O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Bo’zsuv kanalining o’ng sohilida balandligi 375 m bo’lgan ikkinchi teleminora


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Bo’zsuv kanalining o’ng sohilida balandligi 375 m bo’lgan ikkinchi teleminora - hozirgi
radio-televizion uzatish markazi qurib ishga tushirildi. Bu teleminora balandligi bo’yicha
jahonda Moskvadagi Ostankino, Toronto (Kanada), Tokio (Yaponiya) teleminoralaridan keyin 4-
o’rinda turadi, Markaziy Osiyoda 1-o’rinda turadi. Teleminoraning 100 m va 200 m
balandligida maxsus binolar joylashgan. Bulardan eng yuqorisida 5 dasturli ko’rsatuvlarga
mo’ljallangan televizion stantsiya, ulьtra qisqa to’lqinli 4 dasturli eshittirishga mo’ljallangan
radiostantsiya, meteorologik stantsiya va boshqalar, 100 m balandlikda esa «Koinot»
restorani, kuzatuv maydonchasi o’rin olgan. Radio-televizion uzatish markazi Toshkent
televideniesi ko’rsatuvlarini taxminan 100 km radiusda bevosita ko’rsatilishini ta’minlaydi.
Viloyatlarga va boshqa joylarga bu ko’rsatuvlar maxsus retranslyatsiya stantsiyalari oro’ali
uzatiladi.


98
O’zbekistonda Toshkent telestudiyasidan tashqari Nukus, Urganch, Termiz, Namangan,
Andijon, Samarqand, Qo’qon, Farg’ona, Buxoroda viloyat telestudiyalari ishlaydi. Bundan
tashqari 30 mahalliy va tijorat studiyalari faoliyat ko’rsatadi. Rossiya, Qozog’iston, Turkiya
teledasturlarini muntazam olib ko’rsatish, Xindiston, AQSH axborot dasturlarini qabul qilish
yo’lga qo’yilgan.
Matbuot tarqatish. Respublikada aloqa organlari matbuot nashrlarini tarqatish va
yetkazib berish ishlarini ham bajaradi. Vaqtli matbuotni tarqatishning asosiy shakli obuna bo’lib,
1991 yilga qadar gazeta va jurnallar tirajining 85% obuna yo’li bilan tarqatilgan. O’zbekistonda
aloqa vazirligi tizimida obuna bo’yicha va chakana savdo yo’li bilan vaqtli matbuot nashrlari
(mahalliy va chet el gazeta, jurnal, xaftaliklari)ni tarqatish maorif va umuman madaniyatni
rivojlantirishda tarixan katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1994 yil sobiq «Soyuzpechatь» respublika
boshqarmasi o’rnida ochiq tipdagi aktsiyadorlik jamiyati bo’lgan «Matbuot tarqatish
uyushmasi» ish boshladi. Uning 12 viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahridagi
korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Uyushma chakana savdo tarmoqlariga ham ega. Ular vaqtli
matbuot nashrlari bilan birga kitoblar, taqvimlar, pochta markalari, nishonlar va boshqa narsalar
ham sotadi.
Respublikada 2010 yilgacha aloqa tizimini ilg’or texnologiyalar va yechimlar bazasida

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling