O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq: N. Rimskiy-Korsakov ijodiga asoslanib Klaster va Insert jadvallarni toldiring. N. А.Rimskiy-Korsakovning opera ijodi
126 Аsosiy asarlar: Operalar – Pskovityanka (1873; 2-tahriri 1878; 3-tahriri 1892), May tuni (1880), Qorqiz (1882), Mlada (1892), Rojdestvodan oldingi tun (1895), Sadko (1897), Motsart va Sal`eri (1898), Boyar ыnya Vera Sheloga (1898), Shoh kelini (1899), Shoh Saltan haqida ertak (1900), Serviliya (1902), O‘lmas Kashey (1902), Janob askarboshi (1904), Ko‘rinmas Kitej shahri va Fevroniya qiz haqida rivoyat (1904), Oltin xo‘roz (1907); Kantatalar – Svitezyanka (1897), Bashoratchi Oleg haqida qo‘shiq (1899) va b.; Orkestr uchun asarlar – 3 ta simfoniya (1865, yangi tahriri 1884; №2- simfoniya – Аntar, 1868, yangi tahriri 1897; 1873, yangi tahriri 1886), Sadko musiqiy manzarasi (1867), Serb fantaziyasi (1867), Ertak (1880), Rus mavzulariga Simfonietta (1885), Ispan kaprichchiosi (1887), Shahrizoda syuitasi (1888), Yorug‘ bayram (1888), Dubinushka (ad libitum aralash xori bilan, 1906) va b.; Cholg‘ular va orkestr uchun asarlar – fortepiano uchun kontsert (1883), skripka uchun Fantaziya (1886), violonchel ь uchun Serenada (1893) va b.; cholg‘ular va damli orkestr uchun asarlar; kamer- cholg‘u ansambllari; fortepiano p ьesalari; xor va orkestr uchun, a capella xori uchun asarlar; Kamer-vokal ansambllar; ovoz va fortepiano uchun 79 ta romans, qayta ishlangan xalq qo‘shiqlari. 127 Topshiriq: N. Rimskiy-Korsakov ijodiga asoslanib Klaster va Insert jadvallarni toldiring. N. А.Rimskiy-Korsakovning opera ijodi Kompozitorning uslub xususiyati va badiiy metodi opera ijodida yanada to‘laqonli ochildi. N. А.Rimskiy-Korsakovning 15 ta operasi janrli, dramaturgik, kompozitsion va uslubiy yechimlarning g‘ayrioddiy rang-barangligini namoyon etadi. Ular orasida nomerli strukturaga tortuvchi (“May tuni”, “Qorqiz”, “Shoh kelini”) va muttasil rivojlanishga moyil (“Motsart va Sal ьeri”, “O‘lmas Kaщey”, “Ko‘rinmas Kitej shahri haqida rivoyat”, “Oltin xo‘roz”); keng ommaviy sahnalarga ega (“Pskovityanka”, “May tuni”, “Qorqiz”, “Mlada”, “Sadko”, “Kitej”) va ommaviy sahnalarsiz operalar (“Motsart va Sal`eri”, “O‘lmas Ka щey”, “Vera Sheloga”,) rivojlantirilgan tugal ansambllar bilan (“Shoh kelini”) va ansambllarsiz (“Motsart va Sal`eri”, “Oltin xo‘roz”) asarlar mavjud. Har bir konkret vaziyatda janr, dramaturgik va uslubiy yechimlar tamoyillarini tanlash syujet mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Kompozitor uchun yagona opera shakli yo‘q edi, u syujetlar rang-barangligi ko‘ plab opera shakllarini cheklovsiz taʼminlab beradi, deb hisoblagan. Shunday bo‘lsa-da, operani avvalo musiqiy asar, deya taʼkidlagan N.А.Rimskiy-Korsakov ayni paytda, uning sheʼriy asosiga, adabiy uslub yagonaligi va izchilligiga nisbatan yuqori 128 talablar qo‘yar edi. U librettochilar ishini faol yo‘naltirar edi (ular orasida eng taniqlisi – V.I.Belskiy bo‘lib, u yuksak badiiy yutuqlarga ega “Shoh Saltan haqida ertak”, “Ko‘rinmas Kitej shahri haqida rivoyat”, “Oltin xo‘roz” kabi librettolar muallifidir). Bir qator opera librettolarini kompozitorning o‘zi yozgan. N. А.Rimskiy-Korsakov vokal asosining operadagi yetakchi rolini taʼkidlagan holda, ayniqsa ko‘plab tasviriy-musavvirlik lavhalarida orkestrga ham ulkan ahamiyat bergan, ham sof cholg‘u qismlariga (“Rojdestvodan oldingi tun”, “Sadko”, “Kitej”ga yozilgan muqaddimalar, “Shoh Saltan haqida ertak”dagi 3 ta antrakt), ham vokal-simfonik qismlarga (“Sadko”dagi fantastik sahnalar, “Mlada”dagi Triglav tog‘idagi sahna, “Oltin xo‘roz”dagi Yurish) katta eʼtibor qaratgan. Kompozitor operani asosiy intonatsion- mavzuiy majmualar rivoji bilan to‘yintirgan holda, uni simfoniyalashtiradi. Obrazlarning musiqiy tavsifida u leytmotivlar (shuningdek, leytgarmoniya, leyttembrlar)dan keng foydalanadi, ular kompozitorning keyingi operalarida asarning deyarli butun eng muhim mavzuiy materialini qamrab oluvchi sertarmoq tizimni hosil qiladi. N. А.Rimskiy-Korsakovni ayniqsa tarixiy mavzular ko‘proq qiziqtirar edi. Uning birinchi operasi – “Pskovityanka” (L. А.Meyning Ivan Grozniy zamonidagi voqealarni yoritgan tarixiy dramasi asosida) ko‘proq M.Balakirev to‘garagining estetik ko‘rsatmalarini aks ettiradi. Rus tarixining burilish davriga murojaat qilish, xalq sahnalarining keng rivojlanishi, ularning dramatik 129 jihatdan taʼsirli talqini, Grozniy obraziga psixologik ishlov berilishi, rechitativ va deklamatsiyaning ahamiyatli roli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri erkin rivojlanishga moyillik – bu operani xalqchil musiqali dramaga yaqinlashtiradi. Аyni paytda, unda N.А.Rimskiy-Korsakov uchun keyinchalik xos bo‘ lgan hikoyanavislik, ohangning xotirjam obʼektivligi ko‘rinadi, bu esa B. Аsaf`evga “Pskovityanka”ni “opera-yilnoma” deb atash imkonini berdi. Operaning yangi, korsakovcha spetsifik toifasi dramaturgiyaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan hajviy-lirik “May tuni”da shakllantirilib, “Qorqiz”da tugal ko‘rinish oladi, va “Rojdestvodan oldingi tun”, qisman “Mlada” kabi keyingi asarlarda saqlanib qoladi. Ushbu operalarda kompozitor keskin ziddiyatlar, kuchli inson shaxsi (istisno – “Mlada”) va tarang dramatik rivojdan voz kechadi. Uni urf-odatlar va diniy marosimlarga sodiq qolgan, xalq eʼtiqodi va mifologik tasavvurlarga burkangan tabiat hayoti bilan uzviy bog‘liq insonlarning turmush tarzi o‘ziga jalb etgan edi. Diqqat markazida voqeaning o‘zi emas, balki shoirona muhit turadiki, unda shu voqealar rivojlantiriladi. Operalarida keng xalq qo‘shiqchiligiga asoslangan marosim va o‘yin sahnalari (“Tariq” nomli xorovod, Troitskiy qo‘shig‘i, “May tuni”dagi suv parilar qo‘shig‘i; “Qorqiz”dagi maslenitsaning o‘tkazilishi, to‘y marosimi, dahlsiz o‘rmondagi sahna; “Mlada”dagi kolo raqsi; “Rojdestvodan oldingi tun”dagi kolyadkalar), tabiatning serjilo romantik manzaralari, fantastik sahnalar (“May tuni”dagi 130 hovuz qirg‘og‘idagi tun; “Qorqiz”dagi Prolog, o‘rmonning sehrli tuslanishi, ko‘ldan Ko‘klamning paydo bo‘lishi; “Rojedstvodan oldingi tun”dagi “Ilohiy oqshom” muqaddimasi) rivojlantirilgan fon hosil qilib, unda bosh qahramonlarning lirik chizig‘i bo‘rttirilib ko‘rsatiladi. Tabiat va turmush tarzi, real va noreallik bir-biridan farqlanadi; bu N. А.Rimskiy-Korsakov uchun xos bo‘lgan kontrast ayol obrazlarining o‘ zaro qiyoslani usullari orqali ham taʼkidlanadi (“May tuni”dagi Panna va Ganna; Qorqiz va Kupava; Mlada soyasi va Voyslava). Yuqorida taʼkidlangan tendentsiyalar “Sadko” operasida uning mahobatli ommaviy sahnalari (1, 4, 7-manzaralar), dengiz peyzajlari (“Ko‘m-ko‘k ummon-dengiz”, 5-manzara), suv osti saltanati fantastikasi (6-kartina) va ayollar obrazining parallelizmi (Volxova- Lyubova) bilan rivojlantiriladi. Bu operada real (qadimgi Novgorod hayoti) va fantastik (suv osti saltanati) muhit kontrasti musiqiy tilga yanada chuqurroq singdirilgan. Epik “opera-bi lina” janri spetsifikasini taʼkidlashga intilgan N. А.Rimskiy-Korsakov “Sadko”ning maishiy ko‘rinishlari uchun o‘zi tavsiflaganidek, bilina-ertak yoki aytim ruhidagi rechitativning alohida turini yaratadi. Simfoniyalashtirilgan fantastik sahnalar murakkab ladlar (“Rimskiy-Korsakov gammasi”) qo‘llanilgani sabab, uslubiy jihatdan yakkalangan. Keyingi 3 ta opera o‘zining emotsional rakursi bilan qiziqarlidir. Bu А.Pushkin qalamiga mansub “Kichik fojealar” asosidagi “Motsart va Sal`eri”ning kamer “dramatik sahnalar”idir. 131 Kompozitor kichik asar orqali, vokal kuy-ifodali rechitativ va ariozo deklamatsiyasining yangi toifalarini qo‘llagan holda, qahramonlarning ichki olamini ochib beradi. “Boyarinya Vera Sheloga” operasi o‘z toifasi bilan dramatik mono operaga yaqin turadi. Uning musiqiy mazmuni Veraning katta, erkin tuzilgan, simfoniyalashtirilgan sahnasi orqali ochib beriladi. N. А.Rimskiy-Korsakovning opera ijodida “Shoh kelini” o‘zining ziddiyatli dramaturgiyasi, voqealarining tarang rivojlanishi, yorqin avjlari, shakllantirilishining klassik tamoyillarga tayanishi bilan muhim o‘rin tutadi. Nomerli strukturaning aniq bo‘linganligi, vokal asosning yetakchilik qilishi, ariya va turli tarkiblar uchun mahorat bilan yozilgan, rivojlantirilgan ansambllar (duetdan to sekstagacha) “Shoh kelini”ni kompozitorning boshqa operalaridan ajratib turadi. N. А.Rimskiy-Korsakovning keyingi opera-ertaklaridagi guruhlar ham shunday rang-barangdir. “Shoh Saltan haqida ertak”da ham mazmunni (syujet, personajlar tavsifi), ham uni ifodalash usullarini birdek qamrab oluvchi shartlilik tamoyili hukmronlik qiladi. Bu operaning mutlaqo yangi toifasi bo‘lib, u naqshinkor bezakli, xalqona-teatr tomoshasi ruhida o‘z yechimini topgan. Bu yerda xalq sanʼati shakllariga tayanish vosita sifatida emas, balki ham asar uslubini, ham ijodkorlik metodini belgilab beruvchi o‘ziga xos maqsad, badiiy model sifatida namoyon bo‘ladi. Аsarning tasviriy-teatr tabiati shuningdek, ajoyib tarzda cholg‘ulashtirilgan simfonik antraktlarning dramaturgik jihatdan ahamiyatli rolida ham 132 ko‘rinadiki, ularning har biriga ertakdan olingan dasturli shoirona epigraf bog‘langan. N. А.Rimskiy-Korsakovning “Oltin xo‘roz” operasi XX asr boshlariga xos tendentsiyalarga tayanadiki, ularda hajviy yo‘nalish muhim rollardan birini o‘ynaydi. Dodon va uni saltanatining intonatsion sohasiga fantastik personajlarning tovush olami qarama- qarshi qo‘yiladi: bu Shemaxan malikasining sharqona bezakli, koloraturali-virtuoz partiyasi, Bashoratchi mavzusining miltillovchi jarangidir. Operada simfonik lavhalar ahamiyatli o‘rin egallaydi (“Dodonning tushi”, ertaknamo Yurish va b.). “Oltin xo‘roz” (xuddi “Shoh Saltan haqida ertak”dagi kabi) orkestr ranglarining boyligi va rang-barangligi jihatidan – N. А.Rimskiy-Korsakovning ajoyib Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling