O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti” (MOHT)
hamdo’stligi tashkilotiga asos soldilar. Bu tashkilot doirasidagi vazifalarni hal
etish uchun Davlatlararo Kengash, Bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari, mudofaa vazirlari Kengashi, tashkilotning ishchi organi–Ijroiya qo’mita kabi instituttsional tuzilmalar tashkil etildi. Bundan tashqari a’zo davlatlarining ulushlari hisobiga Markaziy Osiyo banki barpo etildi. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlari 1999 yilning iyunь oyida Bishkekda Bojxona ittifoqini tuzishga erishish to’g’risidagi fikrni ilgari surdilar. Bir yildan so’ng yesa Dushanbeda “Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligining 2005 yilgacha mo’ljallangan integratsion rivojlanish Strategiyasi”ni tasdiqladilar. Ushbu hujjatda hamdo’stlikka a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlari integratsiyasi har bir mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv jarayon ekanligi ta’kidlandi. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligiga a’zo davlatlar rahbarlari 2001 yil dekabrda Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida mintaqaviy integratsiya shakllari va mehanizmlarini takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligini “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti” (MOHT) ga aylantirish to’g’risida qaror qabul qildilar. Almati shahrida 2002 yil 28 fevralda bo’lib o’tgan uchrashuvda esa Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston rahbarlari “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti”ni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. MOHT rahbarlarining uchrashuvlarida mintaqaviy integratsiya jarayonlarini faollashtirish, ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarda mavjud eng dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalaridagi ijobiy holat shundan iboratki, respublikamiz ushbu mamlakatlar bilan tashqi savdoda ijobiy salьdoga ega. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalaridagi o’zgarishlar natijasida mintaqa mamlakatlari bilan o’zaro savdo aloqalarining jami savdo aloqalaridagi salmog’ida tegishli o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga bog’liqligini yanada kuchaytirish lozim, chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish O’zbekiston uchun qator afzalliklarga ega. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling