O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
XII BOB. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
XII BOB. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
REJA: § 1. Rivojlangan mamlakatlarning guruhlanishi va o’ziga xos xususiyatlari § 2. Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalar 12.1. Rivojlangan mamlakatlarning guruhlanishi va o’ziga xos xususiyatlari Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari hisoblanadi. Bu mamlakatlar “rivojlangan” yoki sanoat jihatidan taraqqiy etgan mamlakatlar deb ataladi. Rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardan biri daromadlarning aholi qatlamlari o’rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va mamlakat hududining bir tekis o’zlashtirilishi hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo’naltirilganligi, xususan aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlash, ilm-fanni rivojlanishga katta miqdorda mablag’ sarflash (YaIMga nisbatan 2-3%) uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etilishi, tibbiyot, ta’lim, madaniyat sohalariga sarflanayotgan xarajatlarning yuqoriligi va atrof- muhit muhofazasiga ajratilayotgan sarf-xarajatlarning (YaIMga nisbatan 3-4%) yuqoriligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni quyidagi miqdor va sifat ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: 1. Miqdoriy ko’rsatkichlar 24 : - sanoat ishlab chiqarishi 57% - qishloq xo’jaligining 40% i mamlakat hissasiga to’gri keladi. 2. Sifat ko’rsatkichlar: - iqtisodiyotning ko’p tarmoqli tarkibga egaligi, xizmatlar sohasi YaIMda 60%dan ortiq - tayyor mahsulot ishlab chiqarish 80% - ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnik mahsulotlar 90% - aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM hajmi 15ming dollardan 38ming dollargacha - jamiyatning ijtimoiy tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi va yuqori turmush darajasiga ega o’rta sinf mavjudligi. XX1 asr boshlarida bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi G’arbiy Yevropa, SHimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o’z ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) a’zolari. Ushbu mamlakatlarni jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga qarab 3 guruhga bo’lish mumkin. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling