O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Birinchidan, respublikamiz geografik nuqtai nazardan anklav davlat
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, O’zbekistondan bevosita dengiz yo’llariga


173
chiqish imkoniyati mavjud emas. Bu, o’z navbatida, transport xarajatlari bilan
bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi hamda mahsulot tannarxi va uning
raqobatbardoshlik darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari
bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish esa katta transport xarajatlarini talab
qilmaydi.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyo O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor
mahsulotlar uchun yirik bozor hisoblanadi. Respublikamizda ishlab
chiqarilayotgan tayyor tovarlar energiya va material sig’imining yuqoriligi, sifat
darajasining nisbatan pastligi ularning raqobatbardoshlik darajasiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. SHu sababli tayyor mahsulotlarni xorij mamlakatlariga sotish ancha
murakkab. Ichki bozor yetarli darajada to’yinmagan Markaziy Osiyo
mamlakatlarida esa O’zbekiston - tayyor mahsulotlari raqobatbardosh hisoblanadi.
Uchinchidan, mintaqa mamlakatlarida bir turdagi tovarlarni katta miqdorda
ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Paxta, meva, sabzavot, ko’mir, gaz, neftь,
oltin mintaqadagi davlatlarning deyarli barchasida ishlab chiqariladi. Ana shu
tarmoqlarda mahsulot miqdori va sifatini belgilash bo’yicha kelishuvlarga erishish,
bu mahsulotlarni qayta ishlash va ularni eksport qilish bo’yicha yagona siyosatni
yurgizish maqsadga muvofiq. Agar mintaqadagi respublikalar jahon bozoriga
alohida chiqsalar, ular o’zaro raqobatchiga aylanadilar, ularning birgalikda chiqishi
mamlakatlar iqtisodiyotinig bozor konьyukturasiga bog’liqligini pasaytiradi va
mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi.
To’rtinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirish boshqa sohalarda ham hamkorlik munosabatlarining
faollashuviga olib keladi. Natijada yirik mablag’lar talab etuvchi ulkan investitsiya
loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni birlashtirish imkoniyati
yuzaga keladi.
Ta’kidlash lozimki, savdo aloqalari mintaqada integratsion aloqalar
rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. Savdo aloqalarining rivojlanishi esa,
Markaziy Osiyoda bosqichma-bosqich erkin savdo zonalari, bojxona ittifoqi,
umumiy bozor va yagona iqtisodiy hudud shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining faollashuvi ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga quyidagi yo’nalishlarda ta’sir ko’rsatadi:
- mintaqada integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi natijasida, eng
avvalo, milliy xo’jaliklarning tarmoq tarkibi takomillashadi, chunki iqtisodiy
hudud doirasida moddiy ishlab chiqarishning samarali tarmoqlarini tanlash va
kapital qo’yilmalarni iqtisod qilgan holda import qilish maqsadga muvofiq bo’lgan
mahsulotlar bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdan voz kechish
imkoniyati paydo bo’ladi;
- mintaqaviy integratsion tashkilotga a’zo bo’lib kirgan har bir mamlakatda
zamonaviy ixtisoslashgan ishlab chiqarish tarmoqlari shakllanadi. Buning
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi, mahsulot ishlab chiqarishning
texnik darajasi va sifati yaxshilanadi;
- fan va texnika sohasida yagona siyosat yuritish va integratsiyaning
chuqurlashuvi natijasida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va uning
natijalarini amaliyotga joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi;


174
- mintaqa doirasida tovarlar umumiy bozorining shakllanishi natijasida
o’zaro tovar ayirboshlash hajmi oshadi. Yirik miqdorda ishlab chiqariladigan
tovarlar bo’yicha yagona eksport siyosati yuritish natijasida esa ularning jahon
bozoridagi mavqei yaxshilanadi, jahon bozori kon’yukturasidan o’z manfaatlari
yo’lida foydalanish uchun imkoniyat paydo bo’ladi;
- Markaziy Osiyo bo’yicha xizmatlar umumiy bozorining shakllanishi

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling