O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Yangi industrial mamlakatlarning modellari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malayziya
- Janubiy Korea
- Janubiy darvoza
- Gonkong va Singapurga
Yangi industrial mamlakatlarning modellari:
1. Janubiy sharqiy Osiyo industrial mamlakatlari modellari – Milliy iqtisodiyotni tashqi bozor va eksportga tomon yo’naltirilganligi. 2. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarning modeli – import o’rnini egallashga qaratilgan. Janubiy SHarqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlarni Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlariga nisbatan tezroq rivojlanishiga asosiy sabablari quyidagilardan iborat: 194 - geografik o’rni; - siyosiy demokratik o’rni; - aholisiga xos tartiblilik, matonatlilik va intiluvchanlik kabi noiqtisodiy omillar. SHu nuqtai nazardan Malayziya tashqi savdo ko’rsatkichlari ancha ibratlidir. Mamlakat importining katta qismini oraliq tovarlar tashkil etadi. Oraliq tovarlar yakunlovchi operatsiyalarning bajarish uchun chetdan keltirilgan keyin xalqaro bozorga chiqariladigan tovarlar tushuniladi. SHuning uchun eksportda qayta ishlovchi elektron sanoat mahsulotlari yetkachi rolь o’ynaydi. Kauchuk, palьma yog’i, ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari, gazlama, kiyim- bosh, poyafzal, elektron mahsulotlari va boshqalar tashkil etadi. Janubiy Korea iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanishida eksport g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat hukumati litsenziya, qarz berish, importni kreditlash asosida eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan tashqi bozorga mo’ljal olish yo’lidan og’ishmay bordi. Natijada milliy firmalar orasida raqobat kuchaydi, eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni kuchaytirish “o’ziga xos” tarzda rag’batlantirildi. Janubiy Korealik iqtisodchi B.Songning aytishicha, Hukumat ko’rsatkichlarini bajarmagan yoki uning rejasiga mos ish yuritmagan korxonalar iqtisodiy infratuzilmadan uzib qo’yilgan (suv, elektr energiya berish to’xtatilgan). Mutaxassislarning fikricha bu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish cho’qqisiga chiqishiga asosiy sabab, ularning qulay geografik mintaqada joylashganligidir. M: Gonkong qadimdan Xitoyga borishdagi Janubiy darvoza vazifasini o’tagan. Tinch va Hind okeanlari tutashadigan Singapurni har doim sharqning G’arbiy darvozasi, deb atashgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu mamlakatlarning rivojlanishida ko’pgina omillarning uyg’unlashuvi uddaburonlik bilan yuritilgan soliq siyosati alohida ajralib turadi. Bu siyosat Gonkong va Singapurga ko’pgina chet-el savdo sotiq, sanoat kompaniyalarini moliya kapitalini jalb qilishiga imkon berdi. Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong va Tayvanga yirik g’arbiy biznesni tortgan magnit bu ishchi kuchining arzonligidir. M: birgina kiyim-bosh ishlab chiqaradigan korxonada ishchi kuchi qiymati AQSHda 19 $, Koreyada 9 $, Indoneziyada 6 $, Turkiyada 5 dollarni tashkil etadi. Yangi industrial mamlakatlar jahon iqtisodiyoti rivojining yangi zamonaviy bosqichidan uddaburonlik bilan foydalandilar: - iqtisodiyotning internatsionallashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining yanada rivojlantirilishi; - yirik ko’lamli ishlab chiqarishdan mayda seriyali ishlab chiqarishga o’tish; - ishlab chiqarishni bir joyga to’planishidan chiqarish, mayda, o’rtacha korxonalar ahamiyatini oshirish; - mulkchilik shakllarining ko’pligi; - inson omilining roli oshganligi iqtisodining intelektuallashishi, fan yutuqlariga tayanishi. Ushbu mamlakatlar yuksalishida Yaponiya alohida rol o’ynaydi, chunki kapitalni joylashtirish juda qulay. Yaponiya bo’yicha mutaxassis Ronald Morzening fikricha “Yaponiya yangi mamlakatlarning iqtisodiy kuchayishiga yordam berdi, hamda siyosiy strategik tayanchga ega bo’ldi”. Vaqt o’tishi bilan ushbu mamlakatlar murakkab texnologiyalarni yaratish, fan yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarishning rag’batlantirishning, malakali kadrlar tayyorlash uchun katta mablag’lar sarflashni, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda AQSH, Germaniya, Yaponiya bilan jiddiy raqobatchiga aylandi. Mamlakatda demokratiyani rivojlanishining muhim shartlaridan biri aholining farovonligini muayyan darajaga yetkazishdir.“AQSH ning ulug’vorligi – farovonligi oqibati” degan xitoy maqoli bor. Demokratiya – aqlning ulug’vorligini ya’ni sening e’tiqoding va 195 manfaatlaringa zid bo’lsa ham murosaga borishga, kelishishiga tayyorgarlikni bildiradi. Bu esa aholining farovonlik darajasi yuqori bo’lishini hech bo’lmaganda umumiy surunkali ocharchilik bo’lmasligini taqozo etadi. Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti rivojining yanada muhim sabablaridan biri umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berilishidir. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar “uchinchi dunyo” mamlakatlarining rivojlanishida yuksak ahamiyat kasb etmoqda. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi: Bir qator tarmoqlarda qullaniladigan texnika va texnologiyalar yetkazib berish (engil sanoat, to’qimachilik sanoati, elektron sanoati). Transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shuningdek investitsiya tovarlari yoki texnologiyalarini (litsenziyalarini) yetkazib beruvchilar sifatida ham muhim rolь o’ynaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni xom ashyo eksport qiluvchilardan tayyor mahsulotlarning sotuvchilarga aylantirish. Bunday bevosita qo’yilma, rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar uchun to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar yo’nalishidagi moliyaviy resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi.SHu jumladan, transmilliy korporatsiyalar an’anaviy jarayonlarinig tezlashuvini ta’minlaydi. Texnologik innovatsiyalar asosan sanoati rivojlangan mamlakatlarda to’plangan bo’lib, so’nggi 10 yilliklarda ular bir qator mamlakatlarda, asosan “yangi industrial muhitda” ko’proq tarqalgandir. Texnologiyalarni qo’llanishi, atrof-muhit bilan bog’liq bo’lishi mumkin. TMK filiallarining faoliyati ular tanlagan mamlakatlarning tabiati uchun, shuningdek insonlarning manfaati va ularning hayotiga tahdid solmasligi lozim. SHu munosabat bilan xususiy, shuningdek xorijiy korxonalar ustidan nazoratni o’rnatish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlardagi tartibot milliy organlarining faoliyatini kuchaytirishni talab etadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling