O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
- Markaziy Osiyo iqtisodiy
integratsion aloqalarning faollashuviga olib kelmoqda. Jahon tajribasi shuni
ko’rsatadiki, hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo mamlakatlarning globallashuv sharoitlariga moslashishi, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan foydalanish samarali tarzda kechmoqda. SHu sababli O’zbekiston Respublikasi turli xalqaro va hududiy integratsion tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish orqali mamlakatimizda mavjud tabiiy-iqtisodiy, mehnat va moliyaviy resurslardan, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, jahon xo’jalik tizimida o’ziga xos o’rin egallashga harakat qilmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo bo’lib kirdi. Bu esa respubdikamiz uchun dolzarb hisoblangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston uchun Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida mustahkam hamkorlik munosabatlari shakllangan. Mamlakatlar iqtisodiyoti asosiy va yetakchi tarmoqlarining o’xshashligi, ularning yaxlit hududiy birlikka ega ekanligi, suv va energetika manbalarining yagonaligi va ulardan birgalikda foydalanish zaruriyati, yagona transport va kommunikatsiya tizimining mavjudligi, ekologik muammolarning o’xshashligi mintaqa respublikalari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning doimiy bo’lishini ta’minlaydi. Mintaqa xalqlarning diniy, madaniy, til, urf-odat, an’ana va ma’naviy birligi esa hamkorlik aloqalarining yanada chuqurroq va har tomonlama bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunga kelib mustaqillikni mustahkamlash, iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy qilish va jahon iqtisodiyoti tizimida o’z o’rnini egallash g’oyalari Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma’naviy va intellektual salohiyatlarini birlashtirishni taqozo qilmoqda. Mintaqa davlatlari orasida o’zaro manfaatdorlik va ixtiyoriylikka asoslangan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish barcha respublikalarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari tomonidan mintaqa mamlakatlari o’rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan qator chora – tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Respublikalari o’rtasida 1994 yil aprelda yagona iqtisodiy hududni barpo etish to’g’risidagi shartnomaning imzolanishi mintaqada o’zaro hamkorlik aloqalari va integratsion jarayonlarni rivojlantirish bo’yicha qo’yilgan jiddiy amaliy qadam bo’ldi. Bu shartnomani imzolashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining mintaqa bo’ylab erkin harakatini ta’minlash, kelishilgan soliq, byudjet, narx, bojxona va valyuta siyosatini yuritishdan iborat edi. 172 Mintaqa davlatlari rahbarlari 1996 yil 5 aprelda yoqilg’i energetika va suv resurslaridan foydalanish, Markaziy Osiyo mintaqasida gaz quvurlarini qurish va ishga tushirish to’g’risidagi bitimga imzo chekdilar. Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston 1998 yil 17 martda Sirdaryo havzasining suv–energetika resurslaridan foydalanish to’g’risidagi uzoq muddatli shartnomani imzoladilar. Bir yildan so’ng bu shartnomaga Tojikiston ham qo’shildi va 1998 yil 26 martda mazkur respublika va Yagona iqtisodiy hudud to’g’risidagi shartnomaning to’laqonli a’zosiga aylandi. Mazkur yilning o’zida ushbu “to’rtlik” davlatlari Markaziy Osiyo iqtisodiy Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling