O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
ittifoqi va Iqtisodiy ittifoqning doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organi sifatida Davlatlararo iqtisodiy qo’mita
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
ittifoqi va Iqtisodiy ittifoqning doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organi sifatida
Davlatlararo iqtisodiy qo’mita (DIQ) tashkil etish to’g’risidagi bitim imzolandi. Uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida yuzaga kelgan chuqur integratsion aloqalar, ishlab chiqarishning mamlakatlar bo’yicha ixtisoslashuvi, korxona va tarmoqlar darajasidagi keng tarmoqli kooperatsiya, umumiy infratuzilmaning mavjudligi MDH tashkil topishining ob’ektiv asosi hisoblanadi. 175 MDH ulkan tabiiy, mehnat va iqtisodiy salohiyatga ega bo’lib, ular MDHga a’zo mamlakatlarga yirik raqobat afzalliklarini taqdim etadi va jahon iqtisodiyotida munosib o’rin egallashga imkoniyat yaratadi. Yer shari hududining 16,3 foizi, jahon aholisining 5 foizi, jahon sanoat ishlab chiqarishining 10 foizi MDH hissasiga to’g’ri keladi. Hamdo’stlik hududida jahon bozorida talab yuqori hisoblangan tabiiy resurslarining yirik zaxiralari mavjud. Faqat Rossiyada aniqlangan neftь zaxiralari jahon neftь zaxiralarining 13 foizini tashkil etadi. Ozorbayjonda bu ko’rsatkich 10 foizdan ko’proqqa. Qozog’iston va Turkmanistonda qariyb 10 foizga teng. Rossiyada jahon gaz zaxiralarining 35 foizi joylashgan bo’lsa, Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekistonda birgalikda qariyb 20 foiz gaz zaxiralari joylashgan. Toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir ishlab chiqarish bo’yicha Rossiya, Ukraina va Qozog’iston jahonda ikkinchi o’rinni egallaydi. Olmos, boksit, mis, nikelь, kobalьt va qo’rg’oshin rudalarining asosiy zaxiralari Rossiyada joylashgan bo’lsa, temir rudalari, boksitlar va mis rudalarining yirik zaxiralari Ukraina, Qozog’iston va Gruziyada joylashgan. Rossiya va Belorusda eng yirik o’rmon hududlari (er sharidagi o’rmonlarning to’rtdan bir qismi) va kaliy tuzining eng yirik zaxiralari mavjud*. Evropa va Janubiy-SHarqiy Osiyoni tutashtiruvchi eng qisqa quruqlik va dengiz (SHimoliy Muz okeani orqali) yo’li MDH hududidan o’tib, u XXI asrda eng muhim global iqtisodiy markazga aylanadi. MDHning raqobatbardosh resurslari jumlasiga, shuningdek, arzon ishchi kuchi va energiya resurslarini kiritish mumkin. Hamdo’stlik bo’yicha har yili jahon elektr quvvatining 10 foizi ishlab chiqariladi va bu iqtisodiy o’sish uchun muhim shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining strategik maqsadlari xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiyasini rivojlantirish, Hamdo’stlikka kiruvchi barcha mamlakatlar aholisi turmush farovonligini yaxshilash hisoblanadi. Garchi, MDH doirasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, unga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyalashuvi past darajada qolmoqda. Sobiq Ittifoqda respublikalararo tovar aylanmasi ittifoqdosh respublikalar jami tashqi savdo aylanmasining 69 foizini, Yevropa Ittifoqida unga a’zo mamlakatlar o’zaro tashqi savdo aylanmasining jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 62 foizni tashkil etsa, MDHda bu ko’rsatkich 28 foizga teng, xolos. MDH doirasida qabul qilingan bitimlar va shartnomalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda: - integratsion aloqalarni rivojlantirish ixtiyoriylik asosida, ham ikki yoqlama, ham ko’p tomonlama shartnomalardan foydalanish yordamida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda; - hududiy integratsiya o’zaro manfaatdorlikka asoslanmoqda va hamkor davlatlarga ziyon yetkazmaslikka alohida e’tibor qaratilmoqda; 176 - zaruriyat tug’ilganda, MDH a’zolariga ularning ma’suliyati ostida va aniq iqtisodiy natijalarni ko’zda tutib jamoaviy yordam ko’rsatilmoqda; - hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy islohotlar rag’batlantirilmoqda va ularga har tomonlama yordam ko’rsatilmoqda; - mamlakatlararo munosabatlarda bozor sub’ektlari orasidagi gorizontal aloqalarga ustuvorlik berilmoqda, mikrodarajadagi integratsion aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikning yangi-yangi shakllarini keng ko’lamda rivojlantirish ko’zda tutilmoqda. MDH doirasida iqtisodiy integratsiyaga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammo tashkiliy-huquqiy asos va Hamkorlikka a’zo mamlakatlar o’zaro harakat mexanizmining takomillashmagani hisoblanadi. SHuningdek, MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining turli darajada ekanligi, alohida mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o’rtasidagi tafovut, milliy qonunchilik hujjatlarining muvofiqlashtirilmaganligi kabi omillar ham integratsiya imkoniyatlarining cheklanishga olib kelmoqda. Erkin savdo zonalarini tashkil etish, to’lov ittifoqini shakllantirish, yagona kommunikatsiya va axbarot makonini barpo etish, ilmiy-texnika va texnologik hamkorlikni takomillashtirish asosida umumiy iqtisodiy makonni shakllantirish orqali MDHga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi integratsion aloqalarni yanada rivojlantirish mumkin. A’zo mamlakatlarning investitsiya salohiyatlari integratsiyasi va Hamdo’stlik doirasida kapital oqimini samarali yo’lga qo’yish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling