188
14-chizma
TMKlar mulkchilik shakllariga ko’ra 4 guruhga ajratiladi:
Transmilliy korporatsiyalarning sohaviy strukturasi ham turli tumandir. Xalqaro
korporatsiyalarning 60%i ishlab chiqarish sohasida, 37%i xizmatda va 3%i qazib chiqarish va
qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yuritadi.
Transmilliy korporatsiyalar investitsiyalarining mintaqaviy-sohaviy
yunalishi juda
xarakterlidir. Odatda ular, “yangi industrial davlatlar”, nisbatan rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlar qayta ishlovchi sanoatiga kapital quyadilar. Bunda kapital oluvchi davlatlar
orasida
investitsiyalar uchun raqobatchilik kurashi ro’y beradi.
Sust rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan siyosat boshqacha - transmilliy korporatsiyalar bu
yerda kapitalni qazib olish sohasiga quysalarda, ammo asosan bu yerga
eksportni kuchaytirishga
harakat qiladilar. Bu holda TMKlar o’rtasida mahalliy bozorni egallash uchun kurash boshlanadi.
Transmilliy korporatsiyalar u yoki bu davlatning xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimidagi
taqdirini aniqlovchi omilga aylanmoqda. TMKning faol ishlab chiqarish,
investitsion, savdo
faoliyati tufayli ular ishlab chiqarish va mahsulotlarni taqsimlashning xalqaro tartibga
soluvchisiga aylanmoqda va hatto BMT ekspertlarining fikricha jahonda iqtisodiy
integratsiyasiga sharoit yaratmoqda.
Transmilliy korporatsiyalarning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimidagi
faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat ko’rsatayotgan davlatlar
iqtisodiyotiga negativ ta’sirini ham aytib o’tish lozim. Mutaxassislar quyidagilarni alohida
ko’rsatadilar:
-TMK faoliyat ko’rsatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini
amalga oshirishga halaqit
berish;
-davlat qonunlarini buzish;
-monopol narxlar o’rnatish, rivojlanayotgan davlatlarning xuquqini cheklovchi shartlarga
majburlash.
Umuman, transmilliy korporatsiyalar- xo’jaliklararo aloqalarning doimiy e’tibor, o’rganish
va xalqaro nazorat talab qiluvchi yetarli darajada murakkab va doimiy ravishda rivojlanib
borayotgan fenomenidir.
Tayanch iboralar:
“rivojlangan yettilik”
davlatlari
“katta sakkizlik”
“katta 20 lik”
SHved modeli
Yapon modeli
Liberal (amerikancha) model
Germaniya modeli
Franchayzing
189
Transmilliy
korporatsiya
Xedj
Korporatsiya
Global korporatsiyalar
Ko’pmilliy korporatsiyalar
Konsensus
Do'stlaringiz bilan baham: