O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Ijtimoiy soha rivojlangan mamlakatlarda aholining daromadlar bo’yicha tabaqalashuvidagi
farqning qisqarishi kuzatildi. Aholi daromadlarining o’sishi bilan bir vaqtda boy va kambag’al
qatlamlar daromadlaridagi farqlar qisqardi. Aholi daromadlarining keskin oshishi natijasida o’rta
sinfning shakllanishi ijtimoiy tabaqalashuvning qisqarish sabalaridan biri
hisoblanadi.SHuningdek ish vaqti davomiyligi va ishsizlik darajasi o’rtasida ham farq kuzatiladi.
Aholi turmush darajasining yuqoriligiga qaramasdan bir ishchiga hisoblangan rasmiy ish soatlari
1800 soat atrofida. Ishsizlik darajasi 2012 yilda G’arbiy Yevropada Ispaniya 30%, Gretsiya
(26)%, Italiya (20)% kuzatildi. Ishsizlik darajasi va iqtisodiy o’sish surьatlari o’rtasida
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjudligini Yaponiya misolida ko’rishimiz mumkin. 2010 yildagi
iqtisodiy o’sish surьatlarining pastligiga qaramasdan, yapon firmalari o’z ishchi, xizmatchilarini
kamdan-kam hollarda ishdan bo’shatishadi.
Rivojlangan malakatlarda – xususan G’arbiy Yevropa mamlaktlarida demografik
jarayonlarda umumiy aholi sonida keksa yoshlilar (65 yoshdan oshgan) – demografik vaziyat –
aholining qarishi muammosi xaqida bormoqda. Agar keksalar sonining ulushi 12 % dan oshsa,
ushbu mamlakatlar aholisi qariyotgan hisoblanadi. Masalan, G’arbiy Yevropada 15 %, AQSH 12
%, Yaponiya 15%ni tashkil etadi. Aholining qarishi pensiya to’lovlari, keksalarni parvarishlashni
tashkil etish ularga tibbiy xizmat kabi qo’shimcha mablag’larni talab etadi. Aholining qarishi
mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohasiga jiddiy ta’sir o’tkazadi. G’arb iqtisodchilari
aholi qarishi muammosini iqtisodiy salohiyatning pasayishi bilan baholaydi.


184
Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalar
BMT ekspertlarining fikricha Transmilliy korporatsiyalar (TMK) “Jahon iqtisodining
dvigatellaridir”. 100ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy
mulki) boshka davlatlar hududida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalarning asosiy kismi
AKSH, YeI davlatlari, Yaponiya, Rossiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chikarishining
40%igacha, xalkaro savdoning yarmini nazorat kiladilar. TMK korxonalarida ishlab chikarilgan
mahsulotlarning miqdori yiliga 1 trln. Doll.dan oshib ketadi.
Xush, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga qanaqa kompaniyalar kiradi? An’anaviy
ravishda xalqaro korporatsiyalar faoliyatini o’rganadigan BMT uzoq vaqt mobaynida ularga
yillik aylanmasi 100 mln. doll.dan oshuvchi va kamida 6 davlatda filiali bo’lgan firmalarni
qo’shadi. Keyingi yillarda boshqa bir ko’rsatkich: rezident-davlatdan tashqarida sotilgan
mahsulotlar miqdori kiritildi. Bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda SHveytsariyaning “Nestle”
firmasi (98%) ilg’orlardan biri sanaladi.
BMT metodologiyasiga ko’ra xalkaro korporatsiyani uning aktivlari strukturasiga qarab ham
aniqlash mumkin. Transmilliy korporatsiyalar ichida eng ko’p xorijiy aktivga (moliya sektori-
transmilliy banklardan tashkari) Angliya-Gollandiya kontserni “Royalь-Datch shell”, keyin
AKSHning 4 firmasi: “Ford”, “Jeneral motors”, “Ekson” va “IBM” egadirlar.
G’arb iqtisodiy adabiyotida xalkaro monopoliyalarning ko’plab turlarini uchratish mumkin:
ko’pmilliy korporatsiyalar, baynalmilal korporatsiyalar, Transmilliy korporatsiyalar, global
korporatsiyalar ti .k. F.Kotler tashkiliy tamoyillar asosida aynan ti shunday xalkaro
kompaniyalarni ko’rsatadi.
Rossiyalik iqtisodchilar quyidagi klassifikatsiyani beradilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling