orqali amalga oshiriladigan nutqdir. U yana boshqa nutqlardan diolo-
gik xarakteri bilan ham farqlanadi.
Teleradio jurnalistlari notiqligi
- bunda ko'rsatuv yoki eshitirish olib borayotgan jurnalist adabiy
tilda omma uchun tushunarli bo'lgan zaylda nutq so'zlashi, so'zlarni
aniq va ravshan ohang bilan talaffuz etishi muhim. Shuningdek fakt
va voqealarni bayon etishda,
o'z
nutqida qaytariqlarga yo'l qo'ym as-
ligi uchun oldidagi
matndan
foydalanishi
yoki
uni mukammal o'zla-
shtirgan bo'lishi lozim.
Diniy va'zxonlik
(notiqlik) - Bunga
nomoz
jumada, amri ma'ruflarda im om tomonidan qilinadigan ma'ruzalar
kiradi.
To'y, “o'rtakash”lari notiqligi
- bu holatda “o'rtakash”-
ning notiqligi uning bilim saviyasi bilan bog'liq. Ba'zilarining
gaplari tutruqsiz, ba'zilari ma'nili Notiqlik bilan to'yni boshqaradi.
Ular orasida bilimsizlari bo'lsa, notiqligi ham bachkanalashib bora-
veradi. Ular s.o'zlarining ohanggi bilan, baland ovozi bilan to'y
yig'inni boshqaradi. Bunday no'noq o' rtakashlami notiq deyish
qiyin. Ko'pincha obro'li to'ylarni aktyorlar boshqarmoqda. Ular-
ning nutqida “o'rtakash”lar notiqligini kuzatish mumkin.
Bularga qo'shim cha Notiqlikning yana bir qancha mayda
turlariga og'zaki suhbat, bahs-munozara, suhbat-semenar, oilada va
do'st tengqurlar o'rtasidagi Notiqlik ham kiradi.
Notiqlik san'atining shakllari ham mavjud bo'
lib,
bular mono-
logik va
diologik
notiqlik hisoblanadi.
Monologik
notiqlikka
ma'ruza, muzokora kabilar kirsa, diologik notiqlik - bahs-munoza
Do'stlaringiz bilan baham: |