O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Аntonovich Kyui (1835-1918) M.I.Glinka, А.S.Dargomijskiy va o‘z
zamondoshlari ijodining davomchisi va targ‘ibotchisidir. U ko‘plab asarlar muallifi bo‘lsa-da, ammo faqat “Mandarin o‘g‘li”, “Vil`yam Ratklif” kabi operalari va romanslari nisbatan muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. “Qudratli to‘ da” guruhining eng nufuzli aʼzolaridan biri Modest Petrovich Musorgskiy (1839-1881) edi. Rossiyalik bu kompozitor ijodi shunchalik novatorcha ediki, uning anʼanalari turli mamlakatlar kompozitorlari tomonidan hozirgi kunda ham o‘rganilmoqda va rivojlantirilmoqda. “Boris Godunov” (1869) va “Xovanshina” (1872- 1880) kabi hajman mahobatli xalqona musiqiy dramalar uning qalamiga mansubdir (“Xovanshina” operasi N. А.Rimskiy-Korsakov tomonidan 1883 yilda oxiriga yetkazilgan). M.P.Musorgskiy o‘z polotnolarida turli tabaqaga mansub obrazlarni tasvirladi, bu obrazlar shunchalik haqqoniy va yorqin chiqqanki, musiqa sanʼatida ularga daʼvo qiluvchini topish mushkul. U o‘z ijodida doimo haqiqatga chorlagan Аleksandr Dargomijskiy ko‘rsatmalarini davom ettirdi va hayotni tomoshabinga “u qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin”, qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatdi. Bu uning nafaqat operalarida, balki qo‘shiqlarida, asl dramatik sahnalarda namoyon bo‘ldi. Uning achchiq haqiqatli “Kalistrat”, “Etimcha” kabi vokal sahnalari oddiy xalq hayoti mavzularini ifodalaydi. Hayot qiyinchiliklarini o‘zidan o‘tkazgan insongina 73 azoblarning barcha tafsilotlarini shunday yetkazib bera oladi. M.P.Musorgskiyning butun jahonga mashhur boshqa asarlari orasida “Ko‘rgazmadagi rasmlar” (1874), “Bolalar” (1872), “Oftobsiz” (1874), “ Аjal qo‘shiq va raqslari” (1877) kabi vokal turkumlari bor. Nikolay Аndreevich Rimskiy-Korsakov (1844-1908) – atoqli rus kompozitori, dirijyori, musiqiy jamiyat arbobi, “Qudratli to‘da” aʼzosidir. Uning ijodiga musiqaning tasviriy xarakteri kuchaytirilgan manzarali-janrli yo‘nalish, rus ertak obrazlariga tayangan romantik lirika, tabiat nazmi va xalq turmushi manzaralari xosdir. Bundan tashqari, uning asarlarida sharqona mavzular katta rol o‘ynaydi. N. А.Rimskiy-Korsakov “To‘da”ning cholg‘ulashtirish, tembr dramaturgiyasi va garmonik topilmalar muhim o‘rin tutgan ifoda vositalariga alohida eʼtibor qaratgan aʼzolaridan biri edi. Uning ijodiy zahirasi ham salmoqli: turli janrdagi 15 ta opera (epik, ertak, tarixiy-maishiy va b.), jumladan, “Pskovityanka” (1872), “May tuni” (1879), “Qorqiz” (1881), “Sadko” (1896), “Shoh kelini” (1898), “O‘lmas Kashey” (1902), “Ko‘rinmas Kitej shahri haqida afsona...” (1904), “Oltin xo‘roz” (1907); dasturli simfonik asarlar “Ispancha kaprichchio” (1887), “Shahrizoda” (1888) va boshqa orkestr uchun asarlar, romanslar, rus xalq qo‘shiqlarining qayta ishlanmalari va b. Shuningdek, safdoshlari M.P.Musorgskiy, А.P.Borodin, А.S.Dargomijskiylarning bir qator asarlarini oxiriga yetkazishda ham uning hissasi ulkandir. N. А.Rimskiy-Korsakov umrining oxiriga qadar musiqachi kasbiga sodiq qoldi, u Peterburg konservatoriyasi professori (1871 74 yildan), Bepul musiqa maktabi direktori va Belyaev to‘garagining rahbari edi. XIX asr musiqa olamidagi yana bir buyuk shaxs Аleksandr Porfir`evich Borodin (1833-1887) rus kompozitori va kimyo sohasi olimidir. U ham “Qudratli to‘ da” guruhining aʼzosi. Uning “Knyaz Igor” operasi (N. А.Rimskiy-Korsakov va А.K.Glazunov tomonidan yakunlangan, 1890) musiqadagi milliy qahramonlik eposi namunasidir. А.P.Borodin – rus klassik simfoniyasi (№2 - “Bahodirlik”, 1876, u rus simfonizmida qahramonona-epik yo‘nalish ochgan asardir; “O‘rta Osiyoda” simfonik manzarasi, 1980) va rus klassik torli kvartetining yaratuvchilaridan biridir. Vokal lirika ustasi (“Olis Vatan qirg‘oqlari uchun”); romansga bahodirlik eposi obrazlarini kiritib, 19-asrning 60-yillaridagi ozodlik g‘oyalarini amalga oshirdi (“Uxlayotgan knyaginya”, “Qorong‘u o‘rmon”). Shuningdek, u organik kimyo va tibbiyotga oid ko‘plab ishlar muallifidir. Yana bir yorqin kompozitor Petr Il`ich Chaykovskiyga kelsak, u beshtalikka kirmagan bo‘lsa-da, ammo uni guruh namoyandalari bilan ko‘p narsalar bog‘lab turar edi. Uning asarlarida ham rus fol ьklori, realizm va dasturli simfonik janrlarga tayanish bor. To‘dachilar ijodining bosh mavzusi rus xalqining hayoti, tarixi, xalq afsona va ertaklari bo‘lsa, musiqiy tilining asosi esa dehqonlar qo‘shig‘i edi. Bu borada P.I.Chaykovskiy o‘zini lirik sifatida ko‘proq namoyon etdi, va uning musiqiy tili shahar qo‘shiq-romans uslubining tubdan qayta yaratilishiga asoslanadi. 75 Shuningdek, guruhga N.I.Lodijenskiy, А.S.Gussakovskiy va N.V.Sherbachyov kabi musiqachilar ham tashrif buyurar edilar, biroq ular musiqaga to‘ liq eʼtibor qarata olmadilar va musiqachilar bilan do‘stlashuvlari ham uzoqqa cho‘zilmadi. “Qudratli to‘da”ning ijodiy dasturi va estetikasi 60-yillar demokratik mafkurasi, ayniqsa guruhga shu nomni bergan badiiy ta nqidchi V.V.Stasov qarashlarining taʼsiri ostida joriy bo‘ldi. M.I.Glinka va А.S.Dargomijskiy anʼanalarining vorislari va davomchilari bo‘lgan, “Qudratli to‘da” kompozitorlari ayni paytda ona tarix va zamonaviylik obrazlari hamda mavzularini ifodalash uchun yangi shakllar izlab, musiqani hayotning muhim ilg‘or talablariga yaqinlashtirishga intildilar. M.P.Musorgskiy (“Boris Godunov” va “Xovanshina”), P.Borodin (“Knyaz Igor”), N. А.Rimskiy-Korsakov (“Pskovityanka” va b.) operalarida rus tarixining sahifalari aks ettirilib, xalq harakatining qudrati yetkazib beriladi va ijtimoiy-tanqidiy hamda vatanparvarlik g‘oyalari ifodalanadi. Xalq turmushi, ertaklari va eposidagi obrazlar “Qudratli to‘da” kompozitorlarining aksariyat hollarda dasturli xarakterga ega bo‘lgan simfonik asarlarda ham, kamer vokal ijodida ham katta o‘rin egallaydi, Hamjamiyat aʼzolari o‘z asarlaridagi musiqiy tilning eng muhim asosi bo‘lgan xalq qo‘shiqlarini yuksak baholaganlar. “Qudratli to‘da” 70-yillar o‘rtalariga kelib uyushgan guruh sifatida faoliyat yuritmay qo‘ysa-da, ammo uning g‘oyalari va ijodiy tamoyillari rus musiqasi rivojiga va turli xil milliy maktablar shakllanishiga 76 sermahsul taʼsir ko‘rsatdi. “To‘dachilar” qarashlarining shakllanishi va rivojlanishi. Yosh kompozitorlarni tarbiyalashda M.Balakirevdan tashqari, V.V.Stasovning ham ulkan hissasi bor. “Qudratli to‘da” faoliyatida uning ishtiroki turfa xil edi. Bu ishtirok avvalo, kompozitorlarning umumiy badiiy tarbiyasida, ular ijodining g‘oyaviy yo‘nalishiga taʼsir etishda namoyon bo‘ldi. V.V.Stasov ko‘pincha asarlar uchun syujetlar tanlash, ular ustida ishlash va tayyor asarlarni har tomonlama muhokama qilishda yordam berar edi. U kompozitorlarga o‘z ixtiyorida bo‘lgan rang-barang tarixiy materiallarni taqdim etar, va ular ijodini targ‘ib qilishda o‘z kuchiini ayamas edi. V.V.Stasov birinchi bo‘lib matbuotda chiqish qildi va “Qudratli to‘da” kompozitorlarining asarlariga jamoatchilik eʼtiborini jalb etdi. M.Balakirev bilan har kuni sanʼat va jahon adabiyoti mutolaasi xususidagi bahs-munozaralarda o‘z fikrlari bilan qatnashgan guruh kompozitorlarining qarashlari va mahoratlari tobora o‘sib, mustahkamlanib borar edi. Bu vaqtga kelib ularning har birida ko‘plab mustaqil yirik asarlar yaratilgan edi. Shu tariqa, M.P.Musorgskiy “Taqir tog‘dagi tun” simfonik manzarasi va “Boris Godunov”ning birinchi tahririni yozdi; N. А.Rimskiy-Korsakov esa “ Аntar”, “Sadko” nomli simfonik asarlar va “Pskovityanka” operasini yaratdi; M.Balakirev tomonidan uning asosiy asarlari bastalandi: “Chexiyada” simfonik poemasi, “1000 yil” uvertyurasi, “Islamey” nomli yarqiroq fortepiano fantaziya, “Uchta rus mavzusiga uvertyura”, U.Shekspirning “Qirol Lir” fojeasiga musiqa; 77 А.P.Borodin o‘zining birinchi simfoniyasini yaratdi; S.Kyui “Ratklif” operasini yozib tugatdi. V.V.Stasov aynan shu davrda M.Balakirev to‘garagini “rus musiqachilarining kichik, ammo qudratli to‘dasi” deb atagan edi. “Qudratli to‘da”ga kirgan har bir kompozitor yorqin ijodiy individuallik bo‘lib, ular mustaqil o‘rganishga munosibdir. Аmmo “Qudratli to‘da”ning tarixiy o‘ziga xosligi shundaki, bu guruh shunchaki bir-biri bilan do‘stona munosabatdagi musiqachilar emas, balki ijodiy jamoa, o‘sha davr ilg‘or ijodkorlarining g‘oyaviy birlik va umumiy badiiy ko‘rsatmalar bilan birlashtirilgan jangovor hamjamiyatidir. Bu borada “Qudratli to‘da” o‘z zamonasining odatiy voqeligi edi. Bunday ijodiy hamjamiyatlar, to‘garaklar, birodarliklar sanʼatning turli sohalarida yaratilar edi. Tasviriy sanʼatda bu “oldinga intilishga” zamin yaratgan “Badiiy artel ь” bo‘lsa, adabiyotda – “Zamondosh” jurnali ishtirokchilarining guruhidir. Talabalarning “kommun” tashkiloti ham shu davrda yaratildi. “Qudratli to‘da” kompozitorlari o‘tmish davrlar rus madaniyati ilg‘or oqimlarining bevosita davomchilari sifatida yuzaga chiqdilar. Ular o‘zlarini M.Glinka va А.Dargomijskiy ishlarini davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi izdoshlari deb hisoblaydilar. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling