rtalaridayoq 25 dan ziyod vodevillar muallifi edi, bundan tashqari u juda ko‘plab romanslar, qo‘shiqlar, band va balladalar (jami 300dan ziyod) yozdi. Uning kichik teatr tashkilotida rahbarlik lavozimida ishlashi ko‘plab mashhur mualliflarni ha jonlanishga majbur qilgan. Jumladan M.Glinkani ham, sababi teatr sahnasidagi ko‘ plab spektakllar namoyishi unga boğliq edi. Aleksey Verstovskiy o‘zining “Pan Tvardovskiy” (1826) va “Askolning qabri” (1835) kabi operalari sabab, kompozitor sifatida tanildi, aytish joizki, uning operalari orasida, yanada yorqinlari ham bor edi. Bunda kompozitor o‘tgan asrda ommalashgan, rus xalq qo‘shiqlari va raqsbop kuylariga tayangan qo‘shiq operasining barcha atributlarini qo‘llaydi. A.Verstovskiy gayrioddiy dekoratsiya va kostumlarga ega effektli sahnalarga intilgan. Biroq, garbiy opera ta'siri nihoyatda ulkan edi, unda o‘sha paytda romantik an'analar va musiqiy-ifodaviy vositalarning mos keluvchi o‘zgarishlariga ega semantika faol namoyon bo‘lgan. Mixail Glinka operalarining 25 muvaffaqiyoti esa ko‘p jihatdan o‘sha davrda rus musiqasi an'analari, tarixiy dalillar, rus tarixiy arboblari va qahramonlari obrazlari bilan bogliq rus milliy operasini ratish xususidagi e'tiroflar sabab edi. Shu tariqa, M.Glinkaning opera san'ati, umuman butun ijodi ko‘p jihatdan o‘sha davrning nufuzli ko‘rsatmalariga javob berar edi. Verstovskiy 6 opera yaratdi, ular orasida eng mashhuri Mixail Zagoskiyning syujeti asosida yaratilgan “Askoldning qabri” va 30- dan ortiq opera-vodevillar. U vokal musiqasi sohasida novator edi, uning balladalari yoki dramatik kantatalar ko‘p jihatdan romantik kompozitorlarning asarlariga o‘xshaydi. Tanqidchi B. Asaf`ev Verstovskiyni vocal asarlarini romantik kompozitorlariga yaqin deb hisoblagan. Verstovskiyni “Askoldning qabri” operasi Glinkaning “Ivan Susanin” operasidan bir yil oldin yaratilgan (1835), va uning o‘rni rus opera san`atida juda muhimdir. Shunday qilib, rus operaning rivojlanishi M.Glinka operalari yaratilishidan ancha oldin boshlanganva quyidagi xususiyatlarga ega edi deb taxmin qilish mumkin. Bir tomondan, italyan operasining an'analari hali ham kuchli edi, yani nemis romantik operasining belgilari kirib kela boshladi. Boshqa tomondan, rus folklor manbalariga asoslangan milliy operani yaratish istagi, oddiy xalqning obrazlariga qiziqish, tarixiy voqealar va rus yozuvchilarining asarlari rus operasining XIX asr 30-40 yillarda birinchi namunalarini yaratishga olib keldi. 26 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling