O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Savol va topshiriqlar:
1. А.Borodin ijodining asosiy yo‘nalishlari va janrlarini ayting 2. “Knyaz Igor” operasi bo‘yicha loyiha-taqdimot tayyorlang. 3. А.Borodinning Sharq mavzulariga murojaat etilgan asarlarini sanab bering. 4. 2 -chi Simfoniya boyicha jadvalni to‘ldiring: Simfoniya xaqida ma`lumot I qism II qism III qism IV qism 117 Nikolay Rimskiy-Korsakov ijodi. Nikolay Аndreevich Rimskiy-Korsakov (1844-1908) – atoqli rus kompozitorlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati serqirradir: u pedagog, musiqiy-jamoat arbobi, dirijyor va ko‘p sonli kompozitorlarning ustozidir. Bundan tashqari, u Peterburg dengiz korpusini tamomlagan dengiz ofitseri bo‘lib, dunyo bo‘ylab suzishlarda ishtirok etgan. 1860-yillar boshida N.Rimskiy-Korsakov “Qudratli to‘da” to‘ garagining aʼzosi aylandi, va o‘z navbatida, bu guruh kompozitor shaxsi hamda estetik qarashlarining shakllanishiga muhim t aʼsir ko‘rsatdi. M. А.Balakirev rahbarligida uning №1-simfoniyasi, “Serb fantaziyasi”, bir qator romanslari va boshqa asarlari yaratildi. Shu yillarda N. А.Rimskiy-Korsakovning ijodiy individualligi avvalo dasturli cholg‘u asarlarida namoyon bo‘ldi, ular orasida: “Sadko” simfonik musiqiy manzarasi, №2-simfoniya “Аntar” kabilar bor. Bu yillarda u opera janriga murojaat etadiki, mazkur janr keyinchalik kompozitor ijodining yetakchisiga aylanadi (1872 yilda uning L. А.Mey dramasi asosidagi “Pskovityanka” operasi yaratildi). 1870-yillardan boshlab N. А.Rimskiy-Korsakov musiqiy faoliyatining sarhadlari kengaydi va u darhaqiqat serqirra bo‘ldi: kompozitor Peterburg konservatoriyasi professori (1871 yildan u kompozitsiya va cholg‘ulashtirish fanlarini o‘qita boshladi), Dengiz muassasasining damli cholg‘ular inspektori, Bepul musiqa maktabi direktori, simfonik kontsertlar dirijyori, keyinchalik esa opera spektakllari dirijyori, Saroy kuylovchi kapellasi boshlig‘ining yordamchisi, Belyaev to‘garagining rahbari bo‘ldi. 1870-yillarning 118 o‘rtalarida o‘z kompozitorlik texnikasini takomillashtirish ustida ishlaydi. 1880- yillarda simfonik janrlarga katta eʼtibor qaratadi. 1890-yillar boshida kompozitor ijodiy faoliyatida biroz pasayish kuzatiladi (bu davrda u falsafani o‘rganib, maqolalar yozadi, o‘zi avval yaratgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqib, tahrir qiladi). 1890-yillarning 2-yarmida N. А.Rimskiy-Korsakov ijodi nihoyatda shiddatli tus oldi: “Sadko” (1896) va “Shoh kelini” (Mey asari asosida, 1898) operalari yaratildi. 1905-1907 yillar Inqilob davrida N.Rimskiy-Korsakov bosh ko‘targan talabalar talablarini faol qo‘llab-quvvatlab, Peterburg konservatoriyasining reaktsion maʼmuriyati harakatini ochiq muhokama qiladi (shundan so‘ng u konservatoriyadan bo‘shatiladi, konservatoriyaga qisman avtonom huquqlarini taqdim etib, rahbariyat o‘zgargandan keyingina qaytadi). N. А.Rimskiy-Korsakov ijodi nihoyatda o‘ziga xos bo‘lib, ayni paytda klassik anʼanalarga tayanadi. Xalq ohanglariga tayanish, musiqiy tafakkurning aniqligi, nafis artistizm uni M.I.Glinkaga yaqinlashtiradi. 1860-yillarning progressiv g‘oyaviy-badiiy oqimlari bilan bog‘liq N.Rimskiy-Korsakov xalq ijodiyotiga katta qiziqish bildirdi (u “Yuzta rus xalq qo‘shig‘i” nomli to‘plamning to‘plovchisi; “40ta xalq qo‘shig‘i” nomli to‘plamni garmoniyalashda qatnashgan. Fol ьklor, qadimgi slavyan mifologiyasi va xalq marosimlariga qiziqish kompozitorning “May tuni”, “Qorqiz”, “Mlada”, “Rojdestvodan oldingi tun”). N. А.Rimskiy-Korsakovning 15 ta operasi janrlar rang-barangligi (bilina, ertak, afsona, tarixiy-maishiy drama, lirik-maishiy 119 komediya), shuningdek, uslub, dramaturgiya va qatnashuvchi personajlar tavsifidagi strukturaviy yangilikni namoyon etadi. Uning operalarida nomerli struktura va muttasil rivojlanish, shuningdek, ommaviy va kamer sahnalar (rivojlantirilgan ansambllar bilan, va ularsiz) mutanosibligi mavjud. Uning ijodida rus xalq ijodiyoti obrazlari mavjud bo‘lgan ertaklar olamiga murojaat kuzatiladi. Bu yerda uning tasviriy-musavvirlik iqtidori, hayoliy lirikasi va emotsional ko‘tarinkiligi ochib beriladi. Insonning ichki olami va obrazlarning psixologik yoritilishiga bo‘ lgan eʼtibor “Motsart va Sal`eri” kamer operasi, “Boyarinya Vera Sheloga” nomli bir aktli opera va “Shoh kelini” nomli tarixiy dramada namoyon bo‘ladi. XX asr boshlaridagi rus sanʼatiga xos yangi tendentsiyalar, teatrsimonlik va xalq lubogi uslubi unsurlari taʼkidlangan “Shoh Saltan haqida ertak” operasi va “kuz ertagi” bo‘lmish “O‘lmas Kashey”da o‘z aksini topdi, bu asarda ertak mavzusi allegoriya va ramziylik bilan hukmrondir. Yuksak maʼnaviy-falsafiy muammolar “Ko‘rinmas Kitej shahri va Fevroniya qiz xususida rivoyat” nomli opera-afsonada ko‘tarilgan. Kompozitorning so‘nggi operasi – “chehralardagi soxtalik” “Oltin xo‘roz” – bu shohlar rejimi ustidan o‘ziga xos tarzda ayovsiz kulishdir. N. А.Rimskiy-Korsakov xonish, operaning asosiy ifodaviyligi deb hisoblagan. Uning operalarida orkestr ham muhim dramaturgik rolni bajaradi, va unga ko‘pincha mustaqil simfonik manzaralar, antraktlar topshiriladi, masalan, “Uch mo‘ ʼjiza” (“Shoh Saltan haqida ertak”), “Kerjentsdagi jang” (“Ko‘rinmas Kitej shahri va Fevroniya 120 qiz haqida rivoyat”) shu jumlaga kiradi. N.Rimskiy-Korsakov operani avvalo musiqiy asar sifatida ko‘rib chiqib, librettoga katta eʼtibor beradi. U syujetlarni sinchiklab tanlaydi, libretto ustida ishlashda har bir tafsilotga eʼtibor beradi. Kompozitor librettochi V.I.Belskiy bilan muvaffaqiyatli ishladi. N. А.Rimskiy-Korsakovning simfonik ijodi operadek ko‘p rejali emas. Kompozitor musiqiy tafakkurining obrazli konkretliligi uning dasturli va janrli simfonizmga nisbatan moyilligini belgilab berdi. Uvertyura (fantaziya), simfonik manzara va syuita kabi shakl va toifalar ustunligi shundan kelib chiqqan. Uning orkestr uchun yozgan eng sara asarlari – “Ispan kaprichchiosi” va “Shahrizoda”dir. N. А.Rimskiy-Korsakov ijodiy merosida kamer-vokal lirikasi muhim o‘rin tutadi. Uning tomonidan 80 ta romans, jumladan, “Bahorda”, “Shoirga”, “Dengizda” kabi vokal turkumlari yozilgan. N. А.Rimskiy-Korsakov o‘z ijodida turli xalqlar folkloriga tayanadi, u musiqiy fol ьklorning asl namunalaridan tez-tez foydalanadi va qo‘shiq ohanglarini o‘z kuylarida noyob tarzda qayta ijod qiladi. Shuningdek, kompozitor garmoniya va cholg‘ulashtirish sohasiga katta hissa qo‘shib, ularning koloristik imkoniyatlarini kengaytirdi va boyitdi, o‘zining lad-garmonik vositalar tizimini yaratdiki, uning asosida – murakkab ladlar (jumladan, xarakterli tovushqator – Rimskiy-Korsakov gammasi) yotadi; orkestrlash serjilolikni, yaniqlik va shaffoflikni o‘zaro mutanosiblashtiradi. U muhim maʼrifiy ishni amalga oshiradi, u dirijyor sifatida rus kompozitorlari ijodini targ‘ib qildi. Bundan tashqari, uning 121 muharrirlik ishlari ham bebaho, ular sabab, rus musiqasining ko‘plab asarlari ijro etildi va nashr qilindi ( А.S.Dargomijskiyning “Tosh mehmon”, А.P.Borodinning “Knyaz Igor”, M.P.Musorgskiyning “Boris Godunov”, “Xovanshina”). N. А.Rimskiy-Korsakov shuningdek, M. А.Balakirev va А.K.Lyadov bilan hamkorlikda M.I.Glinkaning opera partituralarini tayyorlab, chop ettirdi. Uning pedagogik faoliyati mutlaq ahamiyatga egadir. Kompozitorlik maktabi yaratuvchisi N. А.Rimskiy-Korsakov 200 ta kompozitor, dirijyor va musiqashunoslarni tarbiyaladi. Pedagogik tajribaning qisman umumlashmasi - uning garmoniya va orkestrlash bo‘yicha darsliklari bo‘lsa, qimmatli tarixiy hujjat – “Musiqiy hayotim yilnomasi” (1906). N. А.Rimskiy-Korsakov 28 yoshida Sankt-Peterburg konservatoriyasining professori bo‘ldi. Bu vaqtda u orkestr uchun yozilgan noyob asarlar muallifi sifatida ham mashhurlikka erishgan edi: bu rus mavzulariga Uvertyura, serb xalq qo‘shiqlari mavzulariga Fantaziyalar, “Sadko” nomli rus ertagi bo‘yicha simfonik manzara va “ Аntar” nomli sharqona ertak syujetiga syuitalardir. Bundan tashqari, ko‘plab romanslar yaratildi, “Pskovityanka” operasi ustida ham ish qizg‘in borardi. Uning deyarli musiqiy tayyorgarliksiz kompozitor bo‘lganligi hech kimning hayoliga kelmagan edi (bu ayniqsa N. А.Rimskiy-Korsakovni konservatoriyaga taklif etgan direktorning hayoliga kelmagan). Nikolay Rimskiy- Korsakov sanʼat va badiiy qiziqishlardan yiroq bo‘lgan oilada dunyoga keldi. Uning ota-onasi oilaviy 122 anʼanalarga ko‘ra, bolani dengiz floti xizmatiga tayyorlaydilar (kompozitorning amakisi va katta akasi dengizchi edi). Garchi yosh Rimskiy-Korsakovning musiqiy qobiliyati erta namoyon bo‘lsa-da, kichik provintsial shaharchada musiqa bilan jiddiy shug‘ullanadigan odam yo‘q edi. Unga fortepiano chalish sabog‘ini qo‘shnisi, so‘ngra tanish tarbiyachi va shu tarbiyachining o‘quvchisi o‘rgatdi. Musiqiy taassurotlarni onasi va amakisining xavaskorlik ijrosidagi xalq qo‘shiqlari va Tixvindagi erkaklar monast ыrining diniy qo‘shiqlari to‘ldirar edi. Peterburgdagi Dengiz korpusiga o‘qishga kelgan N.Rimskiy-Korsakov opera teatri va kontsertlarga borar, M.I.Glinkaning “Ivan Susanin” va “Ruslan va Lyudmila” operalarini tomosha qilib, L.Betxoven simfoniyalarini tinglar edi. Va nihoyat, Peterburgda uning haqiqiy ustozi paydo bo‘ladi – bu ajoyib pianinochi va savodli musiqachi F.Kanilledir. U isteʼdodli shogirdiga o‘zi musiqa bastalashini maslahat beradi, uni M.Balakirev bilan tanishtiradi, bu inson atrofida esa yosh kompozitorlar uyushgan edi – M.Musorgskiy, S.Kyui, keyinchalik ularga А.Borodin qo‘shiladi. “To‘da”chilarning hech biri maxsus musiqiy tayyorgarlikni o‘tamagan edi. M.Balakirev ularni mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlagan tizim quyidagicha edi: u darhol masʼul mavzuni taklif etar, so‘ngra uning rahbarligida, hamkorlikdagi muhokamalarda, parallel ravishda mashhur kompozitorlar asarlarini o‘rganish bilan asar yaratish jarayonida yuzaga keladigan murakkabliklar hal etilar edi. 123 Dengiz xizmati bo‘yicha dunyo bo‘ylab sayohat sabab, uch yillik tanaffusdan so‘ng N.Rimskiy-Korsakov yana musiqa bilan shug‘ ullana boshladi. Noyob isteʼdod unga maktab asoslarisiz, musiqiy shaklni o‘zlashtirishda, yorqin rangli orkestrlash va asar bastalash usullarini o‘rganishda katta yordam berdi. Murakkab simfonik partituralar yaratgan, opera ustida ishlagan kompozitor musiqa ilm-fanining asl alifbosini bilmas, zarur atamashunoslikdan bexabar edi. Dastlab unga bildirilgan konservatoriyada o‘qitish taklifi kompozitor uchun butunlay kutilmagan hol edi, ammo u hayratomuz mehnatkashlik va yuksak masʼuliyat ko‘rsatib, o‘qitishi lozim bo‘lgan o‘sha asoslarni o‘rgana boshlaydi. N. А.Rimskiy-Korsakovning dunyoqarashi va estetik qarashlari 1860-yillarda “Qudratli to‘ da” aʼzolarining taʼsiri ostida shakllandi. O‘sha vaqtda kompozitor ijodining milliy asosi, demokratik yo‘nalishi, asosiy mavzu va obrazlari aniqlangan edi. N. А.Rimskiy- Korsakov faoliyatining keyingi o‘n yilligi serqirradir: u konservatoriyada ishlab, shaxsiy kompozitorlik texnikasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi (kanon va fugalar yozadi); Dengiz muassasasi damli orkestrining inspektori lavozimini egallab, simfonik kontsertlarga dirijyorlik qiladi; Bepul musiqa maktabida M.Balakirev o‘rniga direktor bo‘lib, M.Glinkaning har ikki operasi Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling