O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Ikkinchi guruhni hududiy jihatdan nisbatan katta bo’lmagan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasiga ega (Avstriya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, SHvetsiya va b.)
mamlakatlar tashkil etadi.
Uchinchi guruhga “ko’chirib o’tkazilgan kapitalizm” mamlakatlari (Avstraliya, JAR, Yangi
Zelandiya, Isroil kiradi).
Rivojlangan mamlakatlarda “aralash iqtisodiyot”ning bir nechta modellarini ajratib
ko’rsatish mumkin:
Liberal (amerikacha) model – ushbu modelga xususiy mulkchilik, ishlab chiqarish, savdo,
investitsiya, ishchi kuchidan foydalanish sohalarida bozor-raqobat mexanizmining ustuvorligi va
ijtimoiy tabaqalanishning yuqori darajasi xosdir. Hukumat iqtisodiyotni makro va mikro darajada
qonunlar chiqarish orqali soliq hamda pul-kredit siyosatini olib borish, raqobatni
rivojlantirish,monopoliyalar hukmronligini cheklash, aholining ayrim ijtimoiy guruhlari
manfaatlarini himoya qilish kabi maqsadlarda tartibga soladi. Ushbu model AQSH va Buyuk
Britaniya
uchun xos bo’lib, hozirda Irlandiya va Italiyaning iqtisodiy tizimi ham ma’lum darajada
liberal modelga yaqinlashmoqda.
Ijtimoiy-bozor xo’jaligi modeli (Germaniya) – ushbu model raqobatga asoslangan bozor
mehanizmi rivojlangan ijtimoiy infratuzilmaga ega ijtimoiy bozor xo’jaligini o’zida aks ettiradi.
Bu model tartibga solinmaydigan kapitalizm sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarini (kam ta’minlanganlar, ishsizlar, yoshlar, kichik va o’rta firmalar) muntazam qo’llab-
quvvatlashni ko’zda tutadi. Davlat yetarli daromad darajasini mustaqil ta’minlay olmaydigan
ijtimoiy toifalarning iqtisodiy farovonligini taьminlashda keng
qamrovli majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
SHved modeli- ushbu modelda ijtimoiy konsensusga erishish maqsadida daromadlarni
keng ko’lamda qayta taqsimlash asosida ijtimoiy kafolatlarni taьminlashga erishiladi. Bu
maqsadga erishishda umumjamiyat manfaatlari va xususiy sektor manfaatlarini
muvofiqlashtirishga yordam beradigan kasaba uyushmalari va turli xil “erkin uyushmalar”
muhim o’rin tutadi. Bu jarayon tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining kelishuvlari hamda
siyosiy kuchlarning muzokaralari vositasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu model
iqtisodiy qarorlarning turli guruhlar qarama-qarshiligi va maqsadlarini davlatning faol ishtirokida
muvofiqlashtirilishi orqali amalga oshirilishi tufayli “korporativ model” ham deb nomlanadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling