O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Download 44.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/112
Sana10.11.2023
Hajmi44.62 Kb.
#1762903
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Bog'liq
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

T ojiklar ayur ani Afrosiyob 
Bu lurk beklariilan, uii belguluk 
To'nqa Alp Er edi quti belguluk.
Mahmud Qoshg'ariy “Devonu lug'otit turk”da Yusuf Xos Hojib 
bildirgan fikmi yanada aniqroq bayon qiladi:
“Turklarning mashhur qahramoni Afrosiyobni Alp T o'ng'a deb 
atashlariga sabab, uning shemi yiqitadigan botir pahlavon bo'lganligi
edi” .
... O'zbek milliy entsiklopediyasida Afrosiyobning “Avesto”da 
yana uchinchi bir nom bilan tarixga kirganligi yoziladi: “Afrosiyob- 
mifologik obraz, “Avesto”da "Frang-Krisyan” deb atalgan deyiladi. 
Keyinchalik bu ijobiy obraz Firdavsiyning ‘Shohnoma'‘siga Afrosi­
yob nomi bilan faoliyati salbiylashgan holda o'tadi. Entsiklopediyada 
Afrosiyobga munosabat masalasida bir muhim nuqta ko'rsatib 
o' liladi:
‘‘Afrosiyobning Eron podshohlari bilan jangga kirishuvi, ya'ni 
Erort bilan Turonning mifologik raqobati g'oyasi “Avesto”da yo'q. 
Afrosiyobni Eron shohlarining dushmani qilib ko'rsatish g'oyasi 
yozma abadivotga birinchi bo'lib Firdavsiyning l‘Shohnoma!'si orqali
39


kirgan... Bu talqinda Firdavsiy zamoni uchun muhim bo'lgan turk 
davlatchiligi va eroniy davlatlar orasida tarixiy yuzma-yuz turish- 
harbiy-siyosiy muxolitlik o 'z aksini topgan.6
Ana shu harbiy-siyosiy muxoliflik Afrosiyob - Alp Er To'ng'aga 
munosabat turkiy tilli manbalarda ijobiy, “Shohnoma” kabi forsiyza- 
bon manbalarida salbiy bo'lishga olib kelgan...
Dostonda ko'rsatilishicha, Alp Er To'ng'ani Eron shohi Kayxus- 
rav ziyofat paytida mayga zahar qo'shib berib o'ldiradi.
O'limi muqarrarligini sezgan Alp Er T o'n g'a sadoqatli yorini 
eslaydi va yaqin odamlaridan iltijo qiladi:
Turkon xotun huzuriga 
Mendan etkur vido qo'shig'in.
Aytgin: menga qilgan xizmatni 
Qilar cobug'chi endi unga...
Turon malikasi sevikli Alp yorini eslab musibat chekadi:
Ketdi ко zitnning nuri 
Ketdi tanamning ruhi 
Qaydan topaysevganim 
Qoldi cheki yo'q qayg'u...
Bunday iztirobga to'la samimiy so'zlami faqat chindan yashab 
o'tgan va el-yurt orasida sevimli bo'lgan qahramon haqidagina aytish 
mumkin. Biroq Alp Er To'ng'aning o'limidan keyin turk davlat­
chiligi uzoq vaqt inqirozli asrlarni (qariyb ming yildan oshiq ta'kid 
bizniki - N.B.) boshidan kechiradi.
Nihoyat, V l-V II (melodiy - N.B) asrlarga kelib Bilge xoqon va 
uning qahramon inisi Qultegin davrlarida turk buduni (xalqi) qayta- 
dan qad rostlaydi. Biz buni O'rxon va Enasoy daryolari bo'yida V I- 
V13 asrlarda toshga bitilgan dostonlardan bilamiz.
Xalq og'zaki ijodining ilk tajribalari notiqlik san'atiga. badiiy 
so'z san'atining ravnaqiga, yozma adabiyotga boy manba bo'lib
40


xizmat qilib kelgani va kelayotgani barchaga ma'lum, shu ma'noda 
“Alp Er T o'ng'a” dostoni, muqaddas kitob “Avesto”, O'rxon va 
Enasoy yodgorliklari va boshqa yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo 
xalqlarining tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini 
o'rganishda muhim manba bo'lish bilan birga, ma'lum Notiqlik 
san'atiga undovchi, unga manba bo'luvchi qimmatga ham egadir.
“Avesto”ning muqaddas kitob sifatida to4 la shakllanishi milod- 
dan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalariga to'g'ri keladi. “Avesto”da 
notiq foydalanishi lozim bo'lgan o'rinlar juda ko'p. Jumladan, 
“G'alla erdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, G 'alla o'rib 
olinayotganda devlar nola - faryod chekadi, G'alla yanchib un 
qilinayotganda esa devlar mahv bo'ladi... G'allaning m o'lko'l bo'li- 
shi go'yo devlaming labiga qizdirilgan temir bosgandek ulami 
tumtaraqay qiladi..." Bu jumlalar orqali odamlarni mehnat qilishga. 
mehnatga muhabbat bilan yondoshmoqqa chaqirish mumkin. Unda 
notiqlik kuchini oshiradigan da'vat mujassam. Demak, notiq l ohun 
bu kabi da'vatkorlikka undovchi misollar “Avesto”dan keng o'rin 
olganligidan ko'z yumib bo'lmaydi. “Avesto”dan o'rin olgan rivoyat 
va afsonalardagi vatanni himoya qilishga chorlovchi, qahramonlikka 
undovchi “Siyovush” (’’Siyovarshan” deb berilgan “Avesto”da) kabi 
qahramonliklaming butun xatti-harakati da'vatkorlik qudratiga ega. 
Biroq melodgacha notiqlik san'ati tarixi notiqlik maktablari uchun 
manba va material bera olgani holda, maktablar darajasiga o'sib 
chiqmagan bo'lishi mumkin. Ammo kim kafolat bera oladi, Qadimgi 
Afinada, Yunoniston va Rimda paydo bo'lgan Notiqlik maktab- 
larida yoki maktab darslildarining paydo bo'lishida “Alp Er To'ng'a" 
dostoni, “Avesto kabi muqaddas kitob“ yoki “Bundaxishn” hamda 
“Denxard” kabi qimmatli manbalaming ta'siri bo'lmaganligiga. 
Albatta ilm va fan qaerda bo'lmasin, qaysi bir xalqda yaratilmasin. 
o'zaro bir-biriga ta'siri bo'lishi tabiiy holat. Jahon ilmida o'zaro
41


ta'sir hamisha bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Shu asosda 
jahon fani, qaysi sohada bo'lmasin bir-birini to'ldirib, boyitib boradi.
Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning 
taraqqiyoti, shuningdek, va'zxonlik, “Qur'on”ni targ'ib qilish bilan 
mushtarak holda so'zning ahamiyati, ma'nosi va undan maqsadga 
muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko'p yaxshi fikrlar aytilgan.
Vaz'xonlikning, balog'at (chechanlik), Notiqlik san'atining 
o'suvi barobarida nutq oldiga qo'yilgan talablar mukammallashib 
bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Berunay, Abu Nasr Farobiy, Ibn 
Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Zamax- 
shariy, Abu Ya'qub Sakkokiy tilga, lug'atga, grammatika va mantiq- 
shunoslikka bag'ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga 
doir asai larida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.

Download 44.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling