O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aleksandr Dargomijskiy ijodi
Savol va topshiriqlar:
1. Rus kompozitorlik maktabining yaratilishiga nima zamin bo‘lgan? 2. M.I.Glinka ijodining asosiy davrlarini sanab bering. 3. M.I.Glinka simfonizmining asosiy tamoyillarini ayting. 4. M.I.Glinka simfonizmining axamiyati. 5. Аsosiy asarlar tahlili keltirilgan jadval to‘ldiring. Aleksandr Dargomijskiy ijodi Аleksandr Sergeevich Dargomijskiy (1813-1869) ijodi rus musiqa madaniyatidagi yangi kashfiyotlar bilan bog‘liq. U Rossiyada badiiy- madaniy hayotning adabiyot, tasviriy sanʼat va musiqada aks etgan demokratizatsiyasi asta-sekin yuz berayotgan davrda yashadi. Rus yozuvchilari ijodida fosh qiluvchi yo‘nalishi kuchaytirilgan tanqidiy realizm metodi mustahkam o‘rin egallay boshladi. Aleksandr Pushkin, Mixail Lermontov, Nikolay Gogol` – yosh Dargomijskiy ularning ijodini chetlab o‘tishi mumkin emas edi. Keyinchalik u yangi rus adabiyoti namoyandalari – Nikolay Nekrasov, Ivan Turgenev, Fedor Dostoevskiy bilan tanishdi. Kompozitor ijodida XIX asrning ikkinchi yarmidagi rus musiqasi rivojini avvaldan belgilab beruvchi yangi chiziq aniq ko‘ringan edi. A.Dargomijskiy ijodiy izlanishlari markazida – shafqatsiz dunyoning 46 ijtimoiy notengligidagi “oddiy” inson o‘z muammolari bilan turadi. Kompozitorning novatorligi shuningdek, inson nutqi va ijtimoiy dialekt nyuanslarini (oddiy erkakdan to generalgacha) musiqada aks ettirish xususiyatlarida ham namoyon bo‘ldi. “Hohlardimki, tovush so‘zni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalasin. Haqiqatni hohlayman”, - A.Dargomijskiyning bu so‘zlarida uning ijodiy aqidasi aks ettirilgan. Mixail Glinka va Аleksandr Pushkin zamondoshining hayoti va ijodi turli voqealar va yaxshi insonlar bilan uchrashuvlarga boy bo‘ldi. Аleksandr Sergeevich Dargomijskiy 1813 yil 2-fevralda Tul`skiy guberniyasining Dargomij qishlog‘ida dunyoga keldi. Kompozitorning erta bolalik haqidagi xotiralari juda mavhum, sababi u 4 yoshga to‘lganda oilasi Peterburgga ko‘chib ketadi. Аmmo aytish joizki, uning akasi va opasi musiqa bilan jiddiy shug‘ullanganliklari uchun bu bo‘ lajak kompozitorga katta taʼsir ko‘rsatgan. Shubhasiz, kichik qishloqdan ulkan shaharga ko‘chib o‘tish S.Dargomijskiy kelajagini belgilab berdi. Ilk musiqiy taassurotlar va L.Volgeborn bilan musiqiy mashg‘ulotlar, 1821-1822 yillarda esa А.Danilevskiy bilan fortepiano va P.Vorontsova bilan skripka cholg‘usida shug‘ullanish, musiqa bastalash bo‘yicha o‘zining ilk natijalarini berdi. Shunday qilib, romanslar va fortepano hamda skripka uchun cholg‘u p ьesalari ko‘rinishidagi birinchi asarlar paydo bo‘ldi. Yosh kompozitor fortepiano bo‘yicha F.Shoberlexnerda, kuylash sanʼati bo‘yicha B.Tseybixda tirishqoqlik bilan shug‘ullanishni davom ettirdi. Biroq, o‘sha paytda yoshlar bu mamlakatda musiqachi 47 uchun kelajak yo‘qligini yaxshi tushunar edilar, jumladan S.Dargomijskiy ham. Juda yoshligidayoq u rasmiyatchi to‘ra (chinovnik) sifatida xizmatga kiradi. Bu ish uni juda qiynab yuborgan, uning hayollari orzular olamida, musiqada edi. Аmmo past ijtimoiy holati, moliyaviy qiyinchiliklari yosh yigitni o‘zi yoqtirmagan ish bilan shug‘ullanishga majbur qilar edi. Biroq u orzu qilishdan to‘xtamadi, va imkoniyat bo‘ldi deguncha kontsertlarga tashrif buyurib, mashhur kompozitorlar va musiqachilar bilan uchrashar edi. 1831 yilda yosh kompozitorning ilk romansi bosmadan chiqdi, bu uning uchun muhim voqea edi. 1835 yilda u Mixail Glinka bilan tanishadi, ularning har bir uchrashuvi Dargomijskiy uchun foydali bo‘lib, ularning do‘stligi ko‘p yillar davom etdi. M.Glinka operalari sabab Аleksandr Dargomijskiy o‘sha davrda Rossiyada urf bo‘lgan bu janr bilan jiddiy shug‘ullandi. Dastlab u “Lukretsiya Borjiya” operasi syujetini o‘ylaydi, biroq qaysidir sabab bilan uni ustida ishlashni chetga surdi va V.Gyugoning “Sobor Parijskoy bogomateri” asari asosidagi “Esmeralda” operasini bastalashga kirishdi. Operani bastalashga bir necha yil sarflandi, u 1838-1841 yillar davomida yozildi. Operani sahnalashtirishga kompozitorning juda ko‘p kuchi ketdi, ammo afsuski, bu ish muvaffaqiyat qozonmadi. Shunda u kompozitsiya bilan jiddiyroq shug‘ullanish zarurligini tushundi va 1843 yilda isteʼfoga chiqdi. 40-yillarda kompozitor romanslari va qo‘shiqlarining beshta daftari, “Vakxa tantanasi” nomli kantatasi yaratildi. 48 А.S.Dargomijskiy deyarli ikki yil Yevropaning turli mamlakatlari bo‘ylab safar qilib, Germaniya va Frantsiya madaniyati hamda sanʼati bilan tanishdi. U Peterburgga qaytgach, А.Pushkin dramasidan ilhomlanib “Suv parisi” operasini yozishni boshladi. Biroq, kompozitor bu ishni chetga surishga majbur bo‘ladi. Faqat 1855 yildagina u operani oxiriga yetkazadi. Operaning birinchi muvaffaqiyatli postanovkasidan bir yil o‘tgandan so‘ng “Muzikalniy i teatralniy vestnik” jurnalida А.Serovning tanqidiy maqolasi chop etildi. Аleksandr Dargomijskiy “Iskra” (“Uchqun”) nomli hajviy jurnal adabiyotchilari bilan do‘stlashib, ular bilan hamkorlik qiladi boshladi. XIX asr o‘rtalari – bu siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar sabab, o‘rta sinf namoyandalari, badiiy intellegentsiyada ijtimoiy beqaror kayfiyat uyg‘otgan davr bo‘ldi. O‘z tanasida barcha ijtimoiy qiyinchiliklarni his etgan va buning nima ekanligini yaxshi bilgan А.S.Dargomijskiy ijtimoiy-oshkoralik mavzularini chetlab o‘tolmadi. Shu bois uning aksariyat vokal va opera asarlarida bu mavzu juda ham bo‘ rttirilgan holda, baʼzan hajviy shaklda beriladi. Bu yillarda А.S.Dargomijskiy Rus Musiqa Jamiyatida faoliyat yurita boshladi. U tadbirlar va kontsertlarda “Qudratli to‘da” musiqiy to‘garagining bo‘lajak namoyandalari bilan uchrashdi, ular bilan kompozitor 60-yillardayoq juda yaqin bo‘lgan. Shu yillarda u “Poltava” operasini yaratishni o‘ylar edi, eslatish joizki, bu asar ham yakunlanmay qolgan. Uni rus madaniyatining turli qatlamlari, 49 fol ьklori, urf-odatlari va ertaklari qiziqtirar edi. Shu tariqa, u miniatyura janridagi “Yalmog‘iz kampir” simfonik asarini yaratdi. Uning simfonik janrdagi opuslari xususida shuni aytish lozimki, ular zamondoshi Mixail Glinkanikidek mashhur bo‘lmagan. Ehtimol, bu А.S.Dargomijskiyning professional taʼlim olmagani va cholg‘ulashtirish hamda tembrlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelgani sabablidir. Uning simfonik asarlari orasida “Chuxon fantaziyasi”, “Kichikrossiyalik kazak”, “Bolero”lar bor. Ularning deyarli barchasi 60-yillarda, kompozitor musiqiy folklor birinchi o‘rinda bo‘lgan Gli nka anʼanalari izidan borganda yaratilgan edi. Shu yillardayoq А.S.Dargomijskiy yana chet elga otlanadi. Bu safar u Polsha, Germaniya, Аngliya va Belgiyada bo‘lib, Frantsiyaga ham tashrif buyuradi va kichik konsert chiqishlari bilan qatnashadi. Shu tadbirlar sabab, Yevropa musiqiy jamoatchiligi Rossiyadan kelgan yangi buyuk kompozitor nomini bilib oladi. Chet el turnesidan qaytgan kompozitor yana opera yaratishga kirishadi. U bir nechta syujetlarni rad etib, Аleksandr Pushkinning “Kichik fojealari”ga eʼtibor qaratadi. Uni “Tosh mehmon” ustida ishlash to‘liq zabt etadi, va natijada nomdosh opera paydo bo‘ladi. Bu opera mazkur janrdagi dastlabki namunalardan bo‘lib, unda stilistikaning yangi, aynan rechitativ- ariozo va rechitativ-deklamatsion kuylash turi paydo bo‘ladi. Bu А.S.Dargomijskiyning so‘nggi operasi, ammo Rossiya opera sanʼatidagi yangi sahifa edi. Uning novatorlik qirralari keyinchalik M.Musorgskiy va N.Rimskiy-Korsakov operalarida namoyon bo‘ldi. 50 Kompozitor bu operasini yakunlamadi, faqat uning vafotidan so‘ng N.Rimskiy-Korsakov va S.Kyuilar asarni oxiriga yetkazdilar. Mazkur asar ustida ishlash bilan bir paytda, 1865 yilda uning “Suv parisi” operasi yana sahnaga qo‘yildi, bu safar u katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Kompozitor umrining oxirgi yillari nafaqat ijod, balki jamoat ishlari borasida ham juda sermahsul bo‘ldi. 1867 yilda u Rus Musiqa Jamiyatining Peterburg bo‘limiga rais etib tayinlanadi, bu vaqtda u M.Balakirevning “Qudratli to‘ da”si aʼzolari bilan do‘stlashadi. Uning ko‘plab ijodiy rejalari bor edi. Unda “Vakxa tantanasi” kantatasini opera-baletdek yangi janrda sahnalashtirish orzusi bor edi, biroq asarning ilk postanovkasi juda omadsiz bo‘ldi. Bu shundoq ham sog‘lig‘i zaif bo‘lgan kompozitorga salbiy taʼsir qildi. Аleksandr Sergeevich Dargomijskiy 1869 yil 5 yanvarda Peterburgda vafot etdi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling