O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
bilan almashish holatini ifoda etadi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.2. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari.
bilan almashish holatini ifoda etadi.
Bu jarayon uzoq davrni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy institutlar tomonidan o’tish davrida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda quyidagi klassik tamoyillarni ta’minlash tavsiya etiladi: - Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; - Narxlarni erkinlashtirish; - Xususiy mulkni shakllantirish; - Davlat mulkini xususiylashtirish; - Ochiq iqtisodiyotni shakllantirish; - Davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini cheklash. Bozor munosabatlarini rivojlatirish uchun quyidagi shart sharoitlar talab etiladi: - Barqaror siyosiy rejimni o’rnatish; - Xo’jalik yuritishning bozor mexanizmini rivojlantirish, takomillashtirish; - Qulay investitsiya muhitini shakllantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etish; - Faol tashqi siyosatini olib borish; - Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo’lini rag’batlantirish. 26 Ваҳобов А.В., Таджибаева Д.А., Хажибакиев Ш.Х. “Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар”. Ўқув қулланма. Т.:”Молия”. 2011. 199 Bozor iqtisodiyotini o’sishda davlat alohida rolь o’ynaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi: - Oqilona soliq siyosatini yuritish; - Aholini ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish; - Infratuzilma tarmoqlarining rivojlantirish. Bozor munosabatlariga o’tishda mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini maksimal darajada hisobga olish bilan iqtisodiyotni isloh qilishning xorij tajribasidan, o’zgarishlarning barcha foydali iqtisodiy vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 14.2. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari. Markaziy va SHarqiy Yevropa ittifoqiga a’zo 10 ta Markaziy Yevropa (Vengriya, Pol’sha, CHexiya, Slovakiya ) va Janubiy SHarqiy Yevropa (Sloveniya, Bolgariya, Ruminiya), Boltiq bo’yi (Litva, Latviya, Estoniya) hamda Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lmagan Janubi- SHarqiy Yevropaning 6 ta (Albaniya, Xorvatiya, Bosniya, Gertsogoviniya, Makedoniya, Serbiya va CHernogoriya) mamlakatlari kiritiladi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda markazlashgan rejali, samarasiz iqtisodiy tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik tashabbuskorligiga erkin bozor va demokratik institutlarida asoslangan samarali bozor tizimiga o’tish maqsadida amalga oshiriladi. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatdi: - islohotlarni amalga oshirishning ratsionalligi va ketma-ketligi; - iqtisodiyot tarkibining shartlari va xarakteriga mosligi; - rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy texnik yordami; - xorijiy kapitalning roli. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari ushbu omillar ta’siriga bog’liq holda iqtisodiy jihatdan turli natijalarga erishishdi. Vengriya, Polьsha, CHexiya va Slovakiya intensiv isloh etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Bolgariya, sobiq Yugoslaviya respublikalari va Ruminiyaga nisbatan yuqori iqtisodiy o’sishga erishdi. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan taklif etilgan quyidagi tuzilmaviy elementlarga ega islohotlar modeliga amal qilishmoqda: Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling