O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия


partiyasiga tegishlidir. 
Аgar muhit yoki qahramonlarning ruhiy 
holatini tavsiflovchi muqaddima, yakunlovchi va bog‘lovchi 
toifadagi bir nechta cholg‘u tuzilmalarini hisobga olmasak, orkestr 
lavha (epizod)lari juda kam. Operada bir qator raqsbop sahnalar bor. 
Jumladan, operaning II pardasiga “Slavyancha” va “Lo‘licha” raqslar 
syuitasi kiritilgan, ular vokal nomerlar almashinuviga rang-baranglik 
qo‘shib, maishiy sahnalarni to‘ldiradi.
Аleksandr Dargomijskiy orkestr partiturasida leytmotiv 
tamoyilidan foydalanmagan, balki uni bir nechta takrorlanuvchi 
kichik mavzular va yirik mavzuiy reprizalarga almashtirgan. 
Shunday qilib, Knyazning “Ixtiyorsiz bu g‘amli sohillarga” nomli 
kuyining ohanglari “Ko‘rdingmi, knyazlar erkin bo‘lmaydilar” nomli 
ariozoda, suv parisi – Natasha qiyofasida takrorlanadi, “chorlov 
mavzusi” IV pardada ikki marta, Tegirmonchi partiyasida yangraydi. 
IV pardadagi cholning oxirgi so‘zlarida I pardadan olingan raqsbop 
ohanglar eshitiladi. 
Аleksandr Dargomijskiy o‘z oldiga qadimgi rus koloritini 
yetkazib berishni maqsad qilib qo‘ymagan, uning uchun asosiysi – 
hayotiy dramani ochib berish edi. Dnepr manzaralari bilan bog‘liq 
fantastik olam talqini real olam bilan kontrastlashmaydi. Milliy 
kolorit kompozitor tomonidan operaning bir nechta janr sahnalarida 
ifodalanadi, u yerda uchta asl xalq kuylaridan foydalanilgan. Ular 
orasida “Shoxli echki ketmoqda” (“Idet koza rogataya”-III pardaning 
fantastik lavhalarida); ikkinchi asl xalq kuyi I ko‘rinishdagi 
55 


dehqonlar xori (“Biz tog‘da qanday qilib pivo qaynatdik”-“Kak na 
gore mi pivo varili”) asosida yotadi; uchinchi kuy birinchi parda 
oxirida, Natasha partiyasida paydo bo‘ladi va operaning o‘ziga xos 
fojeaviy avji hisoblanadi. Bu suiqasddan oldingi sehrlash sahnasidir 
(“Dnepr malikasi, sening qudratli hukmingga havola etildim”). 
Birmuncha yorqinlari – bu “Oh, sen, dala” xor qo‘shig‘i, II pardaning 
to‘y xori “Yorug‘ boloxonadagidek”, qizlar xori “Sovchi” va b.).
“Suv parisi”da vokal-cholg‘u maishiy janrlar, xususan 
romansning roli ulkandir. Ehtimol, bu kompozitor novatorligining bir 
ko‘rinishidir, sababi romans janri avvalo, shahar fol
ьklorini o‘zida 
jamlagan. Mazkur operada u anʼanaviy opera shakllarini u 
(opera)ning turlari bilan muvofiqlashtirgan. Knyaginya obrazining 
yoritilishi elegik romans janrining qo‘llanilishiga asoslangan (uning 
ariyasi, ariozosi). Natasha partiyasidan ayrim lavhalar ham lo‘licha 
romans ohanglariga bog‘liq (“Oh o‘sha davr o‘tdi, oltin davr” 
ariozosi). Natasha partiyasida shahar romansining boshqa turi ham 
aks ettirilgan – “rus qo‘shig‘i” (I pardadagi yakunlovchi bo‘lim 
tertsetidan “Sen yoqimli so‘zlar bilan” qo‘shig‘i). 
O‘zining vokal ijodida portret chizmalari ustasi bo‘lgan 
А.S.Dargomijskiy uchun mazkur operada asosiy obrazlar tavsifi juda 
muhim edi. Opera obrazlarining eng muhim xususiyati yaxlit 
rivojlanish, psixologik tavsiflar teranligi, va ayni paytda – individual 
musiqiy “portretlar” butunligi va cho‘zimdorligidir.
Operadagi bosh qahramon Natasha. Obrazning ko‘p tomonlama 
talqini kompozitorning leytmotivlar qo‘llashdan voz kechganini 
56 


bildiradi. Natasha-Suv parisining musiqiy obrazi ham solo, ham 
ansambl ko‘rinishidagi bir qator mustaqil melodik lavhalardan 
shakllantirilgan. Operada Natashaning uchta solo nomeri bor: 
“Toshchalardan, sariq qumlardan o‘tib” qo‘shig‘i, IV pardaning 
birinchi manzarasidagi katta ariya-sahna va Suv parisining 
chaqiriqlari. Bundan tashqari, uning Knyaz yoki Tegirmonchi bilan 
birgalikdagi bir nechta chiqish sahnalari bor. 
Opera boshida uning musiqiy tavsifi lirik tonlarga asoslanadi, va 
uning partiyasida romans tuzilmali ravon kuylar ustunlik qiladi. Bu 
Knyaz bilan chiqqan sahnalarda namoyon bo‘ladi (Natashaning 
tertsetdagi iborasi: “Va nihoyat, sen meni eslading”, “Meni 
azoblashga uyalmaysanmi”). Fa minorda yangrovchi “Oh, u vaqtlar 
o‘tdi” nomli tertset mavzuiyligida Natashani g‘amli hissiyotlar 
chulg‘ab olganda dramatik rang namoyon bo‘ladi, vokal partiyasiga 
kuyning rechitativ-deklamatsion toifasi qo‘shiladi (I pardadagi 
Knyaz bilan chiqilgan sahnada “Endi hammasini tushundim. Sen 
uylanayapsan?”; “Sen uchun har narsaga tayyorman... oh, yo‘q, 
unday emas!”).
Keyinchalik Natasha obrazining dramatizatsiyasi Tegirmon bilan 
birga chiqqan sahnada, ariozoli xonish rechitativ bilan o‘zaro 
almashinib kelganda yuz beradi. Kompozitor vokal partiyasidagi 
ifodali lahzalarni kuchaytiradi, Natasha ariozosidagi “Ey Xudo, u 
ketdi, meni abadiy tashlab ketdi” so‘zlarida yig‘i ohanglari eshitiladi. 
Operaning fantastik chizig‘i IV pardada, kompozitor qahramon qiz 
obrazini suv parisiga aylantigan lavhalarda yuz beradi. Natasha 
57 


obrazi so‘nggi manzaradagi ariyada go‘yoki ikkiga ajraladi: u hanuz 
sevadi (“Sen unga nisbatan nazokatliroqsan”), ammo unda o‘ch olish 
istagi kuchli (“Kutilgan vaqt allaqachon yetib kelgan!”).

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling