163
1980 –yillarning o’rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va halqaro
moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan davrga
qadam qo’ydi.
1980–yildan 1996–yilgacha bo’lgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi
bir yilda o’rtacha 6,5 % ga ortdi va 10 yil ichida 1,9 barobar ko’paydi.
Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 martta kupaydi.
1985-1995 yillar ichida xalqaro savdoning
jaxon yalpi mahsulotidagi
salmog’i oldingi 10 yillikdagigi nisbatan 3 martta va 1996-2010 yillarda esa qariyb
8 martta ko’proq jadallashdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan,
ularning
bir–biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi.
Xuddi ana shu davrda bevosita chet el investitsiyalarining o’sishida jiddiy
o’zgarish yuz berdi, ularning jahon yalpi mahsulotidagi salmog’i
ikki barobar
ko’paydi.
Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvi va buning oliy shakli
bo’lmish jahon iqtisodiyotining globallashuvidan iborat umumiy jarayon
dunyoning ko’pgina mintaqalarida integratsiya holatlarining
rivojlanishi hamda
integratsion birlashmalarning yuzaga kelishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: