O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


asosiy shakllari tovar ishlab chiqarish va sotishdagi kooperatsiya


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

asosiy shakllari tovar ishlab chiqarish va sotishdagi kooperatsiya,
korxonalarga birgalikda egalik qilish(qo’shma korxona), qurilish sohasidagi
kontsortsiumlar tashkil etish kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik integratsion aloqalarda
o’zining barqarorligi va doimiyligi bilan, loyihalarni keng qamrab olishi bilan
ajralib turadi. Uzoq muddatli shartnomalar asosida bunday hamkorlikni nafaqat
rivojlangan davlatlar o’rtasida, balki taraqqiyot darajasida tafovut katta bo’lgan
sanoatlashgan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ham rivojlantirib borish
imkoniyati keng hisoblanadi.
Xalqaro integratsiyada ilmiy-texnika hamkorligining ahamiyati so’nggi o’n
yilliklarda ortib bormoqda. CHunki, ilmiy-texnika taraqqiyoti milliy
xo’jaliklarning jadal rivojlanishiga, ijtimoiy-maishiy muammolarni nisbatan tez hal
qilishga imkoniyat yaratmoqda.
Ilmiy-texnika hamkorligi ilmiy-tadiqiqot va loyiha-konstruktorlik
ishlarini amalga oshirish, texnik va muhandis xodimlar guruhini
shakllantirish va qo’shma loyihalarda qatnashish, ilmiy-tadqiqot markazlari,
lobaratoriyalari, byurolari tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash
kabilar namoyon bo’lmoqda.


169
Ayni vaqtda, dunyo mamlakatlarining ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion
salohiyati jahonning muayyan markazlarida to’planib qolishi tendentsiyasi
kuchaymoqda.
Bu markazlar asosan, AQSH, Yevropa va Janubiy-SHarqiy Osiyo
(Yaponiya, Janubiy Koreya kabilar) hisoblanadi. Rivojlanishning hozirgi
bosqichida ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish ishlab chiqarishni tashkil
etish, boshqarish va takomillashtirish oldiga yuqori innovatsion salohiyatni, yuqori
ilmiy malakali xodimlarni, chuqur fundamental va ilmiy tadqiqotlar majmuasini
shakllantirish talabini qo’ymoqda. Bu, o’z navbatida, mamlakatlarning axborot
ta’minoti va almashinuvida, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishda
hamkorlikda ishlashlarini taqozo etayapti.
Mamlakatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosini kengaytirish, ishlab
chiqarish kooperatsiyasini ta’minlash, ilmiy-texnika hamkorligini chuqurlashtirish
ularning hududiy jihatdan yaqin bo’lishini ob’ektiv zaruratga aylantirgan. SHu
sababli, rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, ba’zi mamlakatlar hududiy

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling