O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Qudratli to‘da” to‘garagi. Estetika. Novatorlik.
69 Jadvalni to‘ldiring: Asarni nomi Tarkibi Tonallik Kuyni turi Shakl “Men sizni sevar edim” “Mel`nik” Savol va topshiriqlar: 1. А.S.Dargomijskiy ijodining ahamiyatini tavsiflab bering. 2. А.S.Dargomijskiy vokal musiqasining asosiy janrlarini konkret misollar bilan sanab bering. 3. А.S.Dargomijskiy ijodining asosiy aqida (kredo)sini ayting. 4. А.S.Dargomijskiyning “Suv parisi” operasidagi asosiy qahramonlarga musiqiy tavsif bering. Qudratli to‘da” to‘garagi. Estetika. Novatorlik. Tanqidchi V.V.Stasov “Qudratli to‘da” (“Moguchaya kuchka”) deb nom bergan guruh ahamiyatini qayta baholash mushkul. XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada musiqa o‘quv yurtlari yo‘q edi, faqat kamsonli insonlargina xususiy dars olish orqali musiqiy bilimlarini oshirish maqsadida Yevropaga borish imkoniyatiga ega edilar. Nihoyat, shug‘ullanayotgan ishi, ruhiyati bilan bir-biriga yaqin bo‘ lgan insonlar guruhining (boz ustiga ular sanʼat odamlari bo‘lsa) birodarlikka birlashuvi, bu davrda Germaniya va Frantsiyada keng tarqalgan voqelik edi. Shu tariqa, taqdir g‘oyaviy ilhomlantiruvchi M. А.Balakirev boshchiligida dastlab S. А.Kyui, M.P.Musorgskiy, N.А.Rimskiy- Korsakov, А.P.Borodin kabi hamfikrlarni o‘n yilga birlashtirdi. Bu 70 musiqachilar va kompozitorlarning badiiy birlashmasi nafaqat rus madaniyati, balki ko‘plab xorijlik buyuk kompozitorlarni ham hayratlantirdi va ilhomlantirdi. Mana deyarli ikki yuz yil o‘tibdi hamki, ularning anʼanalari zamonaviy kompozitorlar ijodida yashab kelmoqda. Estetika. Eng asosiy qonun va qoidalar, avvalo M.I.Glinka g‘oyalari bo‘ldi. Ular bu qonun- qoidalarga qatʼiy amal qildilar, ammo ko‘p narsalarni rivojlantirdilar. Italyan va frantsuz musiqasining davom etayotgan bosimi, romantizmning tarqalishiga qaramay, to‘dachilar rus asosini obrazli-semantik planda yoritish anʼanalariga rioya qildilar, ular o‘z asarlari uchun epik asosga tayangan tarixiy syujetlar tanlab, fol ьklor va rus musiqa ijrochiligi anʼanalaridan foydalandilar. To‘dachilar ijodi, ularning umumiy g‘oyalari va estetikasi shunchalik progressiv ediki, keyingi avlod madaniyat arboblari uchun uzoq vaqt namuna bo‘lib qoldi. Miliy Аlekseevich Balakirev (1836/37-1910) haqli ravishda “Qudratli to‘da”ning rahbari, asoschisi, g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi edi; u shuningdek, Bepul musiqa maktabining asoschisi (1862) va rahbari edi (1868-73 va 1881-1908), bu maktabga talabgorlar butun dunyoda ham juda kam edi. Rus musiqa jamiyatining dirijyorlik ishi, shuningdek, Saroy kapellasining boshqaruvchiligi ham uning faoliyati bilan bog‘liq. “Uchta rus qo‘shig‘i mavzulariga uvertyura” (1858), “Tamara” (1882), “Rus`” (1887), “Chexiyada” (1905) simfonik poemalari, fortepiano uchun sharqona fantaziya “Islamey” (1869), romanslar, rus xalq qo‘shiqlarining qayta ishlanmalari kabi asarlar uning qalamiga mansub. 71 To‘dachilar ijodining ilk davrida uning ishtirokchilarini tarbiyalash va rivojlantirishda M. А.Balakirev hissasi katta. U dohiy, tashkilotchi va ustoz edi. Musiqiy amaliyot va hayot M.Balakirevning yorqin isteʼdodiga tez rivojlanish imkonini berdi. U guruhning barcha aʼzolariga o‘zining kuchli irodasi, musiqa savodi va shijoati bilan katta taʼsir o‘tkazdi. O‘quvchilar bilan ishlashda uning o‘z shug‘ullanish metodlari bor edi: u simfoniya, uvertyura, skertso, opera parchalari va h.k. asarlar bastalashni topshirar edi, so‘ngra bajarilgan ishni ko‘rib chiqish, jiddiy tahlil qilar edi. Shu bois unga guruhning o‘n yildan so‘ng tarqab ketishini qabul qilish og‘ir bo‘ldi. Uning eng mashhur asarlaridan “Islamey” Sharqiy fantaziyasi (1869). Bu asarda rus kompozitorlarining sharqiy (orient) halqlarini musiqasini hisusiyatlari umumlashtirib ko‘rsatilgan. Bu an`ana Glinkadan boshlanib, Borodin, Balakirev, Rimskiy-Korsakov ijodida davom etgan. Fantaziya uch qismdan iborat, ular contrast printsipiga asoslanadi ham temp bo‘icha, ham harakter va tonallik jihatida. Asarda juda ko‘p virtuoz passajlar, murakkab texnik usullar ishlatilgan. M. Balakirev “Islamey” fantaziyasini rus fortepiano ijrochiligi shakllanishini namoyish etadigan daho asarlarning namunasi sifatida ajratish mumkin. Bu asarni mashxur pianochilar ijro etishgan, ulardan Ferenc List, Nikolay Rubinshteyn, Simon Barer va boshqalar. 72 Rus kompozitori, “Qudratli to‘ da” aʼzosi, musiqiy tanqidchi, fortifikatsiya sohasi olimi, va nihoyat, muhandis-general Sezar` Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling