O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vladimir Vasilevich Stasov (1824-1906)
Serov (1820-1871) muhim o‘rin egallaydi, uning ijodi rus musiqasi
rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan. U dastlab o‘zining musiqiy asarlari sabab mashhurlikka erishdi: bular uchta opera, ikkita 18 kantata, orkestr va kamer-cholgu asarlari, xalq namunalarining qayta ishlanmasi va spektakllar uchun musiqalardir. Uni asta-sekin musiqiy-tanqidchilik faoliyati o‘ziga jalb eta boshlaydi, V.Stasov bilan tanishgach e sa u bu soha bilan jiddiy shuğullanadi va haqli ravishda birinchi rus musiqashunoslaridan biriga aylanadi. Bo‘lajak kompozitor va musiqiy tanqidchi Aleksandr Serov yirik amaldor oilasida dunyoga keladi, uning otasi farzandining san'at va musiqa ijrochiligiga bo‘lgan qiziqishini dastlab ragbatlantirgan bo‘lsa, o‘gli o‘zini to‘liq musiqaga bagishlagach sa unga har qanaqasiga qarshilik ko‘rsatadi. Ammo baribir Aleksandr Serov “Huquqshunoslik bilim” yurtini tamomlaydi va 40-yillarda turli muassasalarda yurisprudentsiya sohasida ishlaydi. Biroq uning fikru-hayolini musiqa san'ati egallagan edi. O‘sha davrda barcha musiqa ixlosmandlari uchun katta muammo – bu Rossiyada birorta ham musiqa bilim yorti va professional musiqiy ta'lim olish imkoni tining yo‘qligi edi. Buni A.Serov ham sezgan. U I.Bax, L.Betxoven, V.A.Motsart asarlarini fortepiano uchun moslashtirish bilan shugullana boshlaydi, bu uning uchun mustaqil ta'lim bosqichlaridan biri edi. Uni N.Gogol` sujeti asosida opera yozish goyasi o‘ziga jalb etgan bo‘lsa-da, ammo uning “May tuni” (“Mayskaya noch”)operasi baribir tugallanmay qoldi. U opera janriga keyinroq yana murojaat etadi, va italyan yozuvchisi Jakometti p` esasi asosida “Yudif ” , qadimgi rus sujeti asosida “Rogneda” va A.Ostrovskiy p`esasi asosida “Dushman kuchi” kabi operalar yozadi. Uning operalari taqdimoti Peterburgdagi Mariinskiy teatrida katta muvaffaqiyt bilan 19 o‘tadi. Ko‘plab tanqidchilar bu asarlarda sujet va dramaturgiyaning gayrioddiyligi, musiqiy-ifodaviy vositalar topilmasi sabab R.Vagner ijodining ta'sirini ko‘radilar. Aleksandr Serov taniqli shaxs edi, u tadqiqotchi va tanqidchining iste'dodini birlashtirdi, ammo uning asosiy maqsadi kompozitorlik faoliyatida edi. Serovning musiqachi sifatida shakllanishiga uning Glinka va Dargomijskiy bilan tanishishi ta'sir qildi. Ularning ijodi uni befarq qoldirmadi: u birinchilar qatorida nafaqat rus kompozitorlar faoliyati, yutuqlari, balki kamchiliklari haqida ham gapirdi. A.Serov 50-60-yillarda tanqidiy maqolalar yozadi, uni musiqiy ta'lim masalalari, xorijiy kompozitorlar ijodi, shuningdek, Glinka va “Qudratli to‘da” kompozitorlarining ijodi band qilgan edi, uning ijodiy jamoa bilan munosabatlari yaxshi emasdi, va bu kunda aloqalarni butkul uzishga olib keldi. Shundan so‘ng u V.Stasov bilan munosabatlari uzulub qoladi. Uning musiqiy tanqidchi sifatida mashhurligi tobora kompozitorligidan ustun bo‘la boshlaydi. V.Stasov kabi A.Serovning rus musiqiy-tanqidchilik ilm-fani rivojidagi hissasi ulkan, uning mehnatlari sabab kompozitorlar ijodi darhol munosib baholanar, targib etilar, va nafaqat Rossiyada, balki chet ellarda ham mashhurlikka ega bo‘lar edi. XIX asr Rossiyasining musiqa madaniyatini rivojlantirishda tanqidchi Vladimir Vasilevich Stasov (1824-1906) katta rol o‘ynaganligini ta'kidlash kerak. Rossiyada musiqiy tanqidning shakllanishi Stasov nomi bilan bogliq. Uni barcha rus kompozitorlarining musiqa tanqidchisi deb atashgan. Stasov chet 20 ellik mualliflarning ham, rus kompozitorlarni ham ko‘plab opera asarlarining tanqidchisi bo‘lgan. Jumladan, Ferents List va Gektor Berlioz haqidagi birinchi maqolalar yozgan. U Rossiyada Yevropa musiqasini, chet ellarda rus musiqasining targ‘ibotchisi bo‘lgan. Keyinchalik nomini bergan bir guruh yosh musiqachilarning mafkuraviy ilhomlantiruvchisi edi. Bu beshta kompozitorlarni o‘z ichiga olgan "Qudratli to‘da" deb nomlangan edi. A.Serov va V.Stasov o‘z davrlarining ilg‘or namoyandalari edilar, ularsiz, ehtimol Rossiya madaniyati boshqacha rivojlangan bo‘lar edi. Yana bir taniqli rus kompozitori, pianinochi va dirijor Nikolay Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling