O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Xalqaro iqtisodiy integratsiya
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin iqtisodiy zonalar
- To’rtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi
- Beshinchi bosqichda
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon iqtisodiyotining uzoq tarixiy
taraqqiyoti natijasi bo’lib, bir nechta bosqichlarda rivojlandi: Birinchi bosqichda turli mamlakatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlari shakllangan va bojxona cheklovlari, eksport kvotalari bekor qilingan bo’lsa; Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllantirilib, bunga bir nechta davlatlar a’zo bo’lganlar. Erkin iqtisodiy zonalarda nafaqat tovar va xizmatlar, balki sanoat ishlab chiqarishi, bank, sug’urta xizmati va texnologiyalar savdo sotig’ida ham erkin munosabatlarga shart-sharoit yaratilgan. Uchinchi bosqichda a’zo mamlakatlar hududida umumiy bozor shakllantirilib, bu amalda milliy bozorlarning o’zaro qo’shilishini bildirdi. Umumiy bozor qoidalariga ko’ra, ishchi kuchi, kapital, tovar va xizmatlarning milliy bozorlar o’rtasida erkin harakatlanishi ta’minlandi, davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy chegaralarga barham berildi. Umumiy bozor tarixan birinchi marta Yevropada shakllantirilgan bo’lib, rasman bu bozorning barpo etilganligi 1957 yilda tasdiqlangan. To’rtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida rivojlangan bo’lib, bu tizimda davlatlar o’rtasida moliya, pul muomalasi va bank xizmati sohasida integratsiyalashuv ro’y bergan. Jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo 15 davlatdan 12 tasida yagona pul birligi yevro 2001 yildan to’la amal qila boshladi va milliy pul birliklari muomaladan chiqmoqda. Hozirda Yevropa Ittifoqida yagona soliq tizimi, milliy byudjetlar bilan yonma-yon yagona byudjet tizimi ham joriy qilingan. Beshinchi bosqichda davlatlar o’rtasida siyosiy butunlikni ta’minlash tendentsiyalari kuchayib, integratsion birlashmaga a’zo davlatlar xalqaro ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga nisbatan yagona yondashuvini ishlab chiqadilar. Bu keyingi o’n yillikda Yevropa Ittifoqining siyosiy tashkiliy tuzilmalari (Evropa 165 parlamenti, Yevropa komissiyasi, YeXHT kabilar) faoliyatida yaqqol namoyon bo’layapti. Xalqaro integratsion aloqalarning yo’lga qo’yilishi a’zo mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun moddiy, moliyaviy, mehnat, ilmiy-texnik va innovatsion resurslardan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish imkoniyatlarini ham yaratadi. Bundan tashqari, milliy bozorlarning yaqinlashishi va qo’shilib ketishi natijasida tovar ishlab chiqaruvchilari miqyos samarasidan foydalanadilar, ijtimoiy va ekologik muammolarni birgalikda hal etish imkoniyatlari yuzaga keladi. Jahon iqtisodiyoti rivojidagi keyingi davrda mehnat taqsimotining yanada chuqurlashishi, axborot almashish tezligining ortishi va ko’lamining kengayishi, aloqa va transport xizmatlarining baynalminallashuvi integratsion aloqalarni yangi, sifat bosqichiga olib chiqmoqda. Hozirgi davrga kelib, jahon iqtisodiyoti milliy xo’jaliklar va mintaqaviy integratsion birlashmalarning ma’lum ma’noda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, transmilliy kompaniyalar, moliya-sanoat guruhlari hamda milliy hukumatlar tomonidan tartibga solinadigan munosabatlari tizimidan iborat bo’lmoqda. Iqtisodiyotning baynalminallashuvi, jahon bozorlarining shakllanishi, milliy xo’jaliklarning bir-biriga yaqinlashishi va qo’shilib ketishi ob’ektiv tarixiy mazmun kasb etayapti. O’tgan asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlandi va milliy xo’jaliklarning taraqqiyot yo’nalishlariga jiddiy ta’sir ko’rsata boshladi. Tovar va xizmatlar savdosi, kapital chiqarish va kiritish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, ilmiy-texnika hamkorligi va ishchi kuchi migratsiyasi kabi yo’nalishlarni qamrab olgan tashqi iqtisodiy aloqalar miqdor va sifat jihatidan keskin o’sdi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi va baynalminallashuvi doirasi kengaydi. Ayniqsa, Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling