O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


partiyasida ruscha ariozo-ohangdor rechitativining yangi toifasini


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия


partiyasida ruscha ariozo-ohangdor rechitativining yangi toifasini 
yaratdiki, keyinchalik u rus kompozitorlari operalarida o‘z 
rivojlanishiga ega bo‘ldi. 
M.I.Glinka o‘zining “Ruslan va Lyudmila”dek mahobatli 
operasida libretto asosi qilib olingan 
А.S.Pushkinning hajviy 
33 


hazilomuz mazmunini qayta ishlab, uning epik qirralarini 
kuchaytiradi va afsonaviy Kiev Rusiyasining ulug‘vor obrazlarini 
birinchi planga chiqaradi. Sahnadagi voqealar bilina hikoyalari 
tamoyillariga bo‘ysundirilgan.
“Podshohga baxshida hayot” dramaturgiyasi uchun xos bo‘lgan 
ziddiyatli rivojlanish metodi “Ruslan va Lyudmila”da o‘z o‘rnini 
manzarali muqoyasalar va vokal-simfonik sahnalarning yopiq 
shakllariga bo‘shatib beradi. M.I.Glinka ijodida Sharq olami (rus 
klassik operasida orientalizm shu yerdan boshlanadi) ilk bor rus va 
slavyan mavzulari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda o‘z ifodasini topdi. 
“Ruslan va Lyudmila” operasi – rus epik operalarining bevosita 
ajdodi bo‘lib, u 
А.Borodin va N.Rimskiy-Korsakov asarlarining 
obrazli olamiga yo‘l ochib beradi. Shunday qilib, Glinkaning har 
ikkita operasi XIX asrning opera san`atining rivojlanishi uchun katta 
ahamiyatga ega edi, ayniqsa tarihiy va epic ertakli janrlariga. 
M.I.Glinka simfonik asarlari rus simfonik musiqasining keyingi 
rivojini belgilab berdi. M.I.Glinka “Kamarinskaya”da milliy musiqiy 
tafakkurning spetsifik xususiyatlarini ochib berdi va xalq musiqasi 
hamda yuksak professional mahoratni o‘zaro sintezlashtirdi. Rus 
kompozitorlari-klassiklari ijodida “ispancha uvertyuralar” (ulardan 
“to‘dachi”larning janrli simfonizmiga yo‘l ochildi) va “Vals-
fantaziya” (uning lirik obrazlari P.Chaykovskiyning balet musiqasi 
va valslariga qardosh) anʼanalari davom ettirildi. 
M.I.Glinkaning romans janriga qo‘shgan hissasi muhim 
ahamiyat kasb etadi. uning vokal asarlari 
А.S.Pushkin sheʼriyati va 
34 


sheʼriy matnning musiqa orqali nafis yetkazilishi sabab, sheʼr va 
musiqaning to‘laqonli uyg‘unligini namoyish etadi. Shunday 
romanslardan “Men ajib lahzani eslayman”, “Tungi shabada” va 
boshqalar haqli ravishda vokal sanʼatining durdonalari hisoblanadi. 
M.I.Glinkaga musiqiy asarlardan tashqari, 1855 yilda va 
keyinroq, kompozitor o‘limidan so‘ng “Russkaya starina” jurnalida 
chop etilgan “Yozishmalar” nomli memuar ham tegishlidir. 
А.Serov 
tomonidan yozib olingan va “Muzikal`niy i teatral`niy vestnik”ning 
1856 yildagi bir nechta sonida nashr ettirilgan “Cholg‘ulashtirish 
xususidagi qaydlar” ham kompozitorning nihoyatda qimmatli 
asarlaridandir. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling