O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Reja:
§
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning guruhlanishi va o’ziga hos xususiyatlari
§
2. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar
§
3. Jahon iqtisodiyotida yangi industrial mamlakatlar
13.1 Rivojlanayotgan mamlakatlarning guruhlanishi va o’ziga hos xususiyatlari
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining
ko’proq ahamiyatli tomonlaridan biri, ularning sobiq koloniyalar va ularga qarashli
territoriyalaridagi roli va ahamiyatini kuchaytirishdan iborat bo’lib xisoblanadi. Bu
mamlakatlarni xozirda rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ularni tez tez ozod etilgan
mamlakatlar,”uchinchi dunyo mamlakatlari”, “janub” mamlakatlari, “Periferiya” mamlakatlari
sifatida ham tilga olishadi. “Rivojlanayotgan mamlakatlar” atamasi bir qadar shartli bo’lib,
bularning ba’zilari siyosiy mustaqillikka 19 asrda, ba’zilari esa 20 asrning ikkinchi yarmida
jahon urushi tugagandan keyingi o’n yilliklarda erishgan. Bunday mamlakatlarga Osiyo, Afrika,
Lotin Amerikasi, Okeaniyadagi 125 mamlakatlar hamda dunyoda rivojlanish darajasi past
bo’lgan 40 ga yaqin mamlakatlar kiritiladi. Ular yer yuzasining 60 foizi maydonini egallagan
bo’lib, yer yuzi aholisining deyarli 80 foizi ushbu mintaqalarda istiqomat qiladi. Ularning
umumjahon YaIMdagi xissasi 18 foizi, sanoat ishlab chiqarish 14 foizini tashkil etadi.
Osiyo, Afrika, mamlakatlarning ko’pchiligi o’tmishda Angliya, Frantsiya, Belьgiya,
Gollandiya, Germaniya, Portugaliya, Ispaniya kabi davlatlarning mustamlakalari edi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo’lgan jihatlar quyidagilardan iborat:
a) ichki ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmadagi o’tish davri xususiyatlari (dualizm, ko’p ukladlilik);
b) ishlab chiqarish kuchlarining past darajada rivojlanganligi (qishloq xo’jaligi, sanoat,
xizmat ko’rsatish sohasidagi qoloqlik);
v) jahon xo’jaligi tizimidagi qaramlik.
“Uchinchi dunyo” mamlakatlarining jahon xo’jaligida tutgan o’rni, ularning tabiiy
boyliklarga mo’lligi, aholisi sonining ko’pligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda sanoat hom
ashyolarining mavjudligi.
-
tabiiy resurslarning (mis, neftь, gaz, nikelь, boksit) 2/3 qismi;
-
temir rudasi, uranning 1/3 qismi;
-
volьfram, marganets, qo’rg’oshinning 1/4 qismi mavjud.
Rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatbaho ma’danlari, tabiiy resurslari bo’yicha dunyo
zaxiralarida muhim o’rin egallaydi (bularga neftni eksport qiluvchi davlatlar). Rivojlangan
mamlakatlarda foydali qazilmalar tekis joylashmagan.Foydali qazilmalar ushbu mamlakatlarga
45 ta sidagina mavjud.
Masalan energetika zaxralariga xam 2/3 qism mamlakat ega emas. V’etnam 25%,Marokash
20%, Pokiston 22%, Janubiy Kareya 30% ularni chetdan olib keladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi
rivojlangan mamlakatlardan keskin farq qiladi. Bu mamlakatlarda demografik portlash
muommosi bilan birgalikda axoli daromadlari borasida kuchli ijtimoiy tabaqalashuv,
rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma mavjud. Bularga ta’lim, sog’liqni saqlash, uy-joy kommunal
xujaligi, savodsizlik darajasi juda yuqori bulgan davlatlar - ya’ni Braziliya 11%, Nigeriyada 3%,
Xitoy 39%, Misr 29% kabi davlatlar kiradi.
Rivojlangan mamlakatlarni tavsiflashda quydagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
- geografik joylashishi;


191
- sanoat maxsulotlarini ishlab chikarish rivojlanganligi;
- sanoat maxsulotlarining eksportdagi ulushi;
- iqtisodiy rivojlanish darajasi;
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyot darajasi eng past, o’rtacha, yuqori, daromad
mezoni kabi toifalarga bo’lish bilan belgilanadi:

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling