O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


OPEKning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlar o’rtasida, neftь siyosatini koordinatsiya


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

OPEKning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlar o’rtasida, neftь siyosatini koordinatsiya
qilish, neftь ishlab chiqaruvchilar o’rtasida neftь narxini haqqoniy va barqaror
saqlashdan iborat. OPEKka a’zo bo’lish uchun mamlakatlar uning 3/4 qism a’zolari roziligini
olishlari kerak. OPEK Neftь bozorini nazorat qilmaydi, lekin a’zo davlatlar dunyodagi neftь
xom ashyosining 41 %ini va gaz xom ashyosining 18 %ini ishlab chiqaradi. SHu orqali neftь
bozorida katta ta’sir kuchiga ega, ayniqsa bu kuch neftь qazib chiqarish miqdorini
kamaytirganda yaqqol ko’rinadi. OPEK butun dunyo neftining 8 %ini iste’mol qiladi. Hozirgi
kunda uning neftь zahiralari 800 mlrd. barreldan ko’proq.


193
OPEK 1960 yil tashkil etilgan. SHtab kvartirasi Venada joylashgan. Hozirda uning 11 ta
a’zosi bor. Ular: Jazoir, Eron, Quvayt, Qatar, Iroq, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari,
Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Venesuela, Indoneziya.
13.3.Jahon iqtisodiyotida yangi industrial mamlakatlar.
“Yangi industrial mamlakatlar” Lotin Amerikasi, Janubiy SHarqiy Osiyo mamlakatlari
yetakchi o’rinni egallab, jahon iqtisodiga shiddat bilan kirib kelishdi. Bir davlatni yangi
industrial mamlakat jumlasiga qo’shish uchun umumiy mezon yo’q. Lekin ba’zi olimlarning
fikricha sanoat tovarlari ishlab chiqarish yuqori o’rinni egallaydi bular (Braziliya, Meksika,
Argentina, Hindiston, Singapur, Indoneziya, Janubiy Korea, Tayvan, Gankong va h.k.) “Osiyo
yo’lbarslari”ning iqtisodiyotdagi keskin burilishi o’z rivojiga, eksportida yuqori natijalarga
erishdi. Yangi industrial mamlakatlar o’z tarixida inflyatsiyadan deyarli qiynalmadilar, ularda
ishsizlar deyarli bo’lmadi, aholining hayot darajasi juda yuqori bo’ldi.Ularning eksporti AQSH
va Yaponiyaga qaratilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning umumiy
importida bu mamlakatlarning ulushi 7 %, AQSH importida 14% gacha, Yaponiya importida 11
%ni tashkil etdi.
Yangi industrial mamlakatlarning Amerika bozoriga moslashganligini to’qimachilik
mahsulotlari kiyim-kechaklar importida ularning ulushi 46 %, maishiy texnikada 37 %ni tashkil
qilganidan bilsa bo’ladi. AQSH bozoriga sanoat mahsulotlarining oqib kirishi ko’p jihatdan
Amerika va Yaponiya Transmilliy kompaniyalar faoliyati natijasi hisoblanadi. Rivojlangan
davlatlar Yangi industrial mamlakatlardagi imtiyozli tadbirkorlik sharoitidan foydalanishadi.
Ya’ni raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun arzon ishchi kuchi va xom ashyo, soliq
imtiyozlari aynan shu mamlakatlarning manfaatlari ular iqtisodiyotidagi ustuvor yo’nalishlarga
tashqi savdo tuzilishiga ta’sir ko’rsatishi bejiz emas.
Sanoat mahsulotlari eksporti ulushi Gonkong 96%, Janubiy Koreya 85%, Hindiston 60%,
Singapurda 45%, Braziliyada 33%, Argentina va Meksikada 26%ni tashkil etadi.
Yangi industrial mamlakatlarning asosiy tavsiflari:
- aholi jon boshiga to’gri keladigan YaIMning miqdori;
- YaIMning o’rtacha yillik o’sish surati;
- YaIM tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy miqdori. U 20% atrofida bo’lish
kerak;
- chiqariladigan tovarlar umumiy miqdoriga nisbatan sanoat mahsulotlariniing ulushi va
eksport miqdori;
- xorijiy mamlakatlarna chiqariladigan to’gridan-to’gri xususiy investitsiyalarning miqdori.
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillari:
1. Birinchi navbatda xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda tashqi savdoning o’sishiga
zarur bo’lgan sharoitlarning yaratilganligi.
2. Eksportdan tushgan daromadlar tarmoqlarni rivojlantirish va qayta ta’mirlash uchun
foydalanilganligi.
3. Sanoati rivojlangan mamlakatlardan texnika-texnologiyalarning ko’p jalb qilinganligi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling