O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

 
“Kamarinskaya” (1848). Opera va vokal asarlar yaratuvchi har 
qanday kompozitorda bo‘lgani kabi M.Glinkaning simfonik ijodi 
ham musiqiy-dramatik obrazlar bilan muvofiqlashadi. “Ivan 
Susanin”, “Knyaz Xolmskiy” fojeasiga musiqa, epik opera “Ruslan 
va Lyudmila” – bu asarlarda simfoniyachi sifatida Glinkaning ijodiy 
metodi o‘zining to‘liq va mukammal ifodasini topdi. U o‘zining 
klassik orkestr asarlariga faqat hayotining so‘nggi yillarida, 
kompozitor-dramaturg tajribasi bilan qurollangan, opera janrining 
ustasi bo‘lib keladi.
Аjoyib simfonik fantaziya “Kamarinskaya” (1848) shunday 
asarlardandir. “Butun “Rus simfonik maktabi” – xuddi yong‘oq 
ichidagi eman kabi bitta “Kamarinskaya” ichidadir. Va bu manbadan 
rus mualliflari hali ko‘p narsa oladilar, zero undagi butun boylikni 
o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt va ko‘p kuch kerak”, - deya o‘ta aniq 
va obrazli taʼrif bergan edi P.I.Chaykovskiy o‘z kundaligida . 
Darhaqiqat: erkin va yengil yozilgan bu kichik asar – xalq hayotidan 
olingan manzara, - rus simfonizmi tarixida asos soluvchi burilishli 
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Kompozitor orkestr fantaziyasining janr g‘oyasi borasida bir 
tomondan, xalq mavzularidagi maishiy variatsiyalar va Pashkevich 
hamda Fominlarning xalqchil-janrli uvertyuralaridan boshlanuvchi 
XVIII asr cholg‘u musiqasi a
nʼanalarini davom ettiradi. Boshqa 
42 


tomondan, xuddi M.Glinka operalaridagi kabi xalqchil materialga 
bo‘lgan yondashuvning o‘zi sezilarli darajada yangi bo‘ladi. 
M.Glinkaning “Kamarinskaya”si - bu buyuk “rus skertsosi” bo‘lib, 
unda rus xalqining xarakteri, hazil-mutoyiba va lirikasi o‘zaro 
mutanosiblashadi. Bunda kompozitor oddiy xalqchil mavzularga – 
to‘y qo‘shig‘i “Baland-baland tog‘lar ortidan” (“Iz-za gor, gor 
visokih”) 
va raqssimon “Kamarinskaya”ga yuksak nazmiy maʼno 
baxsh etadi. 
Fantaziyaning dramaturgik g‘oyasi asl glinkacha birlik bilan 
ajralib turadi. “O‘sha paytda men tasodifan qishloqda eshitgan 
“Baland-baland tog‘lar ortidan” (“Iz-za gor, gor visokih”) nomli to‘y 
qo‘shig‘i va barchaga tanish raqsbop “Kamarinskaya” o‘rtasidagi 
yaqinlikni topdim”, - deya yozgan edi Glinka o‘z “Yozishmalar”ida. 
Kompozitorga aynan shu “yaqinlik”, bir-biriga mutlaqo 
o‘xshamagan, bir qaraganda o‘zaro kontrast bo‘lgan ikki mavzuni 
rivojlantirish metodini aytib beradi. To‘y qo‘shig‘ining ulug‘vor 
ohanglari “Kamarinskaya”ning quvnoq, shaddod va raqsbop kuyiga 
ichki olami bilan yaqin ekan. Umumiy pastlovchi ohang – 
subdominantadan lad tonikasiga yurish – ikkita obrazni birlashtirib, 
ularning asta-sekin o‘sib, o‘zaro yaqinlashishiga asos bo‘lib xizmat 
qiladi. M.Glinka “Kamarinskaya”da yagona yaxlit shaklni yaratar 
ekan, anʼanaviy klassik sonatalilikka murojaat etmaydi.
Fantaziyaning umumiy kompozitsiyasi fa major – re major tonal 
rejali qo‘sh variatsiyali deb nomlanuvchi ikkita mavzuga variatsiyani 
namoyon etadi. M.Glinka xalq uslubi anʼanalariga rioya qilgan 
43 


holda, mavzularning barcha yangi variantlarini o‘zgartirib, 
rivojlantiradi. 
Аgar bu ikki mavzu asar boshida o‘zaro qarama-qarshi 
qo‘yilgan bo‘lsa, fantaziyaning oxirida ular yagona bir butunlikka 
birlashadi. Bunda kompozitor rus musiqasi xarakteriga xos bo‘lgan 
ovozosti polifoniyasi tamoyili va nafis bezakli cholg‘u variatsiyalari 
tamoyilidan foydalanadi. Har ikki tamoyil ham Glinka tomonidan 
tanlangan mavzularning janr alomatlariga to‘liq javob beradi: 
qo‘shiqda – polifonik rivoj, raqsbop cholg‘u ohanglarida – variatsion 
bezaklar. Mazkur asarning qiymati shundaki, M.Glinka unda rus xalq 
va g‘arbiy yevropacha klassik polifoniya usullarini nozik 
mutanosiblashtiradi.
Musiqaning umumiy rivoji o‘zining dinamikligi va 
intiluvchanligi bilan tavsiflanadi. Unda faol va raqsbop mavzu 
hukmronlik qiladi; to‘y qo‘shig‘ining ravon rivojlanishi muqaddima 
bo‘limidek qabul qilinadi. U polifonik variatsiyalar guruhini 
namoyon etadi: “To‘y” qo‘shig‘ining sokin mavzusi 
kontrapunktlanuvchi ovozlar bilan tobora boyib boradi va faktura 
orkestrning shaffof kuyidan mahobatli xor jarangiga o‘tib 
zichlashadi. Variatsiyalarning butun guruhi rus raqslari kontrast 
obrazlarining paydo bo‘lishini tayyorlab beradi. 
“Kamarinskaya” orkestrlanishining muhim xususiyatlariga torli 
cholg‘ularning o‘ziga xos rolini kiritish mumkin – bu qo‘shiq 
kantilenasidan to shiddatli “balalayka” pitstsikatosigacha, 
shuningdek, yog‘och damli cholg‘ulardan zich foydalanishdir. 
Kompozitor birorta ham xalq cholg‘usidan foydalanmagan holda, 
44 


tembrlar imitatsiyasiga intiladi. Shu tariqa, svirel, rojok va jaleyka 
kuylari, shuningdek, balalayka ohanglari eshitilib turadi. 
M.Glinkaning “Kamarinskaya”si – bu rus simfonik musiqasining 
keyingi rivoji uchun nihoyatda boy manbadir, u bevosita 
M.Glinkaning taʼsiri ostida yaratilgan M.Balakirevning ilk 
uvertyuralarida, M.Glinkadagi eng asosiy holat – xalq hajviy 
sheʼriyatini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan Lyadov miniatyuralarida, 
keyinchalik XX asr kompozitorlaridan S.Prokof`ev, D.Shostakovich, 
R.Shedrin va boshqa ko‘plab ijodkorlar tomonidan davom ettiriladi.
Glinkaning simfonik asarlari orasida uning Vals-Fantaziyasi 
alohida o‘rin tutadi. Bir nechta nashrlar yaratildi, dastlab Glinka 
pianino uchun asar yozdi, so‘ng uni kengaytirdi va orkestr uchun 
asboblar yasadi. 1856 yilda u yana bir qator o‘zgarishlarni amalga 
oshirdi, tembr palitrasi va orkestrning yorqinligi tufayli u eng yorqin 
simfonik kompozitsiyalardan biriga aylandi. Asosiy mavzu rus 
raqslari motivlariga asoslangan, tushayotgan triton qo‘shig‘i tufayli 
nafislik va elegiya 
elementlarini 
egallaydi.
Orkestrning torli guruhining ustunligi xayolotning lirik kayfiyatini 
ko‘taradi, ammo qarama-qarshi epizodlarning o‘zgarishi - elegiydan 
dramatikgacha, bu asarni idrok etishda ba'zi bir yaxlitlikka olib 
keladi.
45 


Mixail Glinka operalarida ham simfonik raqs musiqasiga katta 
ahamiyat bergan birinchi rus kompozitorlardan biri edi. Uning “Ivan 
Susanin” operasida polyak raqslar sahnalari, “Ruslan va Ludmila” 
operasidagi raqslari boshqa rus kompozitorlarni ijodida na`muna 
sifatida edi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling