O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Аsosiy janrlar va asarlar: 
Operalar – “Esmeralda”, “Vakxa tantanasi” (birinchi redaktsiya – 
kantata, ikkinchisi – opera-balet), “Suv parisi”, “Tosh mehmon”. 
Simfonik asarlar – “Bolero”, “Yalmog‘iz kampir”, “Kichikrossiyalik 
kazak”, “Chuxon fantaziyasi”. 
Romanslar va qo‘shiqlar – 100 dan ziyod. 
Xorlar – 13 dan ziyod, “Vakx tantanasi”. 
Kamer-cholg‘u asarlar – skripka va fortepiano uchun asarlar.
Topshiriq

M.Glinka va A.Dargomijskiy ijodiga asoslanib Venn diagramma 
jadvallarni toldiring. 
51 


 
А.S.Dargomijskiyning “Suv parisi” (“Rusalka”) operasi. 
 
Аleksandr Sergeevich Dargomijskiy bir nechta opera asarlari 
yaratdi va u shubhasiz, bu janrning novatori edi. Uning rus 
musiqasidagi islohoti mohiyatan Glyuk va Vagner novatorligidan 
hecham qolishmaydi. Yevropa mamlakatlarida shunchalik 
ommalashgan janr tarixi Rossiyada Glinka va Dargomijskiy 
operalariga qadar butkul italyancha opera anʼanalariga bo‘ysunar edi, 
unda yaratuvchi kim (italyan yoki rus kompozitori) bo‘
lishidan qatʼiy 
nazar. Hatto rus kompozitorlari tomonidan yaratilgan ko‘plab asarlar 
italyan tilida ijro etilar edi. Shu bois, XIX asrning birinchi yarmida 
yaratilgan operalar nafaqat Rossiya, balki jahon miqyosida betakror 
ahamiyat kasb etadi. 
Аleksandr Sergeevich Dargomijskiy ijodi Rossiyaning ijtimoiy, 
jamiyat va madaniy hayotida yangi kayfiyatlar namoyon bo‘lib, 
adabiyot va sanʼatning turli ko‘rinishlarida tanqidiy va ijtimoiy-
oshkoralik mavzusi kuchayib bordi. 
Аleksandr Sergeevich Pushkin 
ijodi, uning tomonidan yaratilgan yorqin asarlar kompozitorlar uchun 
musiqiy-sahnaviy asarlar yaratishda ulkan rag‘bat bo‘ldi. Uning 
aksariyat asarlariga musiqa bastalangan.
Jumladan, 1838 yilning aprel oyida 
А.S.Pushkin p`esasi asosida 
yaratilgan “Suv parisi” operasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Dastlab 
asarni o‘qigan kompozitor soprano va kontralto uchun “Suv parisi” 
52 


duetini yozdi (1844), keyinchalik esa u opera yaratishni o‘yladi va 
asar ustida nihoyatda uzoq vaqt, 1845-1855 yillar davomida ishladi. 
Operaning yaratilish tarixi. Libretto. Opera librettosi
Аleksandr Sergeevich Dargomijskiyning o‘zi tomonidan 
yaratilgan bo‘lib, u voqelarga urg‘u berishni biroz kuchaytiradi. 
Аgar 
Pushkin poemasida ijtimoiy keskinlik mavjud bo‘lsa, librettoda u 
kuchaytirilgan; dastlabki manbada ko‘plab voqealar umumlashma 
xarakterda, maishiy omillar roli ahamiyatsiz bo‘lsa, librettoda barcha 
yuz berayogan voqealar real rangda beriladi (Pushkin poemasida 
qatnashuvchi personajlarning hatto ismlari ham yo‘q). Dastlabki 
manbada voqealar qishloq joyda yuz beradi, operaga esa shaharda 
yuz beradigan hodisalar ham qo‘shilgan, va bu orqali voqealar hamda 
personajlar birmuncha zamonaviy tus oladi, ziddiyat esa yorqinroq 
ifodalanadi. 
Opera janri. Dramaturgiya toifasi.
Opera 4 pardadan iborat. Janri – rus musiqasida birinchilardan 
bo‘lgan realistik xalqchil-maishiy drama. 
А.S.Pushkin dramasining 
maishiy syujeti, xalqning real hayotdagi ijtimoiy notenglik bilan 
to‘qnashuv sahnalari. Opera dramaturgiyasi jamiyatdagi turli 
tabaqalarning keskin ziddiyatli to‘qnashuviga qurilgan. 
Аleksandr
Dargomijskiy dramaturgiyaning aralash toifasini tanlaydi: unda 
anʼanaviy solo va ansamblь nomerlari bilan bir qatorda, yaxlit 
sahnalar ham mavjud, yaʼni tugal solo opera shakllari – ariya, 
qo‘shiq, kavatina ayni paytda, ham alohida, ham sahna ichida 
yangraydi. 
Аnsambl sahnalari ham yangicha joylashadi: ular kichik 
53 


solo ariozo epizod (lavha)lari va qisqa ansambllar (ko‘pincha ariozo 
ansamblga o‘tadi) hamda ko‘p sonli rechitativlar ketma-ketligidan 
tuziladi. Operada I va III pardalarning duet hamda tertsetlari. 
Operada ansamblning yangi toifasi paydo bo‘ladi – ansambl`-sahna. 
Dramaturgiyaning asosiy bosqichlari.
Katta opera qonunlariga ko‘ra, syujet chizig‘ining rivojlanishi har 
bir pardada mavjud bo‘lgan avjlar bo‘ylab tuziladi. I parda turli 
voqea-hodisalarga boy bo‘lib, undagi 2-sahna – boshlanishi – Knyaz 
Natashaga ayriliq haqida so‘zlaydi; pardaning ikkinchi yarmidagi 
xalq xoridan so‘ng - dramaning rivoji – Natasha va Knyaz, Natasha 
va Tegirmonchining avj (kulminatsion) sahnalari; mazkur parda 
finalida – yakun – Natashaning halok bo‘lish sahnasida II pardadagi 
dramatik cho‘qqi – Natashaning qo‘shig‘i, III pardada – Tegirmonchi 
va Knyaz sahnasi (2-manzara), IV parda sahnasida – suv parilarining 
Malikasi Knyazni Dnepr to‘lqinlariga chorlaydi. 
Dramaturgiya xususiyatlari.
“Suv parisi”ning mazmuni 
Аleksandr Dargomijskiydan opera 
dramaturgiyasiga yangicha yondashuvni talab etdi. Realizm, 
voqealarning keskin ziddiyatli to‘qnashuvlari, obrazlarning 
emotsional-psixologik talqini, milliy kolorit, buning natijasida 
o‘zining janr alomatlari bilan liriko-psixologik musiqiy dramani 
xalqchil-maishiy opera bilan mutanosiblashtirgan asar paydo bo‘ldi. 
Dramatik kulminatsiyalarda deyarli barcha pardalarda kompozitor 
ziddiyat rivojining yaxlit tamoyilidan foydalanadi, undagi muhim rol 
54 


har bir obraz ifoda vositalarining xarakterli majmuasiga ega vokal 
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling