gorizontal iqtisodiy aloqalar rivojlanishini ta’minlaydi, qo’shma korxonalar,
birlashmalar, firmalar tuzish imkoniyati yaxshilanadi. Natijada yangi, samarali
xo’jalik aloqalari vujudga keladi va rivojlanadi;
- mehnat resurslari umumiy bozorining shakllanishi natijasida
mamlakatlararo ishchi kuchi harakati faollashadi, kadrlar tayyorlash va ulardan
foydalanish samaradorligi oshadi, bandlik tarkibi takomillashadi.
MDH mamlakatlari bilan ikki va ko’p tomonlama hamkorlik
munosabatlarini rivojlantirish O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamalakatimiz dastlabki yillardanoq
Hamdo’stlik tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning muassislaridan biri
sifatida qatnashdi.
1991 yilning dekabrь oyida Belarusь, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi
davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligini barpo etish to’g’risidagi
bitimni imzoladilar. Bu bitimda Sobiq Ittifoqning xalqaro huquq va geosiyosiy
tizim sifatida barham topganligi va MDH tashkil topganligi e’lon qilindi. Belorusь,
Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina MDHga
a’zo bo’lib kirdilar. 1992 yilda Armaniston, Moldova, Qirg’iziston va O’zbekiston,
1993 yilda Ozarbayjon va Gruziya MDHga a’zo bo’ldi.
MDH faoliyatining dastlabki yillarida (1991-1994 yillarda) Hamdo’stlikka
a’zo mamlakatlarda milliy manfaatlar ustuvor o’ringa ega bo’ldi. Buning natijasida
o’zaro tashqi savdo aloqalari sezilarli darajada zaiflashdi. MDH mamlakatlarining
aksariyati uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini
rivojlantirishga ustuvorlik berdilar. Ekspertlarning fikricha, Sobiq Ittifoq
respublikalari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning buzilishi natijasida ishlab chiqarish
hajmi 35-40 foizga kamaydi.
MDH doirasida qabul qilingan dastlabki hujjat Iqtisodiy ittifoq to’g’risidagi
hujjat hisoblanadi (1993 yil senyabrь). Mazkur hujjatda iqtisodiy integratsiya
jarayonlarini chuqurlashtirishning quyidagi asosiy bosqichlari belgidab berildi:
-davlatlararo (ko’p tomonlama) erkin savdo uyushmasi;
-bojxona ittifoqi
-tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi umumiy bozori;
-valyuta (pul) ittifoqi.
1994 yilning aprelida erkin savdo zonasi, 1994 yilning oktyabrida to’lov
Do'stlaringiz bilan baham: |