200
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda
markazlashgan rejali,samarasiz iqtisodiy tizimdan
turli mulk shakllariga, tadbirkorlik
tashabbuskorligiga, erkin bozor va demokratik institutlarga asoslangan samarali bozor tizimiga
o’tish maqsadida amalga oshirildi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga kirishi - 2004 yilda
Yevropa Ittifoqiga Markaziy va SHarqiy Yevropa
mamlakatlaridan sakkiztasi, 2007 yilda esa
yana ikkitasining a’zo bo’lishi ushbu mamlakatlarning qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
qilish imkonini beradi.
Birinchidan, G’arbiy Yevropa bozorlarining ochilishi bu mamlakatlar
YaIMning barqaror
sur’atlarda o’sishini ta’minlaydi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga tayyorgarlik davri va undan
keyingi davrlarda Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy o’sish sur’atlari
Yevropa Ittifoqi 15 mamlakatlari ko’rsatkichlaridan 1,7 marta yuqori bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: