O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Kompozitorlar ijodida rus xalqining hayoti. 
“To‘dachilar” asarlari mavzuiyligining yetakchi chizig‘i rus 
xalqining hayoti va qiziqishlaridir. Bu borada ularni M.Glinka 
anʼanalarining davomchilari deb dadil aytish mumkin. “Qudratli 
to‘da” kompozitorlarining aksariyati xalq folklori namunalarini 
78 


tizimli ravishda yozib olar, o‘rganar va qayta ishlar edi. 
Kompozitorlar xalq qo‘shiqlarini o‘zlarining ham simfonik, ham 
opera asarlarida (“Shoh kelini”, “Qorqiz”, “Xovanshina”, “Boris 
Godunov”) dadil qo‘llar edilar. “Qudratli to‘da” kompozitorlari 
boshqa xalqlar musiqa madaniyatiga katta qiziqish bilan munosabat 
bildirganlar, buni ularning ko‘plab asarlarida ukrain, gruzin, tatar, 
ispan, chex va boshqa milliy syujet hamda kuylardan 
foydalaniganligi ham tasdiqlaydi. “To‘dachilar” ijodida sharqona 
unsurlar ayniqsa katta o‘rin tutadi (M.Balakirevning “Tamara”, 
“Islamey”; 
А.Borodinning “Knyaz Igor”; N.Rimskiy-Korsakovning 
“Shahrizoda”, “
Аntara”, “Oltin xo‘roz”; M.Musorgskiyning 
“Xovanshina”). 
Xalq uchun badiiy asarlar yaratib, unga tushunarli va yaqin tilda 
so‘zlashgan kompozitorlar o‘z musiqalarini tinglovchilarning keng 
ommasi uchun qulay qildilar. Bu oshkora intiluvchanlik orqali “yangi 
rus maktabi”ning dasturiylikka katta moyilligi izohlanadi. Maʼlumki, 
“dasturiy” deb shunday cholg‘u asarlariga aytiladiki, ularda g‘oyalar, 
obrazlar, syujetlar kompozitorning o‘zi tomonidan asarga ilova 
qilingan maxsus tushuntiruvchi-matnda yoki uning sarlavhasida 
izohlanadi. “Qudratli to‘da” kompozitorlarining yana ko‘plab asarlari 
dasturiy sanaladi: N.Rimskiy-Korsakovning “
Аntar” va “Ertak”, 
M.Balakirevning “Islamey” va “Qirol Lir”, M.Musorgskiyning 
“Taqir tog‘dagi tun” va “Ko‘rgazmadagi rasmlar” shular 
jumlasidandir.
79 


“Qudratli to‘
da” aʼzolari o‘zlarining buyuk ajdodlari M.Glinka 
va 
А.Dargomijskiyning ijodiy tamoyillarini rivojlantirgan holda, ayni 
paytda dadil novator ham edilar. Ular o‘z erishgan yutuqlari bilan 
qanoatlanib qolmay, musiqiy ifodaviylikning yangi tamoyillarini 
qidirib topishga intildilar, yangi syujetlar, yangi janr turlarini 
izladilar. Bu yangi shaxsiy yo‘llarni “to‘dachilar” butun reaktsion va 
konservativ kuchlarga qarshi mashaqqat bilan kurashib, rus 
hukmdorlari va zodagonlari azaldan huzurlanib tinglab kelgan xorijiy 
musiqa bilan keskin to‘qnashuvlarni yengib qurdilar.
Hukmron sinflarga adabiyot va sanʼatda yuz berayotgan 
novatorlik jarayonlari xush kelmas edi. O‘sha davrda qattiq senzura 
(nazorat) bor edi, boz ustiga barcha ilg‘
or kishilar taʼqib qilinar edi. 
Yozuvchi Nikolay Chernishevskiy surgun qilingan, uning asarlariga 
senzuraviy taʼqiq muhri bosilgan edi. Aleksandr Gertsen Rossiyadan 
tashqarida yashagan. Badiiy akademiyadan oshkora chiqib ketgan 
rassomlar “shubhali” hisoblangan va podshoh soqchilari tomonidan 
nazoratga olingan edi.
G‘
arbiy Yevropa teatrlarining Rossiyaga taʼsiri davlat tomonidan 
barcha imtiyozlar bilan taʼminlanar edi: italyan truppalari opera 
sahnasining yakka hokimi, xorijiy antreprenyorlar mahalliy sanʼat 
uchun mumkin bo‘lmagan juda katta imtiyozlardan foydalanar edilar. 
M.Balakirev to‘
garagining aʼzolari yozuvchilardan А.V.Grigorovich, 
А.F.Pisemskiy, I.S.Turgenev, musavvir I.E.Repin va haykaltarosh 
M.
А.Аntokolskiy bilan tez-tez uchrashib turar edilar. P.I. 
Chaykovskiy bilan esa mustahkam aloqa o‘rnatganlar.
80 


Jamoaviy-
maʼrifiy ishlar. 
“Qudratli to‘da” kompozitorlari katta jamoaviy-
maʼrifiy ishlarni 
olib borar edilar. M.Balakirev to‘garagining birinchi jamoat ishi – bu 
1862 yilda Bepul musiqa maktabining ochilishi bo‘ldi. Unda bosh 
tashabbuskorlar M.I.Balakirev va xormeyster G.Ya.Lomakinlar 
bo‘ldi. Bepul musiqa maktabining asosiy vazifasi – aholining keng 
ommasi orasida musiqiy bilimlarni yoyish edi. O‘zlarining g‘oyaviy-
badiiy ko‘
rsatmalarini keng tarqalishiga, ijodiy taʼsirni jamoat 
muhitida kuchaytirishga intilib, “Qudratli to‘
da” aʼzolari nafaqat 
kontsert tribunasi, balki matbuot sahifalaridan ham foydalanar edilar. 
Matbuotdagi chiqishlar o‘tkir bahs-munozaralar xarakterida bo‘lib, 
mushohadalar keskin, qatʼiy shaklda edi, bu esa “Qudratli to‘da”ning 
reaktsion tanqidchilik duchor qilgan o‘sha tashlanish va salbiy 
baholari bilan izohlanadi.
V.V.Stasov bilan bir qatorda, yangi rus maktabining qarashlari va 
baholarining ifodachisi sifatida S.
А.Kyui oldinga chiqdi. U 1864 
yildan boshlab “Sankt-Peterburg xabarlari” gazetasining doimiy 
musiqiy taqrizchisi bo‘ldi. S.
А.Kyuidan tashqari, o‘zlarining tanqidiy 
maqolalari bilan matbuotda 
А.Borodin va N.Rimskiy-Korsakov ham 
chiqishlar qilar edilar. Tanqidchilik ularning asosiy faoliyati 
emasligiga qaramay, o‘zlarining musiqiy maqolalari va taqrizlarida 
sanʼat xususidagi aniq va to‘g‘ri baholarini berdilar va rus klassik 
musiqashunosligiga salmoqli hissa qo‘shdilar. “Qudratli to‘da” 
g‘
oyalarining taʼsiri Peterburg konservatoriyasi devorlaridan ham 
kirib bordi.
81 


Shu vaqtdan boshlab N.
А.Rimskiy-Korsakov faoliyati 
konservatoriya bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. U atrofiga yosh ijodiy 
kuchlarni jamlagan shaxsga aylandi. “Qudratli to‘da” ilg‘or 
anʼanalarining nufuzli va mustahkam akademik asos bilan o‘zaro 
birlashtirilishi “Rimskiy-Korsakov maktabi”ning o‘ziga xos 
xususiyatini tashkil etdiki, u XIX asrning 70-yillari oxiridan to XX 
asr boshiga qadar Peterburg konservatoriyasining hukmron yo‘nalishi 
bo‘ldi. 70-yillar oxiri va 80-yillar boshidayoq “Qudratli to‘da” 
kompozitorlarining ijodi nafaqat o‘z yurtida, balki chet ellarda ham 
tan olinib, katta mashhurlikka erishadi. “Yangi rus maktabi”ning 
haqiqiy muxlisi va do‘sti Ferents List edi. F.List G‘arbiy Yevropada 
Borodin, Balakirev, Rimskiy-Korsakov asarlarining keng tarqalishiga 
yordam berdi. M.Musorgskiy ixlosmandlari esa frantsuz 
kompozitorlari Moris Ravel` va Klod Debyussi, chex kompozitori 
Yanacheklar edi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling