O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
partituralaridan biri sanaladi. “O‘lmas Kashey” operasida (E.M.Petrovskiy syujeti, N. А.Rimskiy-Korsakov librettosi) yovuz kuchlar ifodasi bilan bog‘liq monoton, “tund” kolorit hukmronlik qiladi. Unchalik mahobatli bo‘lmagan, qahrli Kashey va beshafqat, ammo rom etuvchi-go‘zal Kashey xonim obrazlari tashqi tomondan bir-biriga o‘xshamasa-da, ularning musiqiy tavsiflari ko‘p jihatdan o‘zaro umumiydir. Аsarning umumiy zulmatli-yovuz xarakterini yog‘och damli cholg‘ularning yo‘g‘on, sovuq tembrlari va surdinali mis damlilar hamda sul ponticello torlilarning “tikanli” jarangi, murakkab ladlar tizimiga asoslangan o‘ta keskin, dissonant mutanosibliklarga boy garmoniya belgilab beradi. 133 “Ko‘rinmas Kitej shahri haqida rivoyat” operasi har jabhada g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turuvchi asar bo‘lib, unda N. А.Rimskiy- Korsakov opera ijodidagi muhim dramaturgik va uslubiy tendentsiyalar murakkab, ko‘p rejali yaxlit kontseptsiyani ko‘p jihatdan umumlashtirib beradi. Kompozitor ijodidagi bosh muammolardan biri nazmiy afsona va diniy-nasroniylar tomoshalari orqali ifodalanuvchi ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash bo‘lib, u bunda ikki jabhada beriladi – xalqona-vatanparvarlik va ahloqiy. Kompozitor operaning ikki asosiy qahramoni Fevroniya qiz va Grisha Kuter`mani o‘zaro qarama-qarshi qo‘yadiki, ularning har biri muayyan falsafa va hayotiy qarashlar targ‘ibotchisidir. Operaning dramaturgik ko‘p qatlamliligi epik, dramatik va lirik tamoyillarning o‘zaro mutanosiblashuvi hamda o‘ zaro taʼsiriga olib boradi, bunda asar o‘zining rivoyat janrida hikoyanavis-epik doirada ifodalanadi. U ommaviy sahnalar rang-barangligida namoyon bo‘ladi – bular maishiy janrli (Kichik Kitejda), ziddiyatli-dramatik, harakatli (tatarlar bosqini), statik-oratorial (Buyuk Kitejda, ko‘rinmas shaharda), obrazlarning turlicha yechimlarida – epik jihatdan umumlashgan (Knyaz Yuriy, Poyarok, Vsevolod), dramatik- psixologik jihatdan chuqurlashtirilgan (Grisha Kuterma) va lirik (Fevroniya). “Rivoyatning” musiqiy dramaturgiyasi operaning asosiy g‘oyalari bilan bog‘liq eng muhim intonatsion-mavzuiy majmualarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri izchil rivojiga tayanadi. Ushbu rivojlanishning asosiy tashkil etuvchilari simfonik yoki vokal- 134 simfonik lavhalardir: “Sahroga olqishlar” muqaddimasi, Fevroniya monologi (1- va 4-aktlarda), “Kerjentsdagi jang” va “Ko‘rinmas shahardagi yurish”dir. N. А.Rimskiy-Korsakovning opera ijodi nafaqat rus madaniyati rivojida, balki jahon opera sanʼatida ulkan ahamiyat kasb etib, uning anʼanalari keyingi avlod kompozitorlari tomonidan munosib davom ettirildi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling