O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
“Qudratli to‘da”ning tarqalishi.
“Qudratli to‘da” XIX asrning 70-yillari o‘rtalariga qadar yagona ijodiy jamoa sifatida faoliyat yuritdi. Bu vaqtga kelib uning qatnashchilari va yaqin do‘stlarining xatlari va xotiralarida to‘daning tobora tarqab borishining sabablari xususidagi fikr va mushohadalarni tez-tez uchratish mumkin. Sabablar turlicha edi, ammo asosiysi kompozitorlar ijodining turfa xilligi, ularning o‘z shaxsiy uslubi, yozuv manerasiga egaligi, va albatta har birining yorqin individual shaxs ekanligidir. 82 Ilg‘or musiqiy kuchlarga rahbarlik roli asta-sekin N. А.Rimskiy- Korsakovga o‘tadi. U o‘sib kelayotgan yosh avlodni konservatoriyada tarbiyalaydi, 1877 yildan esa Bepul musiqa maktabiga dirijyor va dengiz muassasasining musiqiy xoriga inspektorlik qiladi. 1883 yildan u Saroyning kuylovchi kapellasida pedagogik faoliyat olib boradi. “Qudratli to‘da” arboblaridan birinchi bo‘lib M.P.Musorgskiy bu dunyoni tark etdi. U 1881 yilda vafot etadi. M.P.Musorgskiy umrining so‘nggi yillari juda og‘ir kechdi. Zaiflashgan sog‘lig‘i, moddiy yetishmovchiliklar – bularning barchasi kompozitorga ijodiy ish uchun diqqat- eʼtiborini jamlashga halaqit berib, tushkun kayfiyat va safdoshlaridan uzoqlashishiga sabab bo‘ldi. 1887 yilda А.P.Borodin vafot etdi. Shundan so‘ng “Qudratli to‘da”ning hayot bo‘lgan kompozitorlari butunlay tarqab ketdilar. M.Balakirev o‘z qobig‘iga o‘ralib, N.Rimskiy-Korsakovdan butkul uzoqlashdi. S.Kyui o‘zining buyuk zamondoshlaridan allaqachon ortda qolgan edi. Birgina V.Stasov bu uch kompozitorning har biri bilan avvalgi munosabatini saqlab qolgan edi. M.Balakirev va S.Kyui boshqa kompozitorlardan uzoqroq umr ko‘rdilar. (M.Balakirev 1910 yilda, Kyui – 1918 yilda vafot etgan). Garchi, M.Balakirev 1870-yillarning oxirlarida musiqiy hayotga qaytgan bo‘lsa-da, ammo endi uning 1860-yillarda tavsiflangan avvalgi shijoati va ishtiyoqi yo‘q edi. U Bepul musiqa maktabi va Saroyning kuylovchi kapellasini boshqarishda davom etadi. M.Balakirev va N.Rimskiy-Korsakov kapellada joriy etgan o‘quv 83 tartibi shunga olib keldiki, uning ko‘plab tarbiyalanuvchilari iqtidorli musiqachilarga aylanib haqiqiy yo‘lga chiqdilar. S.Kyui ijodi va ichki qiyofasi ham uning “Qudratli to‘da” bilan avvalgi aloqalarini kam eslatar edi. U o‘zining ikkinchi kasbi bo‘yicha muvaffaqiyatli odimlar edi: yaʼni S.Kyui 1888 yilda Harbiy muhandislik akademiyasining fortifikatsiya kafedrasi professori bo‘lib, o‘zidan keyin bu sohada ko‘plab qimmatli ilmiy ishlar qoldirdi. N. А.Rimskiy-Korsakov musiqachilarning butun avlodini tarbiyalab, o‘z faoliyatini Sankt-Peterburg konservatoriyasida davom ettirdi. Ular orasida A.Glazunov, A.Lyadov, A. Аrenskiy, N.Lisenko, A.Spendiarov, M.Ippolitov-Ivanov, M.Shteynberg, N.Myaskovskiy kabi mashhur kompozitorlar bor. Ular bu anʼanalarni haqiqiy va jonli tarzda bizning kunlargacha yetkazdilar. “Qudratli to‘da” guruh kompozitorlari jahon musiqa sanʼati, avvalo g‘arb romantizmi va frantsuz impressionizmi namoyandalari ijodiga ulkan taʼsir o‘tkazdi. “Qudratli to‘da” kompozitorlarining ijodi jahon musiqa sanʼatining eng sara yutuqlaridandir. M.Glinkaning simfonik ijod sohasidagi orkestr uchun dasturli va dastursiz asarlari yutuqlarini rivojlantirgan holda, Balakirev, Rimskiy-Korsakov va Borodin simfonik musiqaning jahon xazinasiga ulkan hissa qo‘shdilar. Ular nafaqat rus musiqa ijodiga ulkan qiziqish va hurmat bilan qaradilar, balki ukrain va polyak, ingliz va hind, chex va serb, tatar, fors, ispan va boshqa ko‘plab xalqlar musiqiy mavzularini o‘z asarlarida qo‘lladilar. “Qudratli to‘ da” kompozitorlari ijodi musiqa sanʼatining yuksak namunasidir; 84 ayni paytda u tinglovchilarning keng doirasi uchun tushunarli, qulay va qimmatlidir. Uning ulkan betakror qiymati ham shundadir. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling