O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Xalqaro valyuta bozorining
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Xalqaro valyuta bozorining institutsional tarkibiy qismi bo’lgan banklar,
valyuta birjalari, brokerlik idoralari, boshqa moliyaviy muassasalar dunyoning istalgan nuqtasida faoliyat yuritish ega bo’lyaptiki, bu xalqaro iqtisodiy integratsiyaning yanada rivojlanishiga shart-sharoit yaratayapti. London, Nьyu- York, Tokio, Frankfurt-na-Mayn, Singapur kabi jahon valyuta bozori markazlari nafaqat o’zlari joylashgan mintaqalarda, balki boshqa mintaqalarda ham integratsion aloqalarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashishi bir qator obьektiv omillarning ta’siri bilan izohlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: - xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning chuqurlashishi; - ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashishi, axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi; - mintaqaviy integratsion aloqalarning mustahkamlanishi va kengayishi; - xo’jalik faoliyatining baynalminallashuvi; - transmilliy kompaniyalar va moliya-sanoat guruhlarining tashkil topishi. Xalqaro mehnat taqsimoti alohida olingan mamlakatning mahsulot va xizmatlar turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashishini bildiradi. Mamlakatlararo ixtisoslashuv va kooperatsiya bo’lganligi sababli milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi sodir bo’lmoqda. Bu, o’z navbatida, transmilliy koorporatsiyalar, moliya-sanoat guruhlari va boshqa tashkiliy-hududiy tizimlar shakllanishiga olib kelayapti. Ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy bosqichida komьpyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish evaziga ishlab chiqarishning baynalminallashuvi yangi sifat bosqichiga o’tdi. Mamlakatlar o’rtasidagi ilmiy va ilg’or texnologik mahsulotlarning ayirboshlanishi jadallashdi. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish bo’yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosda yangi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot labaratoriyalari va markazlari, moliya-sanot guruhlari shakllandi va rivojlandi. Globallashuv jarayonida ilgari shakllangan integratsion birlashmalar faoliyati takomillashgan bo’lib, undan tashqari yangi tuzilmalar paydo bo’ldi. Agar Yevropa Ittifoqi, NAFTA, OPEK, MDH, BRIK, BRIKS kabi integratsion tashkilotlar faoliyati kengaygan yoki chuqurlashgan bo’lsa, Jahon banki, Osiyo 167 tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kabi xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning funktsiyalari kengaydi, ularning milliy iqtisodiyotlar rivojlanishidagi roli oshdi. Globallashuv jarayonining keyigi bosqichida jahon bozori va uning segmentlarining ahamiyati ortmoqda. Bular jahon tovar va xizmatlar bozori, kapital, qimmatli qog’ozlar, mehnat, axborot va texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar(patent va litsenziyalar), valyuta va pul-kredit bozorlaridir. Qayd etilgan bozorlar o’zaro bog’langan va mintaqaviy hamda kontinental doirada murakkab amal qilish tizimini tashkil etadi. Natijada ishlab chiqarish va iqtisodiy sohadagi mehnat taqsimoti ana shu bozorlarning amal qilish xususiyatlari va yo’nalishlari ta’sirida chuqurlashdi. Globallashuv jarayonidagi jadal rivojlanish tendetsiyasiga ega yo’nalishlardan biri bu – transmilliy kompaniyalar faoliyatining kengayishi va milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotidagi ta’siri kuchayganligidir. Transmilliylanish – bu xususiy firmalar doirasida amalga oshayotgan davlatlararo integratsiyalashish hisoblanadi. BMT yondoshuviga ko’ra, transmilliy kompaniyalar maqomi quyidagi Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling