O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Savol va topshiriqlar: 
1. 
“Qudratli to‘da”ning har bir namoyandasiga bag‘ishlangan 
taqdimot tayyorlash. 
2. 
“Qudratli to‘da” kompozitorlarining estetik tamoyillarini sanab 
bering. 
3. 
“Qudratli to‘
da” namoyandalari opera sanʼatidagi asosiy 
janrlarni sanab bering. 
4. 
“Qudratli to‘
da” aʼzolari ijodida rus xalqining obrazi. 
5. 
“Qudratli to‘da” kompozitorlari ijodida fol
ьklorga munosabat. 
 
Modest Musorgskiy ijodi. 
Modest Petrovich Musorgskiy – dastlab ijodi kam o‘rganilgan va 
munosib baholanmagan atoqli kompozitor (1839-1881). Musiqada 
yangi yo‘llar izlovchi, novator, u o‘z zamondoshlari uchun yetarlicha 
musiqiy tayyorgarlikka ega emasdek tuyulardi. Hatto eng yaqin 
do‘sti N.
А.Rimskiy-Korsakov ham M.Musorgskiy asarlarining 
garmoniyasi, shakli va orkestrlanishini to‘g‘irlabgina ijro etish 
mumkin, deb hisoblardi, va u Musorgskiy vafotidan so‘ng bu ulkan 
ishni amalga oshirdi. Kompozitorning ko‘plab asarlari bizga 
Rimskiy-Korsakov versiyasi orqali tanish, jumladan “Boris 
Godunov” va “Xovanshina” operalari ham. Faqat ancha vaqt 
o‘tgachgina M.Musorgskiy ijodining asl mohiyati ochildiki, unga 
V.Stasov haqqoniy baho berdi, u shunday degan edi: “Musorgskiy 
85 


shunday insonlar sirasiga kiradiki, unga kelajak avlod yodgorlik 
qo‘yadi”. 
Uning musiqasi XX asr kompozitorlariga juda kuchli ta
ʼsir 
ko‘rsatdi, jumladan, mashhur Prokof`ev va Shostakovchich kabi rus 
ijodkorlaridan tashqari, frantsuzlarga ham. “Jonli insonni jonli 
musiqada yaratish”, “Shu vaqtga qadar hech bir ijodkorda bo‘lmagan 
hayotiy voqelikni yoki unga xos shakldagi turini yaratish” – 
kompozitor o‘z maqsadini shunday belgilar edi. Uning hayotiy 
aqidasi – hayotni va hayot haqiqatini ko‘rsatish edi, “u qanchalik 
achchiq bo‘lmasin”, ayni paytda u 
Аleksandr Dargomыjskiy 
anʼanalarining davomchisidir. Kompozitor ijodi xarakterini 
M.Musorgskiyning asosan vokal va sahnaviy janrlarga murojaati 
belgilab berdi. Uning yuksak yutuqlari – “Boris Godunov” va 
“Xovanshina” operalari, “Bolalar”, “Oftobsiz” va “
Аjal qo‘shiq va 
raqslari” kabi vokal turkumlaridir. 
Modest Petrovich Musorgskiy 1839 yil 9 martda Pskov 
guberniyasining Karevo degan joyida, o‘z shajarasini 
Ryurikovichlardan boshlab davom ettirayotgan dvoryanlar oilasida 
tug‘ildi. U bolalik chog‘idanoq barcha dvoryan bolalari kabi frantsuz 
va nemis tillari, shuningdek, musiqa bilan shug‘ullandi, bolakay 
musiqada, ayniqsa improvizatsiyada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 
M.Musorgskiy 9 yoshidayoq Jon Fil`d kontsertini chalgan bo‘lsa-da, 
tabiiyki, musiqa bilan professional mashg‘ulotlar o‘tash haqida gap-
so‘z yo‘q edi.
86 


1849 yilda oilasi uni Peterburgga yuboradi, u yerda uch yillik 
tayyorgarlikdan so‘ng M.Musorgskiy Gvardiya podpraporshiklari 
maktabiga o‘qishga kiradi. Bu uch yil musiqa uchun zoe ketmadi – 
bolakay poytaxtning eng yaxshi pedagoglaridan biri, mashhur 
J.Fil`dning shogirdi 
А.Gerkedan fortepiano saboqlarini oldi. 1856 
yilda M.Musorgskiy maktabni tamomlab, Preobrajenskiy polki leyb-
gvardiyasiga xizmatga tayinlanadi. U quruqlikdagi harbiy gospitalda 
navbatchilik vaqtida shu gospital shifokori 
А.Borodin bilan 
tanishadi. 
Аmmo bu tanishuv hali do‘stlikkacha bormaydi: sababi 
yoshdagi farq katta, qiziqishlar, ularning har birini qurshab turgan 
muhit turlicha edi. Musiqaga qattiq qiziquvchi va rus 
kompozitorlarining asarlari bilan yaqindan tanishishga intilgan 
M.Musorgskiy 18 yoshida 
А.Dargomijskiy uyida bo‘ladi. Аynan 
o‘sha yerda u o‘ziga ruhan yaqin bo‘lgan muhit hukmron ekanligini 
sezadi, shunda uning ilk asari – “Qaerdasan, yulduzcham” romansi 
paydo bo‘ladi. 

А.Dargomijskiyning uyida S.Kyui va M.Balakirev bilan 
tanishadi. 
Аynan shu uning keyingi hayotini belgilab berdi. 
M.Musorgskiy kompozitsiyadan atrofida musiqachilar to‘garagi 
jamlangan, va bu guruh keyinchalik “Qudratli to‘da” nomi ostida 
mashhur bo‘lgan M.Balakirev bilan shug‘ullana boshlaydi. Ushbu 
mashg‘ulotlar natijasi – bir nechta romanslar va fortepiano uchun 
sonata bo‘ldi.
U isteʼfosini tan olmagan oilasi bilan rishtani butkul uzib, 
merosdan voz kechadi. Shuningdek, u o‘z ustida ishlay boshlaydi – 
87 


psixologiya, falsafa, adabiyot bilan mustaqil shug‘ullanib, 
musiqaning turli janrlarida o‘zini sinab ko‘radi. Biroq, avval 
boshdanoq kompozitorni opera janri qiziqtirar, u to‘g‘ri keladigan 
syujet izlar edi. 
Аmmo unga simfoniya yozishdan boshlashni tavsiya 
etadilar, u bu asarni yozadi, faqat uni tugallamaydi. Keyinroq uni 
Flober romani asosidagi “Salambo” syujeti (ruscha tarjimada) 
qiziqtirib qo‘yadi.
1860-yillarning o‘rtalarida M.Musorgskiy asarlari paydo bo‘la 
boshladi va ular kompozitorning ustun jihatiga aniqlik kiritdi. 
M.Musorgskiy hayot qiyinchiliklari va azob-uqubatlarini o‘zida his 
qilgach, shu mavzuni yorituvchi sheʼriyat bilan qiziqa boshlaydi. Shu 
tariqa, uning N.
Nekrasov sheʼriga bastalagan, dehqonning og‘ir 
qismati xususidagi “Kalistrat” qo‘shig‘i, 
А.Ostrovskiyning 
“Voevoda” dramasidan olingan xalq qo‘shig‘i ruhidagi “Uxla, orom 
ol, dehqon o‘g‘li”, kompozitorning o‘z so‘zlari asosidagi “Svetik 
Savvishna” nomli maishiy manzarasi yaratildi. 
Аncha vaqt o‘tib 
muallif so‘zlari bilan kuylanuvchi “Seminarchi” asari yozildi. 
Keyinchalik u pul yetishmovchiligi sabab, xizmatga qaytishga 
majbur bo‘ladi, ammo musiqa va asar yaratishni hech qachon tashlab 
qo‘ymaydi. Va nihoyat, 1867 yilda birinchi yirik orkestr asari 
yaratiladi – bu “Taqir tog‘dagi Ivanova tuni”dir. M.Musorgskiy 
Gogol
ь asari asosidagi “Uylanish” nomli opera ustida ishlashni 
boshlaydi. Biroq, tez orada bu fikrdan voz kechadi, sababi u deyarli 
ariyasiz, xorsiz, ansamblsiz faqat rechitativga asoslangan opera 
yaratishning iloji yo‘q, deb hisoblaydi. 
88 


1860-yillar oxirida M.Musorgskiy diqqat-
eʼtiborini “Boris 
Godunov” operasi ustida ishlashga qaratadi, mazkur asar 1870 yilda 
Mariinskiy teatrga topshiriladi. Biroq, opera beso‘naqay kattaligi va 
noodatiy vokal shakllari sabab, qabul qilinmaydi. Operada ayol 
rolining yo‘qligi asar qabul qilinmaganligining asosiy sabablaridan 
biri edi. Kompozitor asta-sekin o‘z asarida yetishmagan holatlarni 
bartaraf etadi: u polyakcha sahnalar va Marina Mnishek partiyasini 
hamda Kromalar ostidagi sahnalarni kiritadi. Operaning ikkinchi 
tahriri ustida ishlayotganda M.Musorskiyga N.Rimskiy-Korsakov 
yordam beradi. U royal
ь oldidagi vaqtlarini do‘stona o‘tkazib, har 
ikkisi rus tarixidan olingan syujetga opera yozadilar (Rimskiy-
Korsakov “Pskovityanka”ni yaratadi), xarakteri va ijodiy tamoyillari 
mutlaqo har xil bo‘lgan bu ikki ijodkor bir-birini ajoyib tarzda 
to‘ldirar edi.
1873 yilda “Bolalar” turkumi Repin rasmlari bilan bezatilgan 
holda bosmadan chiqadi, va ham omma, ham musiqachilarning 
birdek eʼtirofiga sazovor bo‘ladi, jumladan F.List asarning yangiligi 
va noodatiyligini yuksak baholaydi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, 
kutilmaganda kompozitorning do‘sti, musavvir Viktor Gartman vafot 
etadi. 1874 yilda M.Musorgskiyning “Ko‘rgazmadagi rasmlar” nomli 
mashhur fortepiano turkumi paydo bo‘ladi, u bevosita 
V.Gartmanning vafotidan keyingi ko‘rgazmasidan olingan 
taassurotlar asosida yaratiladi. 
Bu vaqtda Golenishev-
Kutuzov sheʼrlariga “Oftobsiz” nomli 
g‘amgin va fojeviy turkum yaratiladi. Bundan tashqari kompozitor 
89 


“Xovanshina” nomli yangi opera ustida ishlashga kirishib ketadi, uni 
yana rus tarixidan olingan syujet o‘ziga jalb etadi. Shuningdek, u 
Gogol asari asosidagi “Sorochinskaya ko‘rgazmasi” syujetiga ham 
qiziqib qoladi. Biroq, uning hayotidagi yaxshi kunlar tobora kamayib 
boradi, shu bois bu opera ustidagi ish ham chetga surib qo‘yiladi.
M.Musorgskiy o‘sha 1874 yili ko‘rgazmada tomosha qilgan 
Vere
щagin kartinasi asosida “Unutilgan” nomli vokal ballada yozadi. 
Kompozitor hayoti yanada og‘ir va zulmatli bo‘lib qoladi. Doimo 
qalin do‘stona muloqotga intilgan M.Musorgskiyga “Qudratli 
to‘
da”ning deyarli tarqalib ketgani qattiq taʼsir qiladi, bu xususda u 
o‘zining V.Stasovga yozgan xatlaridan ham bir necha marta 
taʼkidlaydi. Ijodiy inqiroz o‘z o‘rnini moddiy qiyinchiliklar va 
alkogolizmga bo‘shatib beradi. 1875 yilda u ijara haqini to‘lamagani 
uchun ko‘chaga haydaladi. Shundan keyin bir muddat 
А.Golenishev-
Kutuzovnikida, so‘ngra eski tanishi, sobiq dengiz ofitseri, 
kompozitor ijodining ashaddiy muxlisi Naumovnikida yashaydi. 
А.Golenishev-Kutuzov sheʼrlariga u o‘zining eng fojeali vokal 
turkumi “
Аjal qo‘shiq va raqslari”ni bastalaydi. 
M.Musorgskiy keyinchalik xonanda D.Leonova bilan birga 
Rossiyaning yirik shaharlari bo‘ylab katta gastrol safariga chiqadi. 
Bu ijodiy safar davomida rus kompozitorlari operalaridan ariyalar, 
rus va chet el kompozitorlarining romanslari ijro etiladi. Bundan 
tashqari kompozitor solo nomerlari, “Ruslan va Lyudmila” hamda 
shaxsiy operalarining transkriptsiyalari bilan chiqishlar qiladi. Bu 
unda ruhiy ko‘tarinkilik, yangi ijodiy faollik uyg‘otadi. Mashhur 
90 


“Burga” qo‘shig‘i, fortepiano p`esalari, orkestr uchun katta p`esa 
g‘oyasi paydo bo‘ladi. “Sorochinskaya yarmarkasi” va “Xovanshina” 
ustidagi ish davom ettiriladi. 
Keyingi yilning yanvar
ь oyida M.Musorgskiy davlat xizmatini 
butkul tashlaydi. Uning do‘stlari “Xovanshina” operasini tugallashi 
uchun ozgina pul topib berishadi. Biroq kompozitorning sog‘lig‘i 
butunlay yomonlashadi, u uy kontsertlarining birida xushini 
yo‘qotadi. M.Musorgskiy 16 martda vafot etadi, u bor-yo‘g‘i 42 
yoshda edi. “Qudratli to‘da”ning barcha kompozitorlari singari u 
ham Sankt-Peterburgdagi 
Аleksandr-Nevskiy qabristoniga dafn 
etiladi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling